Difference between revisions 1354698 and 1354703 on uzwiki

'''Pop''' — 1950-yillarda [[rock and roll]]dan kelib chiqqan keng tarqalgan musiqa stili. Pop soʻzi inglizcha „popular“ („mashhur“) soʻzidan kelib chiqqan.

„[[Ommaviy madaniyat]]“da „Pop (ommaviy)-muzika“ alohida oʻrin tutadi. „Pop-muzika“ni „Yangi rok“ belgilaydi. „Yangi rok“, taʼbir joiz boʻlsa, kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. Yaʼni jazavali [[ritm]], [[zarb]], shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu [[musiqa]] tinglashga, qalbdan huzurlanishga emas, balki vujud harakatiga, talvasali raqsga yoʻnaltirilgan. „[[Ommaviy madaniyat]]“dagi texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytiradi, polifonizm — musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yoʻqqa chiqaradi.<ref>[http://info.islom.uz/content/view/1203/1006/ 
“Оммавий маданият” – маънавият кушандаси]</ref>

„Pop-muzika“ ijrochiligi koʻngil­ochar musiqa niqobi ostida ommaviy vasvasali, shaytoniy talvasali, badaxloq raqs­lar, koʻpincha oxiri janjal, ur-yiqit, vahshiyliklarga borib etadigan agressiv diskoteka shoularini uyushtirish bilan ajralib turadi.

[[1970]]-yilda [[Kaliforniya]]ning [[Altamonte]] shahrida boʻlgan musiqa ­festivalida oʻzini „pop-muzika“ qiroli hisoblaydigan „[[Rolling Stounz]]“ („Aylanayotgan tosh“) guruhi konserti ana shunday ur-yiqitlar bilan tugab, politsiya bu mojaro oqibatlari bilan uzoq muddat shugʻullanishiga toʻgʻri kelgan edi. „Pop-muzika“ namoyandalari oʻz „ommaviy“liklarini taʼkidlash uchun sahnadagi xatti-harakatlari va kiyim-liboslari namoyishida ham — odob-axloq, jamiyatga ehtirom tuygʻularini rad etib — asosan koʻcha, olomonchilik qonun-qoidalariga amal qiladilar. Va oʻzlarining kulguli darajada ajralib turadigan shunday raftorlaridan faxrlanadilar. Bunday holatlarni „pop-muzika“chilar sanʼatdagi demokratizmning, xalqchillikning tantanasi, deb bilishadi.

„Pop-muzika“ namoyandalari ijro etadigan qoʻshiq matnlari koʻpincha, [[sheʼriyat]]ning oddiy talablariga javob bermaydi yoki ular koʻproq koʻchada mavjud behayo, jargon iboralarga — qadriyatlarni, insoniy ezguliklarni kinoya, mazax qiladigan soʻzlarga asoslangan. 

==Manbalar==
<references/>

[[Turkum:Submadaniyatlar]]

{{Music-stub}}

{{link FA|li}}