Difference between revisions 1248961 and 2016186 on uzwiki

'''Eftaliylar''' (''oq xunlar'') — [[o'rta asrlar]]da yashagan qadimgi turkiy ko'chmanchi xalq([[IV asr|IV]]—[[VI asr]]). Eftaliylar xozirgi [[O'rta Osiyo]], [[Afg'oniston]] va shimoli [[Hindiston]]da ulkan turkiy an'anlarga asoslangan imperiya tuzishgan. [[Hindiston]]dagi [[Gupta imperiyasi]]ga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan.

=== Kelib chiqishi ===
[[Tasvir:Asia 500ad.jpg|thumb|300px|500-yil Oq Xunlar imperiyasi]]
Eftaliylar so'zi asli [[yunon tili|yunoncha]] bo'ib [[Viznatiya]]liklar ularni shunday deb atashgan. Ularning haqiqiy nomi Oq Xunlar bo'lgan va ular [[qadimgi turkiy xalqlar]]dan biri bo'lishgan.

=== Tarixi ===
[[Tasvir:HephthaliteCoin.jpg|thumb|150px|Oq Xunlar tangalari]]
[[Tasvir:Kushano-Hephthalites 600ad.jpg|thumb|300px|600-yil Kushano-Eftaliylar davlati]]
Eftaliylar davlati parchalanib ketgan hududining bir qismida tashkil topgan. Aholisining asosiy qismi dehqonchilik bilan mashg`ʻul bo`ʻlgan, qolgani esa ko`ʻchmanchi chorvachilik hayot tarzini davom ettirgan. [[Eftaliylar]] to`g`ʻgʻrisidagi dastlabki ma'lumotlar yozma manbalarda 457 yildan buyon, ya'ni ularning podshosi [[Vaxshunvar]] [[Chag`aniyon|Chagʻaniyon]], [[Toxariston]] va [[Badaxshon]]ni o`ʻziga bo`ʻysindirganidan so`ʻng qayd etila boshlagan. Turli manbalarda [[Eron]] sosoniylar davlati bilan eftaliylar o`ʻrtasidagi bo`ʻlib o`ʻtgan jangu jadallarning yorqin, biroq bir-biriga zid manzarasi tasvirlangan. Sosoniylar podshosi Peroz eftaliylar davlatining tobora kengayishidan xavfsirab, ularga qarshi harbiy harakatlar boshlab yuboradi, biroq asirga tushib qoladi. [[Sosoniylar]] podshosi yordam so`ʻrab [[Vizantiya]]ga murojaat qiladi va ko`ʻchmanchilar huruji bu davlat uchun ham tahdid ekanini uqtiradi. Vizantiya hukmdori tovon to`ʻlab, [[Peroz]]ni tutqinlikdan xolos etadi. Peroz eftaliylarga Tolqon chegara shahrini topshirishni va'da qiladi, biroq o`ʻz va'dasini ustidan chiqmay, ikkinchi marta harbiy yurish uyushtiradi. Peroz bu safar ham mag`ʻlubiyatga uchraydi va eftaliylarga o`ʻzining go`ʻdak o`g`ʻgʻlini tutqun etib qoldiradi hamda ikki yil davomida katta tovon to`ʻlab turadi. 484 yili Peroz o`ʻzining uchinchi harbiy yurishini amalga oshiradi. Bu gal u o`ʻz qo`ʻshini bilan birga eftaliylar tayyorlagan maxsus bo`ʻri o`ʻrasiga tushib qolib halok bo`ʻladi. Eftaliylar Peroz qo`ʻshinini batamom tor-mor qilgach, Eron xalqi zimmasiga katta miqdorda o`ʻlpon to`ʻlash majburiyatini yuklatadilar hamda Marv shahrini ishg`ʻol etadilar. So`ʻngra ular Kobul vodiysi va Panjobni egallashadi, Qoroshor, Kuchu, Qashqar va Xotanni istilo qilishadi. Shu tariqa ular Markaziy Osiyo, sharqiy Eron, Hindistonning shimoliy qismi va Sharqiy Turkistonni o`ʻz ichiga olgan yagona qudratli davlat barpo etadilar. O`ʻz bolaligini eftaliylar qo`ʻl ostida tutqunlikda o`ʻtkazgan Peroz o`g`ʻgʻli Kavade zamonida Eron eftaliylarga o`ʻlpon to`ʻlashda davom etgan. Vizantiyalik tarixchi Prokopiyaning qayd etishicha, eftaliylar "yagona podsho tomonidan boshqarilgan va o`ʻzaro hamda qo`ʻshni davlatlar bilan bo`ʻlgan munosabatlarda vizantiyaliklar va forslardan qolishmagan holda adolat mezoniga amal qilishgan". "Ipak yo`ʻli" egalari bo`ʻlgan eftaliylar xalqaro savdoda faol ishtirok etishgan. Ular Eron, Vizantiya, Hindiston va Xitoy bilan savdo-sotiq qilishgan. Eftaliylarning Peroz askarlariga qarshi urushiga oid epik rivoyatlar "Shohnoma" asarida keltirilgan. Asarning eftaliylar podshohi Gatferd haqidagi hikoyatida eftaliylarning turkiy xalqlarga qarshi kurashi aks etgan. Akademik V.Bartoldning taxmin qilishicha, Gatferd timsolida Vizantiya manbalarida keltirilgan tarixiy shaxs - Katulfni ko`ʻrish mumkin. Katulf podsho tomonidan o`ʻz xotiniga yetkazilgan haqorat uchun intiqom baxonasida Eronga qochgan. Eftaliylar ko`ʻplab xalqlarni siyosiy jihatdan birlashtirishgan va bu hol mazkur davlat tarkibida ko`ʻpgina diniy yo`ʻnalishlar va mashablar mavjud bo`ʻlganini izohlaydi.Rasmiy davlat dini- [[Tangritanlik]] bo'lgan. [[Zardushtiylik]] va [[Buddaviylik]] ham keng tarqalgan.

[[Turkum:Turkiy xalqlar]]
[[Turkum:Oʻzbekiston tarixi]]