Difference between revisions 1564129 and 1564319 on uzwiki{{birlashtirish|Bayt ul-hikmat}} <!-- Bot tomonidan yaratildi --> {{Birlashtirishga|Bayt ul-hikma}} '''"Bayt ul-hikmat"''' (yoki "Xizonat ul-hikmat") — olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa. Xalifa Horun ar-Rashid (766 — 809) Bag‘dodda tashkil etgan. O‘zbekcha asarlarda "Bilim uyi" yoki "Donishmandlar uyi" deb yuritiladi. Muhammad Xorazmiy xalifa Ma’mun davri (813 — 833)da "Bilim uyi"dagi juda boy kutubxonaga boshchilik qilgan. Kutubxonada hind, yunon, suryoniy (suriya), arab, fors tillarida 400 000 jida qo‘lyozma kitob saqlangan. Xorazmiy o‘sha kitoblardan foydalanib, hind usulida ilmi hay’at (astronomiya)ga oid "Ziji Xorazmiy" asarini yozgan. Hind raqamlari asosida hoz. arab raqamlarini soddalashtirgan, kengaytirgan va birinchi marta arab tilini bayon etib, uning keng tarqalishiga hissa qo‘shgan.Tarjima ishlarida turli mamlakatlardan kelgan olim va tarjimonlar, jumladan Turkiston olimlaridan Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xorazmiy, Abbos ibn Sayd Javhariy va Ahmad ibn Abdulloh Marvaziylar qatnashgan. Bu yerda olimlar chet tildagi murakkab tushunchalarni berishga qodir arab atamashunosligini yaratishga va uni boyitishga katta hissa qo‘shdilar. == Adabiyotlar == * [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil {{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi --> All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1564319.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|