Difference between revisions 1517801 and 1518607 on uzwiki{{birlashtirishga|Balgʻam}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
BALGʻAM — nafas aʼzolari shilliq pardasidan ajraladigan chiqindi; nafas yoʻllarining turli kasalliklarida ajraladi. B. chiqishi ayrim kasalliklar (xususan nafas yoʻllari kasalliklari)ning asosiy belgilaridan biri. B. miqdori har xil; bronxit va oʻpka yalligʻlanishining boshlanishida bemor bir-ikki marta oz-ozdan B. tuflasa, oʻpkaning yiringli kasalliklarida 1 — 2 l gacha B. ajraladi. Odatda B.ning xidi boʻlmaydi, oʻpkada yiringli jarayon ro(contracted; show full)va oʻsimlik parazitlari (zamburugʻlar), bakteriyalar boʻlishi mumkin. B.ni tekshirish natijalariga qarab kasallik (xususan, nafas yoʻllari kasalliklari) aniqlanadi. Baʼzi kasalliklarda B. atrofidagi kishilarga kasallik yuqtiruvchi manba boʻlishi mumkin, shuning uchun B. ajralishi bilan kechadigan yuqumli kasalliklarda shaxsiy gigiyena qoidalariga qatiy amal qilish lozim.
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}}
All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1518607.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|