Difference between revisions 1665391 and 2009886 on uzwiki

'''Jiz''' - semiz qo`ʻyning go`ʻshtidan tayyorlanuvchi taom go`ʻshtsevarlarning orzusidir. Eng mohirona tayyorlanadigan joyi - [[Chiroqchi tumani]]ning [[Samarqand viloyati]] bilan chegarasida joylashgan [[Umakay]] qishlog`ʻidagi choyxona. Choyxona, ayniqsa, yuk mashinalari haydovchilari o`ʻrtasida juda mashhur. Daraxt tagidagi supalarda bemalol oyoqlarni yozib ishtaha bilan tanovul qilishingiz mumkin. Yo`ʻl chekkasida joylashganligi uchun mashinalar shovqini biroz xalal bersa-da, taomning lazzati bu kabi kichik kamchiliklarni yopib yuboradi. [[24/7]] rejimida ishlaydigan bu choyxona, [[Qarshi]] - [[Samarqand]] yo`ʻlidagi eng ko`ʻp ziyorat qilinadigan maskanlardan biriga aylangan.

== Tayyorlanishi ==
Qo`ʻy go`ʻshti kichik, kubiksimon parchalarga bo`ʻlinib, o`ʻzining yog`ʻiga qovuriladi. Ustiga biroz piyoz tashlanib, xo`ʻrandalarga taqdim qilinadi. Bir qarashda juda jo`ʻn tuyilsa-da, go`ʻshtni qancha qovurish darajasini bilish haqiqiy oshpazlikni talab qiladi. Deyarlik, ko`ʻzingizning oldida so`ʻyilgan qo`ʻyning go`ʻshtidan qilingani uchun bu taom shahardagi choyxonalardagilaridan lazzatda ustun turadi.

Agar yozda tashrif buyursangiz, haqiqiy dasht [[chalob]]ini olib kelishlarini so`ʻrang. Ichiga ko`ʻkat tashlangan, dashtda har xil o`ʻt-giyohlarni yeb, yelinlari to`ʻlgan sigirning qaymog`ʻi olinmagan sutidan tayyorlangan chalobni ichsangiz yo`ʻlingiz tushsa, bu yerga kirmasdan ketmaydigan bo`ʻlib qolasiz.

== Mavzuga doir maqolalar ==
* [http://www.azu.uz/assorty/restoran/restoran_detail.php?ID=2244 Chiroqchi Jizi Haqida]

[[Turkum: Oʻzbek taomlari]]
[[Turkum: Chiroqchi]]