Difference between revisions 1577450 and 2023985 on uzwiki

'''Bayt al-Hikma''' ([[arab tili|arab.]] '''بيت الحكمة''' ''tarj. Hikmatlar uyi'') [[Abbosiylar]] davrida [[Bogʻdod]]dagi yirik kutubxona va tarjima instituti boʻlgan.<ref>Iraq :: The 'Abbasid Caliphate - Britannica Online Encyclopedia</ref> U [[Islom oltin davri]]ning asosiy ilm markazi boʻlib hisoblanadi.

==Tarixi==
[[File:ManuscriptAbbasid.jpg|thumb||300px|right]]
[[VIII asr]] oxiri [[IX asr]] boshida [[Arab xalifaligi|xalifalik]]ning markazi Bogʻdodda ilm-fan rivojlandi. Qadimgi [[yunon]] olimlari [[Platon]] ([[Aflotun]]), [[Aristotel]] ([[Arastu]]), [[Sokrat]] ([[Suqrot]]), [[Gippokrat]] ([[Buqrot]]), [[Galen]] ([[Jolinus]]), [[Yevklid]] ([[Iqlidus]]) kabilarning asarlari [[arab tili]]ga tarjima qilindi. [[Xristian]] va [[islom]] olimlari oʻrtasida hamkorlik ishlari amalga oshirildi. Xalifa [[Xorun ar-Rashid]] oʻlimidan soʻng([[813-yil]]), uning oʻgʻli [[al-Ma'mun]] xalifa etib tayinlandi. U ilm-fan, madaniyatga qiziqqan odam boʻlib, unga qadar xalifalikning [[Markaziy Osiyo]] va [[Xuroson]] boʻyicha vakili sifatida [[Marv]]da hokimlik qilar edi. Otasining oʻlimidan soʻng xalifa sifatida Bogʻdodga koʻchgach, u yerda ilmiy markaz tashkil etib, unga barcha musulmon oʻlkalari, jumladan, [[Movarounnahr]]dan ham olimu fozillarni toʻpladi. Bu markazda Movarounnahr, Xurosondan chiqqan [[Muso al-Xorazmiy]], [[Ahmad al-Farg`oniy]], [[Marvaziy]], [[Marvarudiy]], [[Javhariy]] kabi olimlar faoliyat koʻrsatib, Bogʻdodda ilm va madaniyat, hamda [[arab]] ilmini olamga mashhur qilishda ulkan hissa qoʻshdilar. Bu ilmiy markaz „Bayt al-hikma“ deb ataldi.

== Tashkil topishi. ==
"Bayt al-hikma" ta'sis etilgan yil haqidagi ma'lumotlar hozirga qadar ma'lum emas. U Bag'dodning qaysi nuqtasida joylashganligi borasida ham aniq bir xulosaga kelish qiyin. Ammo u xalifa saroyining biror-bir qismida joylashgan bo'lishi kerak, deb tahmin qilish mumkin. Bundan tashqari, "Bayt al-hikma"ning tashkil topishi faqat [[Maʼmun|xalifa al-Ma'mun]] ismi bilan ham bog'lab ko'rsatiladiki, bu haqiqatdan ancha yiroqdir.<ref>B.Abduhalimov "Bayt al-hikma va Markaziy Osiyo ilmlarining Bag'doddagi ilmiy faoliyati" Toshkent"O'zbekiston" 2010 35-bet</ref>

Saroyda qo'lyozma asarlarni saqlash odati umaviylar sulolasi davrida ham mavjud bo'lsa-da, bu ish abbosiy xalifalardan al-Mansur davrida doimiy jarayonga aylandi, sifat va miqdor jihati ham tubdan o'zgardi. [[Al-Mansur]] nodir qo'lyozma asarlarni to'plashdan tashqari, o'zga yurtlardagi olimlarni ham o'z saroyiga jalb eta boshladi. Uning saroyida Gundishopur maktabidan taklif etilgan turli diniy e'tiqodda bo'lgan ko'pgina olimlar, tabiblar, kimyogarlar, geograflar va muhandis lar xizmat qilgan. Ular orasida Bag'dod shahrining qurilishida ishtirok etgan astrolog olimlar- eronlik an-Navbaxt(vaf. 777-y.) va basralik yaxudiy Menassiyalar(vaf.tax.815-y.) ham bor edi. Musulmonlar orasida "Moshollox" nomi bilan mashxur Menassiya, al-Mansur, Horun ar-Rashid, al-Amin va Ma'munlar davrida eng mashhur astrologlardan biri edi.

Harronlik yirik kimyogar va tarjimon Jobir ibn Hayyon ham al-Mansur davrida yashagan. Ibrohim al-Fazariy xalifa al-Mansurning topshirig'iga binoan, hindlarning astronomiyaga oid yirik qomusiy asari "Sindxind"ni sanskrit tilidan arab tiliga tarjima qiladi.

Yuqorida zikr etilgan asrlardan tashqari , al-Mansur uchun falsafa, tabobat, falakkiyot, riyoziyot, tarix, adabiyotga oid boshqa kitoblar ham tarjima qilingan. Xalifa al-Mansur mazkur kitoblar, yozilgan noyob qo'lyozma asarlarni saqlash uchun o'z saroyida maxsus joy ajratgan. Shu tariqa "Bayt al-hikma"ning yaratilishiga asos bo'lgan saroy kutubxonasi paydo bo'ldi. 

Abbosiy xalifalar ichida eng dong taratgan Horun ar-Rashid (786-809) taxtga o'tirgandan so'ng, ijtimoiy va madniy hayotning barcha sohalarida katta o'zgarishlar sodir bo'ldi. bu, albatta, "Bayt al-hikma"ga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi.

O'rta asr manbalaridagi ba'zi ma'lumotlar "Bayt al-hikma" Horun ar-Rashid davrida ta'sis etilgan , degan xulosaga kelishga asos bo'ladi. Jumladan, Ibn an-Nadim o'zining "al-Fixrist" kitobida vazir Sahl ibn Horun, astrolog Abu Sahl al-Fadl ibn Navbaxt va nusxa ko'chiruvchi A'lon ash-Shu'uvbiylar haqida so'z yuritar ekan , ularni Horun ar-Rashidning "Bayt al-hikma"sida faoliyat ko'rsatgan , deb ma'lumoy beradi.

Horun ar-Rashid davrida "Bayt al-hikma" turli adabiyotlar saqlanadigan maskandan tarjima va tadqiqotlar olib boriladigan markazga aylandi.

Horun ar-Rashidning kichik o'g'li al-Amin (809-813)"Bayt al-hikma" ning faoliyati birmuncha susaygan bo'lsa, uning katta o'g'li al-Ma'mun(813-833) davrida o'z taraqqiyotining  cho'qqisiga ko'tariladi.

Al-Ma'mun «Bayt al-hikma»ga alohida e'tibor bilan qaradi. Natijada

uning davrida (813-833) «Bayt al-hikma»dagi ilmiy muhit misli ko’rilmagan

darajada rivojlanib, u еrda yunon, fors va xind tillaridagi muhim kitoblari

arab tiliga o’girish, sharhlash bilan bir qatorda, mustaqil ilmiy faoliyat ham

olib borilib, yangi asarlar yozildi. Al-Ma'mun diniy ilmlar, falsafa, aniq fanlar

bilan qiziqqan va o’zi ham ular bilan muntazam shug’ullangan. Shuningdеk,

u tarjimonlar va olimlarga har bir yozgan yohud tarjima qilgan kitoblari

uchun katta mukofotlar tayinlagan. Al-Ma'munning bеvosita homiyligi ostida

Yunoniston, Xindiston, Rum,Eron va Marvdan «Bayt al-hikma»ga katta miqdorda turli mavzudagi kitoblar kеlib tushgan. Ularning ba'zilari esa

harbiy yurishlardagi o’lja sifatida Bag’dodga olib kеlingan.

Yuqorida bayon etilgan ma'lumotlar asosida «Bayt al-hikma»ning ta'sis

etilishi haqida quyidagicha xulosaga kеlish mumkin: Bag’dod xalifalari

saroyining ma'lum qismini egallagan «Bayt al-hikma»ning asosi - xalifa al-

Mansur davrida yaratildi, Horun ar- Rashidning homiyligi ostida, u ancha

kеngaytirildi, rivojlantirildi, o’zining tarixiy «Bayt al-hikma» nomi bilan yuritila

boshladi. Al-Ma'mun esa u еrda mashhur allomalarni to’plab, ularga har

taraflama ko’mak bеrdi, uning eng yuqori taraqqiyot darajasiga ko’tarilishini

va o’sha davr uchun o’ziga xos ilmiy maktabga aylanishini ta'minladi.

<ref>B.Abduhalimov "Bayt al-hikma va Markaziy Osiyo ilmlarining Bag'doddagi ilmiy faoliyati" Toshkent"O'zbekiston" 2010 36-41bet</ref>

== "Bayt al-hikma"da faoliyat yuritgan olimlar ==

=== Tarjimonlar: ===

* [[Hunayn Ibn Isxoq|Hunayn]] ibn Ishoq
* [[Yuhanna ibn Mosavayh]]
* [[Abu Sahl al-Fadl ibn Navbaxt]]
* [[Yoqub al-Kindiy]]
* [[Banu Muso]]
* [[Sobit ibn Qurra]]
* [[Qusta ibn Luqa al-Ba'albakkiy]]

=== Markaziy osiyolik mashhur olimlar: ===

* [[Al-Xorazmiy|Muhammad al-Xorazmiy]]
* [[Yahyo ibn Abu Mansur]]
* [[Habash al-Hasib al-Marvaziy]]
* [[Xolid al-Marvarrudiy]]
* [[Javhariy|al-Abbos al-Javhariy]]
* [[Ahmad al-Fargʻoniy|Ahmad al-Farg'oniy]]
* [[Forobiy|Abu Nasr Forobiy]]

==Izoh==
{{reflist}}

[[Turkum:Arab xalifaligi]]
[[Turkum:Akademiyalar]]