Difference between revisions 1470673 and 1470681 on uzwiki

{{birlashtirishga|Badiiy soʻz ustasi}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->

BADIIY SOʻZ USTASI - adabiy asar (sheʼr, nasr, shuningdek publitsistika) yoki dramatik parchani telekoʻrsatuv va radio orqali, estrada, sirk va filarmoniya sahnasida ifodali oʻqib, ular mazmunini tinglovchilarga badiiy taʼsirli qilib yetkazuvchi ijrochi, estrada va filarmoniya artisti. Omma-viy-badiiy tadbirlar ham ular boshchiligida yoki ishtirokida oʻtadi. B.s.u. oʻzining ifoda uslubi, talaffuzining yorqinligi, ijrochilik mahorati, asosiy fikrni anglatuvchi soʻzlarni urgʻu b-n talaffuz etishi jihatidan tinglovchi yoki ommani oʻziga jalb etadi. Oʻzbek sanʼatida B.s.u. (dostonchi, ertakchi, kissaxon va b.) qadimdan maʼlum. Barcha ommaviy-badiiy tadbirlar, sayillar, tomoshalar, toʻy-hashamlar ular ishtirokida oʻtgan. Oʻzbekistonda B.s.u.lari ichida M. Hamidov, N. Rahimov, H. Umarov, U. Burhonov, T. Tojiyev, Q. Maqsumov, T. Yunusxoʻjayeva, L. Xoʻjayeva, M. Xolmetov, O. Asomov, B. Muhammadxoʻjayev, H. Sadiyev kabi sanʼatkorlarning ijodi eʼtiborga molikdir. 

== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

{{OʻzME}}