Difference between revisions 1225570 and 1230195 on uzwiki'''Avstraliya''' — quyidaglardan birini anglatadi: * [[Avstraliya (qitʼa)|Avstraliya]] — Avstraliya qitʼasi; ⏎ <!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi --> '''Avstraliya''' (lot. australis — ja-nubiy) — Jan. yarim sharda joylashgan materik.Umumiy ma’lumot. A. shim.dan jan.ga 10°4G (York bo‘rni) b-n 394 G (Jan.-Sharqiy burun) j.k.lar oralig‘ida 3200 km ga, g‘arbdan sharqqa 4100 km ga 113°05’ shq.u. (Stip-Poynt bo‘rni) b-n 153°34’ (Bayron bo‘rni) shq.u.lar oralig‘ida cho‘zilgan. Mayd. 7682 ming km2 (Tas-maniya, Kenguru, Melvill va b. orollar b-n 7704,5 ming km2 ga yaqin). A.— ma-teriklar ichida eng kichigi. Jan. tropik chizig‘i A.ning deyarli o‘rtasidan kesib o‘tadi. Materikni g‘arb, shimol va jan.dan Hind okeani, sharqdan Tinch okean dengizlari o‘rab turadi. Qirg‘oqlari un-chalik egri-bugri emas, shim.da Karpenta-riya, jan.da Katta Avstraliya qo‘ltiqlari bor. Katta yarim orollari — shim.da Ar-nemlend va Keyp-York. Tasmaniya oroli A.dan kengligi 224 km li Base bo‘g‘ozi orqali ajralib turadi. A. shim.da yi-rik orollardan Yangi Gvineya joylashgan. A.ning sharqiy sohili bo‘ylab behisob marjon orollaridan tashkil topgan Kat-ta To‘siq rifi 2300 km masofaga cho‘zilib yotadi.Tabiati. Orografiyasi. A. relefi-ning aksariyat qismi tekislik. Den-giz sathidan o‘rtacha balandligi (215 m) jihatidan A. materiklar ichida eng past. Yer yuzasi 95% ining mutlaq bal. 600 m dan oshmaydi. Yirik orografik qismlari: 1) G‘arbiy Avstraliya yassi tog‘ligi — o‘rtacha mutlaq bal. 400—500 m, tizmalar va supa tog‘lardan ibo-rat; 2) Markaziy payettekislik — ko‘p qismining mutlaq bal. 100 m ga yetmaydi. A.ning eng past nuqtasi ham (—12 m) o‘sha yerdagi botiqda joylashgan Eyr ko‘li yoni-da; 3) Katta Suvayirgich tizma (materik sharqida) — o‘rtacha balandlikdagi ay-rim-ayrim, cho‘qqilari yassi tizma tog‘lar. A.ning eng baland nuqtasi — Kossyushko tog‘i (2230 m) jan.dagi Avstraliya Alp tog‘larida. A.ning hoz. relefi asosan kembriygacha bo‘lgan davrda vujudga kel-gan va keskin tektonik o‘zgarishlarga uchramagan, yer yuzasi uzoq davrlar ichida yemirilib, natijada qoldiq tog‘lar b-n birga keng tekisliklar vujudga kelgan. Katta Suvayirg‘ich tizma yemirilgan pa-leozoy burmali tog‘lari o‘rnida vujudga kelgan. Nallarbor tekisligida, Moviy tog‘larda, Barkli va Aterton platolarida karst relef shakllari uchraydi.Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. A.ning aksari qismi Av-straliya platformasi oblastida joylash-gan, sharqiy qismi esa Sharqiy Avstra-liya burmali geosinklinal mintaqasiga kiradi. Kembriydan avval vujudga kel-gan platformaning materik zaminidagi kristall hamda metamorfik jinslari G‘arbiy plato, Tasman yeri, G‘arbiy Av-straliya qalqoni va b. joylarda yer yuza-siga chiqib qolgan; sharqda (Markaziy pasttekislikning g‘arbida) esa quruqlik va ko‘l yotqiziqlari ostida ko‘milib ket-gan, shuningdek Sharqiy A. platforma-sida ham uchraydi. Yuqori paleozoyda va mezozoyning birinchi yarmida Avstraliya platformasi qad. Gondvana materigi b-n tutash bo‘lgan. Uchlamchi davr oxiri va to‘rtlamchi davrda ro‘y bergan tektonik harakatlar A.ni Yangi Gvineya o., Malayya arxipelagining sharqiy orollari va Tasmaniyadan ajratib yuborib, materik-ni hoz. qiyofasiga keltirgan.Avstraliya platformasi oltin va polimetallga, temir rudasi va boksit-ga boy, Flinders tizmasida uran va radiy rudalari uchraydi. A. sharqida toshko‘mir va qo‘ng‘ir kumir konlari bor. Katta Artezian havzasi, Viktoriya shtati sohillarida neft va gaz topilgan.Iqlimi. A.ning shim. qismi (20° j.k. gacha) ekvatorial mussonli, o‘rta katta qismi (20°—30° j.k. lar oralig‘i) tropik cho‘l va jan.-g‘arbiy chekkasi qishda yog‘in ko‘proq yog‘adigan subtropik iqlimli mintaqalarga kiradi. A. Jan. yarim shardagi eng issiq quruqlik, uning 2/3 qismi cho‘l va chala cho‘llardan iborat. Qirg‘oqlardan materik ichkarisiga tomon plangan. Chala cho‘l va savannalar yaylov ahamiyatiga ega. Tovar mahsulot beruvchi o‘rmonlar A. maydonining qariyb 2%ini tashkil www.ziyouz.com kutubxonasi 104qiladi.Hayvonot dunyosi. A. faunasi o‘ziga xos bo‘lganligidan uni alohida Avstra-liya zoogeografik oblastita ajratil-gan. A. faunasida yuksak sut emizuvchi hayvonlar (odamlar chetdan keltirgan dingo itidan tashkari) deyarli yo‘q. Ma-terikda mezozoy va uchlamchi davr fauna-sining vakillari hozirgacha saqlangan. Mac, tuxum qo‘yuvchi sut emizuvchilardan yexidna va o‘rdakburun, baliqlardan ikki xil nafas oluvchi seratod, qopchiqli sut emizuvchilardan kenguru, ayiklar (koala) va b. A.ning ko‘p yovvoyi hayvonlari odam-larning xo‘jalik faoliyati va tartibsiz ov qilishi natijasida kamayib ketgan. A. uchun tipik qushlar: kakadu to‘tisi, emu tuyaqushi, katta oyokli tovuqlar, qora oqqush, jannatqush, tovusdum va b. Yevro-padan xonaki hayvonlar keltirilgan.Tabiat rayonlari. A.ning tekislik qismlaridagi subekvatorial, tropik va subtropik mintaqalarida geografik zonallik yaqqol ko‘rinadi. Yillik yog‘in miqdori 200—250 mm bo‘lgan cho‘l zonasi katta maydonni egallagan. Plato va yassi tog‘liklar toshloq cho‘llardan iborat. Av-straliya Alp tog‘larida balandlik land-shaft mintaqalari aniq namoyon bo‘lgan. A.ning tabiiy landshaftlari odamlar tomonidan juda o‘zgartirib yuborilgan. Tabiatni qo‘riqlash ko‘proq Jan. A. da yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Maunt Buffalo, Kossyushko, Saut-Uest (Tasmaniya o.), Uayperfild va Uilsons-Promontori, Eungella va b. milliy parklari bor.Kashf etilishi va tadqiq qilinish tarixi.A. haqidagi dastlabki noaniq ma’lumotlar yevropaliklarga portugal dengizchilari orqali 16-a. da yetib kel-gan. Ammo A. ning shim. qismlarini ba’zi bir indonez qabilalari qadimdan bilishgan bo‘lsa ke-rak. A.ni 1606 y.da gollandiyalik V. Yanszon kashf qilgan va Yangi Gollandiya deb atagan. Bir necha oydan so‘ng ispaniyalik L. Torres A.ning Keyp-York ya.o. shimolidagi bo‘g‘ozdan suzib o‘tdi. Bu bo‘g‘oz keyinchalik uning nomiga qo‘yilgan. Yava o.ga qatnab tur-gan golland dengizchilari 1640 y.da ma-terikning g‘arbiy, qisman shim. va jan. sohillarini kashf etgan. 1642 y.da Tas-man A. dan janubroqda suzib, Tasmaniya o.ni topdi va materikning Antarkti-dadan uzoqda joylashganligini isbot etdi. J. Kuk 1770 y.da A.ning sharqiy sohillarini kashf etdi va uni Yangi Jan. Uels deb atadi. M. Flinders va N. Boden tadqiqotlari b-n A. jan. sohillarining kashf etilishi tug‘allandi. M. Flinders materikni Avstraliya ("Janubiy Yer") deb atadi va 19-a.dan shu nom b-n mashhur bo‘lib qoldi. A. ning ichki qismi yevropa-liklarning chorva mollari uchun yaylov va suv qidirish maqsadlarida o‘rganiddi. Ko‘pdan-ko‘p geografik tadqiqotlar na-tijasida butun A.ning tabiat boy-liklari asosan o‘rganib bo‘lindi. Bu esa qit’aning xo‘jalik jihatdan tez o‘zlashtirilishiga olib keldi. Keyingi vaqtlarda qazilma boyliklar qidi-rib topish borasida xususiy tadqiqotlar olib borilmoqda. A.da Avstraliya davla-ti joylashgan.Ad.: Qit’alar tabiiy geografiyasi, T., 1967; Muxin G. I, Avstraliya i Okeaniya, M., 1967; Svet Ya. M., Istoriya otkritiya i issledovaniya Avstralii i Okeanii, M., 1966.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref> <!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->⏎ ⏎ * [[Avstraliya (davlat)|Avstraliya]] — Avstraliya davlati. {{disambig}} [[Turkum:Geografiya]]⏎ == Manbalar == {{manbalar}} All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1230195.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|