Difference between revisions 1255186 and 1470669 on uzwikiBADIIY SOʻZ USTASI - adabiy asar (sheʼr, nasr, shuningdek publitsistika) yoki dramatik parchani telekoʻrsatuv va radio orqali, estrada, sirk va filarmoniya sahnasida ifodali oʻqib, ular mazmunini tinglovchilarga badiiy taʼsirli qilib yetkazuvchi ijrochi, estrada va filarmoniya artisti. Omma-viy-badiiy tadbirlar ham ular boshchiligida yoki ishtirokida oʻtadi. B.s.u. oʻzining ifoda uslubi, talaffuzining yorqinligi, ijrochilik mahorati, asosiy fikrni anglatuvchi soʻzlarni urgʻu b-n talaffuz etishi jihatidan tinglovchi yoki ommani oʻziga jalb etadi. Oʻzbek sanʼatida B.s.u. (dostonchi, ertakchi, kissaxon va b.) qadimdan maʼlum. Barcha ommaviy-badiiy tadbirlar, sayillar, tomoshalar, toʻy-hashamlar ular ishtirokida oʻtgan. Oʻzbekistonda B.s.u.lari ichida M. Hamidov, N. Rahimov, H. Umarov, U. Burhonov, T. Tojiyev, Q. Maqsumov, T. Yunusxoʻjayeva, L. Xoʻjayeva, M. Xolmetov, O. Asomov, B. Muhammadxoʻjayev, H. Sadiyev kabi sanʼatkorlarning ijodi eʼtiborga molikdir. == Adabiyotlar == * [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil {{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->⏎ ⏎ {{OʻzME}} All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1470669.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|