Difference between revisions 1262823 and 1439031 on uzwiki{{Shaxsiyat |ismi = Isaak Nyuton |asl ismi = Isaac Newton |portret = GodfreyKneller-IsaacNewton-1689.jpg |tavsif = Fizik, Matematik, Astronom |tug'ilgan paytidagi ismi = |tavallud sanasi = {{birth date|1643|1|4}} |tavallud joyi = Linkolnshir [[Buyuk Britaniya]] (contracted; show full) Nyuton barcha sayyoralar quyosh atrofida aylanishini ilmiy ravishda isbotlab, Keplerning sayyoralar harakati haqidagi qonunlarini tasdiqladi. Nyuton matematika faniga ko’plab qonunlar kiritdi, masalan, kombinatorika elementlari, guruhlash, yoki sonlarni o’rnini almashtirishdagi usullar soni va hokazolarni fanga kiritdi. Aytishlaricha, Nyuton yoshligidan o'ta kamgap inson bo'lgan ekan. hech qanday ortiqcha yoki behuda gaplar aytishni xush ko'rmas ekan. NYUTON (Newton) Isaak (1643.4.1, Vulstorp — 1727.31.3, London; Vestminsterda dafn etilgan) — ingliz olimi, hoz. zamon tabiatshunosligi asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1672 y.dan) va uning prezidenti (1703 y.dan). Kembrij un-tini tugatgan (1665). Ilmiy ishlari uchun unga lord unvoni berilgan (1705). N. mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi, butun olam tortishish qonunini ochdi, differensial va integral hisob asoslarini ishlab chiqdi, koʻzguli teleskopii kashf qildi. U optikaga oid muhim eksperimental ishlar muallifi. "Yoruglik va ranglarining yangi nazariyasi" asarida (1672) yorugʻlikning korpusku-lyar tuzilishi haqidagi gipotezani ilgari surgan. N. "Optika" asarida (1674) yorugʻlik aberratsiyasi, interferensiya, yoruglikdagi dispersiya, difraksiya, yorugʻlikning qutblanishi va b. hodi-salarni yoritgan. U birinchi boʻlib yorugʻlikning toʻlqin uzunligini oʻlchagan. N. "Natural filosofiyaning matematik negizlari" ("Negizlar"; 1687) N.ning eng muxim ilmiy asari hisoblanadi. U bu asarida oʻzidan ilgari oʻtgan olimlar (G.Galiley, R.Dekart, I.Kepler, X.Gyuygens, R.Guk, E. Gatey va b.) hamda oʻzi erishgan ilmiy natijalarni umumlashtirgan va klassik fizikaning asosi boʻlgan Yer va osmon mexanikasi sistemasini yaratgan va osmon jismlarining harakat nazariyasini ishlab chiqqan; klassik mexanikaning asosiy tushunchalari — massasi va zichligiga ekvivalent boʻlgan materiya miqdoriga; impulsiga ekvivalent boʻlgan harakat miqdoriga va kuchning har xil turiga taʼrif bergan; oʻzining 3 mashhur "aksioma yoki harakat qonunlari": inersiya qonuni (N.ning birinchi qonuni), taʼsir va aks taʼsir konuni (uchinchi qonuni)ni taʼriflagan. N. barcha sayyora va kometalarning quyoshga, yoʻldoshlarning esa sayyoralarga ular orasidagi masofa kvadratiga teskari boʻlgan kuch bilan tortishishini asoslab bergan. U butun olam tortishish qonunidan Kepler qonunlari kelib chiqishini isbotlagan. N. bu asarida Oy harakatining oʻziga xos xususiyatlarini tushuntirgan, shuningdek, Yer shakli va uning harakatiga oid xususiyatlarni aniklagan. U gidrostatika va gid-rodinamikaning baʼzi masalalarini qayta ishlab chiqqan; muhit (gaz va su-yuqlik)dagi jism harakatini shu muhitning aralashish tezligiga bogʻliq holda tekshirgan. N. ilgari surgan tabiatshunoslik masalalari butunlay yangi matematik usullarni ishlab chikishni talab etardi. U differensial va integral hisob asoslarini ishlab chiqqan, differensial va integral hisobning oʻzaro teskari harakterga ega ekanligini kashf qilgan, cheksiz qatorlar sohasida yangilik yaratgan. N. va undan mustaqil ravishda G.Leybnits tomonidan yaratilgan differensial hisob va integral hisob mat. taraqqiyotida yangi bosqich boʻldi. N. Nyuton binomi formulasini ixtiyoriy koʻrsatkichga umumlashtirgan, hisoblash mat.si sohasida tenglamalarni taqribiy yechish usuli va interpolyasiya formulasini topgan. Uning algebra va geom.ga oid boshqa ishlari ham muhim. N. fizika va kimyoning koʻp sohalariga katta taʼsir koʻrsatdi. Baʼzi optik va kimyoviy hodisalarni tushuntirishda N. mexanik modellardan foydalandi. Ad:Vavilov S. I., Isaak Nyuton, M., 1961.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref> == Manbalar == {{manbalar}} {{stub}} {{no iwiki}} {{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->⏎ ⏎ {{Commons|Isaac Newton}} {{stub}} {{bio-stub}} {{Link FA|bg}} {{Link FA|es}} {{Link GA|eo}} All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1439031.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|