Difference between revisions 1255986 and 1255987 on uzwiki

{{birlashtirishga|Bahor ansambli}} <!-- Bot tomonidan yaratqo‘shildi -->


'''"Bahor" ansambli''', Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi "Bahor" xalq raqs ansambli — "O‘zbekraqs" birlashmasidagi jahonga mashhur ansambl. 1957 y. tashkil etilgan. Ansamblning asoschisi va birinchi badiiy rahbari Mukarrama Turg‘unboyeva (1979 y.gacha), shuningdek B. Aliyev, Q. Dadayevham tashkilotchilardan. Keyingi badiiy rahbarlari: Qunduz Mirkarimova (1979 - 88), Ravshanoy Sharipova (1988 — 90), Ma’mura Ergasheva (1990 y.dan). Musiqa rahbari Bax(contracted; show full)amov, K. Mirzayev, M. Foziljo-nov (sozandalar), Erkin Ro‘zimatov (xo-nanda). Ansambl Liviya, Marokash, Ja-zoir, Tunis, Hindiston, Singapur, Malayziya, Pokiston, Afg‘oniston, Jan. Koreya, Yaponiya kabi mamlakatlarda gastrolda bo‘lgan. Moskvada bo‘lib o‘tgan jahon yoshlari va tal aba lari 6-festivali, Leypsigda o‘tkazilgan xalq raqslari 8-festivali (1971) laureati.Muhsin Qodirov, Mohina Ashirova.

== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->