Difference between revisions 1230207 and 1236913 on uzwiki{{Maʼnolari|Avstraliya (maʼnolari)}} '''Avstraliya''' — quyidaglardan birini anglatadi: * [[Avstraliya (qitʼa)|Avstraliya]] — Avstraliya qitʼasi; <!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi --> (contracted; show full)va radiy rudalari uchraydi. A. sharqida toshko‘mir va qo‘ng‘ir kumir konlari bor. Katta Artezian havzasi, Viktoriya shtati sohillarida neft va gaz topilgan.Iqlimi. A.ning shim. qismi (20° j.k. gacha) ekvatorial mussonli, o‘rta katta qismi (20°—30° j.k. lar oralig‘i) tropik cho‘l va jan.-g‘arbiy chekkasi qishda yog‘in ko‘proq yog‘adigan subtropik iqlimli mintaqalarga kiradi. A. Jan. yarim shardagi eng issiq quruqlik, uning 2/3 qismi cho‘l va chala cho‘llardan iborat. Qirg‘oqlardan materik ichkarisiga tomon 103yog‘in miqdori tez kamayib boradi, lekin ko‘p yillik yog‘insiz davrlar bo‘lmaydi. Yozda (dek.—fev.) quruqlik g‘oyat qizib (t-ra 36° dan ortadi) materik ustida past bosim oblasti vujudga keladi, uning jan. chekkalaridagina baland bosim qaror topadi, shu sababli jan.-g‘arbda va Nallarbor tekisligida yogin tushmaydi. T-raning mavsumiy o‘zgarishi asosan tro-pik va subtropik mintaqalarning ichki r-nlarida ko‘proq namo-yon bo‘ladi. Yanv. oyida 40° dan yuqori issiq t-ralar shim.-g‘arbda (Marbl-Bar) bo‘ladi. Mutlaq mak-simum t-ra 53,1° Klonkarrida (Kvin-slend) kuzatilgan. Mutlaq minimum t-ra A. ning ichki r-nlarida — 4,6°gacha tu-shadi. Faqat Avstraliya Alp tog‘larida sovuq barqarorroq bo‘lib turadi. U yerda — 22°gacha sovuq qayd qilingan. Tekis-liklarda tuproqning yuza qatlami ahyon-ahyondagina muzlaydi. Yil davomida ik-kita mavsum — quruq va yog‘ingarchilik mavsumlari kuzatiladi. Murrey tekisli-klarida momaqaldiroqli jalalar, jan.-sharqdagi tog‘larda musson yomg‘irlari yog‘adi. Sharqiy sohilning ko‘p qismida iqlim tropik dengiz iqlimi, issiq. Shi-molda yog‘inlarni shim.-g‘arbiy mussonlar keltiradi. Bu yerda yog‘in sohilda 1500 mm, 10°— 20° j.k.da 400—500 mm. A. da eng ko‘p yog‘in (2243 mm) Kernsda yog‘adi. Eng kam yog‘in (300—250 mm) materik g‘arbida yog‘adi. Katta Suvayirg‘ich tizmasi Tinch okeandan esuvchi iliq va nam shamollar-ni to‘sib, A.ning sharqiy sohili va ichki r-nlarida yog‘in taqsimotini murakka-blashtiradi. Qishda (iyun— avg .) A.ning ayniqsa jan. va jan.-sharqiy qismlari sovib (12°, 5°), yuqori bosim oblasti tarkib topadi.Ichki suvlari. A.ning60% mayd. oqmas ichki havzaga, 7% Tinch okean va 33% Hind okeani havzasiga mansub. A. da oqar suv-lar ko‘p emas. Okeanga quyiladigan da-ryolar qisqa, tog‘lardan boshlanadi, suv miqdori doimiy emas. Eng sersuv daryosi Murrey (Marri), yirik irmog‘i — Dar-ling . Ichki berk havzani kesib o‘tuvchi quruq o‘zan (krik)lar ko‘p, ularda faqat yog‘ingarchilik vaqtlaridagina suv oqadi. A. cho‘llaridagi suvlar sho‘r. Yer osti suv-lari ko‘pincha minerallashgan, zaxirasi katta. Ular bir necha artezian havzada to‘plangan, bunday suv 200 m, ba’zan 500 m gacha chuqurlikdan chiqadi. Sho‘r ko‘llar ichida eng yirigi Eyrning yozda maydoni ba’zan 15000 km2 ga yetadi. Undan jan.da Torrens, Gerdner, G‘arbiy platoda Ama-diyes ko‘llari bor. A. yer osti suvlariga boy. Umumiy mayd. 4800 ming km2 ni tashkil qilgan 33 ta artezian hav-zasi mavjud; bulardan eng yiriklari — Kat-ta Artezian, Murrey, Morton-Klarens, Yukla, Offiser, Jorjina. Yer osti suv-laridan qurg‘oqchil r-nlarda sug‘orish, sanoat va transport ehtiyojlari uchun foydalaniladi.Tuproq va o‘simliklari. A.ning or-ganik dunyosi bo‘r davri o‘rtalaridan boshlab boshqa quruqliklardan ajralgan holda rivoj topgan, shuning uchun flora tarkibida endemik turlar ko‘p (75%). A. maxsus flora oblastini tashkil qilgan (q. Avstraliya floristik dunyosi). Ichki A.ning katta qismi qumli va toshloq cho‘llar (Katta Qumli cho‘l, Viktoriya va Gibson cho‘llari) b-n band. Cho‘llarni bo‘z va jigarrang bo‘z tuproqli, asosan evkalipt va akatsiya butalaridan ibo-rat tikanakli qalin chakalakzorlar b-n qoplangan chala cho‘llar o‘rab olgan. Bir oz sernamroq chala cho‘llar butazor — skre-blar b-n band. Chala cho‘l va savannalardan tabiiy yaylov sifatida foydalaniladi. Bo‘r davriga kadar A.ning Jan. Amerika va Afrika b-n quruqlik orqali tutash-ganligini proteylar va ba’zi igna bar-glilarning umumiy oilaga mansubligi tasdiqlaydi. Shim., sharq, jan.-sharq va jan.-g‘arbda yog‘in miqdori orta boradi va bu yerlarda qizg‘ish-qo‘ng‘ir va qizil tuproqli savannalar uchraydi. Materik-ning shim.-sharqi doimiy yashil tropik o‘rmonlar b-n, jan.-sharqi evkaliptli subtropik o‘rmonlar b-n qoplangan. Chala cho‘l va savannalar yaylov ahamiyatiga ega. Tovar mahsulot beruvchi o‘rmonlar A. maydonining qariyb 2%ini tashkil www.ziyouz.com kutubxonasi 104qiladi.Hayvonot dunyosi. A. faunasi o‘ziga xos bo‘lganligidan uni alohida Avstra-liya zoogeografik oblastita ajratil-gan. A. faunasida yuksak sut emizuvchi hayvonlar (odamlar chetdan keltirgan dingo itidan tashkari) deyarli yo‘q. Ma-terikda mezozoy va uchlamchi davr fauna-sining vakillari hozirgacha saqlangan. Mac, tuxum qo‘yuvchi sut emizuvchilardan yexidna va o‘rdakburun, baliqlardan ikki xil nafas oluvchi seratod, qopchiqli sut emizuvchilardan kenguru, ayiklar (koala) va b. A.ning ko‘p yovvoyi hayvonl(contracted; show full) * [[Avstraliya (davlat)|Avstraliya]] — Avstraliya davlati. {{disambig}} [[Turkum:Geografiya]] == Manbalar == {{manbalar}} All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1236913.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|