Difference between revisions 1643232 and 1686380 on uzwiki<center><b>'''"KAMOLOT" YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI</b>'''</center> Oʻzbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati — O'ʻzbekistan yoshlarining ixtiyoriylik asosida vujudga kelgan, oʻzini-oʻzi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkiloti. Harakat <b>'''2001 y. 25 aprelda</b>''' boʻlib oʻtgan Taʼsis qurultoyi qarori bilan tashkil toptan. Taʼsis qurultoyida Harakatning Dasturi va Nizomi kabul qilindi. Harakat faoliyatining asosiy maqsadi — Oʻzbekiston yoshlarini birlashtirish, sogʻlom turmush talablari asosida tarbiyalash, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning oʻz aql-zakovati, kuch-gʻayratini toʻla namoyon etishi, jamiyatda munosib oʻrin egallashlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iborat. Harakatga uning dasturiy vazifa va maqsadlarini hamda Nizom talablarini tan oladigan, ularni amalga oshirish yoʻlida faol harakat qiladigan, Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yoʻlida mehnat qilish va kurashishni oʻzi uchun hayotiy eʼtiqod deb biladigan, oʻqishda, mehnatda, harbiy xizmatda, jamoatchilik ishlarida boshqalarga oʻrnak boʻladigan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qoida tariqasida, 14 yoshdan 28 yoshgacha (<b>'''14 yoshdan 30 yoshgacha</b>''' [http://www.kamolot.uz/nizom.html "Kamolot" YIH Nizomi]) boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari aʼzo boʻlishi mumkin. Harakatning oliy organi — 5 yilda bir marta chaqiriladigan Qurultoy, rahbar organi — 6 oyda bir marta chaqiriladigan Markaziy Kengash, ijroiya organi — 2 oyda bir marta chaqiriladigan Ijroiya Qoʻmita hisoblanadi. Harakatning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) boʻlimlari, shuningdek, tuman, shahar boʻlimlari boʻlib, ularning yuqori organi 2,5 yilda bir marta chaqiriladigan Konferensiyadir. Harakat tarkibida uning homiyligi asosida ishlaydigan, 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilarni birlashtiradigan Bolalar tashkiloti tuzilgan. (Harakat homiyligida respublika «Kamalak» bolalar tashkiloti faoliyat yuritadi. «Kamalak» bolalar tashkiloti o‘z safiga 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni va o‘smirlarni birlashtiradi. [http://www.kamolot.uz/kamolot_nima.html "Kamolot nima?"]) Bolalar tashkiloti Harakat Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat koʻrsatib, oʻz faoliyatini tarbiyaning oʻziga xos yondashuv va usullaridan foydalangan holda, bolalarning qalbi va ongiga Harakatning asosiy maqsad-muddaolarini singdirishga qaratgan. Harakat Yoshlar muammolari instituti, "Yangi asr avlodi" nashriyot-matbaa markazini taʼsis etgan. "Kamolot" YIH muassisligida "Turkiston", "Молодёжь Узбекистана" gazetalari, "Yosh kuch", "Sirli olam", "Sinfdosh", "Gʻuncha", "Yoshlik", "Qalb koʻzi" jurnallari nashr etiladi. Harakatning negizi — boshlangʻich tashkilotlar boʻlib, ular mamlakatdagi barcha oʻquv muassasalari, mehnat jamoalari, shuningdek, Qurolli kuchlar, huquq-tartibot organlari tizimlarida yoshlarning xohish-irodasiga asosan tuziladi. Har bir boshlangʻich tashkilotning bir yilda bir marta oʻtkaziladigan umumiy hisobot yigʻilishida koʻpchilik ovoz bilan saylanadigan yetakchisi boʻladi. 2002 y. 1 aprelda jami boshlangʻich tashkilotlar soni 20.332 tani, ulardagi aʼzolar soni esa 4.369.066 nafarni tashkil etdi. Botir Ubaydullayev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref> == Manbalar == {{manbalar}} {{stub}}⏎ {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->⏎ ⏎ ⏎ {{stub}} All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=1686380.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|