Difference between revisions 1224704 and 1255476 on uzwiki'''Balg‘am'''BALGʻAM — nafas a’ʼzolari shilliq pardasidan ajraladigan chiqindi; nafas yo‘ʻllarining turli kasalliklarida ajraladi. B. chiqishi ayrim kasalliklar (xususan nafas yo‘ʻllari kasalliklari)ning asosiy belgilaridan biri. B. miqdori har xil; bronxit va o‘ʻpka yallig‘ʻlanishining boshlanishida bemor bir-ikki marta oz-ozdan B. tuflasa, o‘ʻpkaning yiringli kasalliklarida 1 — 2 l gacha B. ajraladi. Odatda B.ning xidi bo‘ʻlmaydi, o‘ʻpkada yiringli jarayon ro‘ʻy bersa, B. sassiq yoki qo‘ʻlansa bo‘ʻladi. B.ning quyuq-suyuqpigi, rangi (oq, zang tusli, qizg‘ʻish) uning tarkibiga bog‘ʻliq. Shilimshiqli, seroz, yiringli, shilimshiq-yiringli, seroz-yiringli va qon aralash B. farq qilinadi. O‘ʻpka yallig‘ʻlanishi, bronxial astma, bronxitning boshlanishida rangsiz, tiniq, yopishqoq shilimshiqli B. ajraladi. O‘ʻpkaga shish kelganda ajraladigan B. suyuq, seroz va ko‘ʻpikli bo‘ʻladi. O‘ʻpkada yiringli jarayonlar bo‘ʻlsa, yiringli, ko‘ʻkimtir; yurak va o‘ʻpkaning turli kasalliklarida qon aralash B. ajraladi. B.da qonning hujayra elementlari, o‘ʻsma hujayralari, eng sodda jonivorlar, exinokokk, askarida lichinkalari va o‘ʻsimlik parazitlari (zamburug‘ʻlar), bakteriyalar bo‘ʻlishi mumkin. B.ni tekshirish natijalariga qarab kasallik (xususan, nafas yo‘ʻllari kasalliklari) aniqlanadi. Ba’ʼzi kasalliklarda B. atrofidagi kishilarga kasallik yuqtiruvchi manba bo‘ʻlishi mumkin, shuning uchun B. ajralishi b-n kechadigan yuqumli kasalliklarda shaxsiy gigiyena qoidalariga qatiy amal qilish lozim. == Adabiyotlar == * [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil {{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi --> All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1255476.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|