Difference between revisions 1224690 and 1255464 on uzwikiBALZAK (Balzac) Onore de (1799.20.5, Tur - 1850.18.8, Parij) - fransuz realist yozuvchisi. B.ning ijodiy merosi janr jihatidan ulkan va xilma-xil: romanlar, povestlar, dramalardan iborat. B.ning ko‘ʻpgina romanlari va povestlari umumiy g‘ʻoya asosida birlashtirilgan va "Inson komediyasi" deb nomlangan ko‘ʻp jildli epopeyani tashkil etadi. Unda B. o‘ʻz zamonasidagi fransuz jamiyatining haqqoniy, yorqin manzarasini yaratgan. "Inson komediyasi"ni muallif 3 qismga bo‘ʻlgan: "Odatlar haqidagi etyudlar", "Falsafiy etyudlar", "Analitik etyudlar". O‘ʻylangan 143 ta asardan 97 tasi yozilgan. Eng katta qismi "Odatlar haqidagi etyudlar"dir, unga 72 ta roman kirgan bo‘ʻlib, bular orasida — "Gobsek" (1830), "Yevgeniya Grande" (1833), "Gorio ota" (1834), "Yo‘ʻqotilgan orzular" (1837—43) kabi asarlar bor. B. ijodida fransuz realizmi o‘ʻzining yuksak pog‘ʻonasiga ko‘ʻtarildi. "Inson komediyasi" epopeyasi 19-a.⏎ ⏎ ⏎ ⏎ ning 1-yarmidagi fransuz jamiyatining realistik manzaralarini keng qamrovda aks ettirganligi, voqealarga, dalillarga boyligi, turli toifadagi kishilar dramasi yaratilganligi, yorqin obrazlari va personajlari b-n katta taassurot qoldiradi. Epopeya asarlari bir-biri b-n bog‘ʻlangan, qahramonlar taqdiri tutash. Sudxo‘ʻr Gobsek, kommersant Grande, bankir Nusingen, ziyoli Rastinyak kabi obrazlar asardan asarga o‘ʻta boradi. B.ning "Inson komediyasi" epopeyasi zamondoshlarining yuksak bahosiga sazovor bo‘ʻlgan. B.ning "Yevgeniya Grande", "Gorio ota", "Gobsek", "Sag‘ʻri teri tilsimi" asarlari S. Muhammadjonov, M. Mirzoidov, M. Maxmudov va b. tarjimasida turli yillarda o‘ʻzbek tilida nashr etilgan. == Adabiyotlar == * [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil {{stub* Azizov K,., Qayumov O., Chet el adabiyoti tarixi, T., 1987. {{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi --> All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1255464.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|