Difference between revisions 1564453 and 1568803 on uzwiki

{{birlashtirish|Bekmurod joʻraboy oʻgʻli}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->

BEKMUROD JOʻRABOY OʻGʻLI (1878 Nurota tumani Qoʻtir qishlogʻi — 1956) — oʻzbek xalq baxshisi. Dostonlarni oʻzbek, qozoq va qoraqalpoq tillarida kuylay olgan. Hatto Nurota tojiklari orasida dostonlarni tojik tilida kuylaganligini ham nakl qiladilar. B. repertuarini oʻrganish oʻtmishda Nurota tumani markazi va uning shim.da oʻziga xos dostonchilik maktabi boʻlganligini koʻrsatadi. Xalq dostonlarini bir necha tidda ijro etish bu maktab vakillarigagina xos xususiyatdir. B.dan "Alpomish", "Avazxon", "Malikai ayyor", "Kuntugʻmish" kabi bir qator dostonlar yozib olingan. Bular Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-stituti folklor arxivi (inv. № 190, 191, 1010, 1011)da saqlanadi.

== Manbalar ==
* "Avazxon", T., 1965; "Gulshanbogʻ", T., 1966; "Xolbeka", T., 1967.

== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

{{OʻzME}}