Difference between revisions 1048616 and 1224283 on uzwiki

'''Oʻzbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi''' (XDP) 1991 yil 1 noyabrda [[Toshkent]]da boʻlib oʻtgan Taʼsis qurultoyi Qaroriga binoan tuzildi, uning Dasturi va nizomi qabul qilindi. Partiya raisi qilib [[Karimov, Islom Abdug‘aniyevich|I.A.Karimov]] saylandi. Bu partiyaning aʼzolari soni 450 mingga yaqin. 1994 yildagi saylovlarda XDP vakillari Oliy Majlisda deputatlarning 27 foizdan ziyodini tashkil qildilar. <br /><br />

[[Oʻzbekiston]] XDPning dasturi quyidagilardan iborat:

* milliy mustaqillikni mustahkamlash;

* tub iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va maʼnaviy islohotlarni amalga oshirish orqali ravnaq topgan, qudratli, demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatni bunyod etish;

* kishilarning millati, siyosiy qarashlari, diniy eʼtiqodlaridan qat’iy nazar, munosib hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlarni yaratish;

* fuqarolarning erkinlar va xuquqlari, tinch hayot kechirishlarini kafolatlash.

Bu maqsadlarni keng targʻib qilish maqsadida 1993 yil dekabrda Oʻzbekiston XDPning milliy istiqlol mafkurasi qabul qilingan.

XDPning nashrlari: «[[Oʻzbekiston ovozi]]», «[[Oʻzbekiston ovozi|Голос Узбекистана]]» gazetalari va «[[Muloqot]]» jurnali.<br /><br />

XDP oʻz saflarida keng ommani — ziyolilar, ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, tadbirkorlar, yoshlar, fayxriylarni, 80 ga yaqin millat va elat vakillarini birlashtiradi.


[[Turkum:Oʻzbekiston: Siyosiy Partiyalar]]

[[de:Volksdemokratische Partei Usbekistans]]
[[en:People's Democratic Party of Uzbekistan]]
[[ko:우즈베키스탄 인민민주당]]
[[pl:Ludowo-Demokratyczna Partia Uzbekistanu]]
[[ru:Народно-демократическая партия Узбекистана]]
[[zh:乌兹别克斯坦人民民主党]]