Difference between revisions 1224317 and 1248799 on uzwikiBi-bi-sining O'zbek xizmati 1994 yilda tashkil topgan. Shundan buyon [[O'zbekiston]], mintaqa va dunyoga [[o'zbek tili]]dagi eshittirishlarni uzatib keladi. O'zbek xizmatining qarorgohi [[London]]da joylashgan bo'lib (Bush Xauz, Bi-bi-sining [[Markaziy Osiyo]] va [[Kavkaz]] xizmati) [[Toshkent]]da mintaqaviy idora va qo'shni davlatlarda o'z muxbirlik punktlariga ega. Kundalik yangiliklar va mavzularni yoritishga Bi-bi-si Jahon xizmatining muxbirlar tarmog'idan tashqari, O'zbekiston va mintaqadagi muxbirlar safarbar etilgan. Dasturlardan jahon yangiliklari, mintaqaviy xabarlar, sport, musiqa, fan olamidagi yangiliklar, tahlil, turli mavzudagi turkum va lavhalar o'rin olgan. Manba: http://www.bbc.co.uk/uzbek/institutional/aboutus.shtml {{Commonscat|BBC}} [[Turkum:O`zbekcha Radio]]⏎ ⏎ [[simple:BBC]] All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1248799.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|