Difference between revisions 17548 and 18493 on chwiki

{{delete|wrong language, this is copied from the Uzbek article}}

'''Mavlud''' har [[25-dekabr]] kuni [[Iso]]ning tugʻilgan kuni sharafiga nishonlanadigan bayramdir. [[Xristian]]larda bu bayram '''Tugʻilish Bayrami''' yoki '''Muborak Tugʻilish''' deb bilinadi. 

Mavlud, har yili dunyoning birqancha [[xristianlik|xristian]] davlatlari tarafidan [[25-dekabr]] kuni boshlab [[26-dekabr]] oqshomigacha nishonlanadi. [[24-dekabr]] kunini esa Mavlud Arafasi deb atashadi. Birqancha davlatlarda esa Mavlud taʼtili [[Yangi yil]] taʼtili bilan birlashtiriladi va bir necha kun taʼtil qilinadi. [[Pravoslav mazhabi]] esa bu bayramni [[Julian taqvimi]]ga ko'ra nishonlaydi. [[Yulian taqvimi]]da [[25-dekabr]] [[7-yanvar]]ga teng keladi. 

Mavlud Bayramida koʻpgina [[xristianlik|xristian]] oilalari [[archa daraxti]]ni turli tuman chiroqlar, zarlar va oʻyinchoqlar bilan bezatadilar. Har yili Mavlud bayramidan oldin oilaning bolalari [[Santa Klaus]]dan oʻzlari xohlagan sovgʻani olib kelishini tilab xat yozadilar. Ota-onalar uyda yasatilgan [[archa daraxti]]ning tagiga bolalari uchun ular istagan sovgʻalarni qoʻyadilar. Bolalar esa u sovgʻalarni ular uhlayotgan vaqt [[Santa Klaus]] qoʻyib ketganiga ishonadilar.

Mavlud bayramida [[xristianlik|xristian]] oilalarida [[Mavlud yeguliklari]] pishiriladi. [[Xristianlik|Xristian]] davlatlarining hammasida bu yeguliklari birbiridan farqli. Lekin ko'pincha Mavludda [[kurka]] pishiriladi. Dasturxon ustiga [[omela daraxti]]ning yaproqlari toʻkiladi. Ovqatdan keyin [[Mavlud pudingi]] deb nomlangan shirinlik tortiladi.

{{Commonscat|Christmas}}