Difference between revisions 1913677 and 1968121 on uzwiki

BAHROM CHOʻBIN (? - [[592]]) - [[sosoniylar]] [[sulola]]sidan boʻlgan [[Xusrav I Anushirvon]] ([[531]] — [[579]]) va Hurmuzd IV (579 - [[590]]) ning [[sarkarda]]si. B. Ch. [[563]] — [[567]] y.lari [[sharq]]da [[eftaliylar]] va [[ashina]] [[turkiy xalqlar|turklar]]i bilan [[urush]] olib borgan. 60—70-y.larda [[Vizantiya imperiyasi|Vizantiya]] bilan olib borilgan urushlarda magʻlubiyatga uchragan. Xusrav I va Hurmuzd IV davrida bir qator [[maʼmuriyat|maʼmuriy]] [[islohot]]lar oʻtkazilib, badavlat aslzodalarning [[siyosat|siyosiy]] mavqei cheklab qoʻyildi. B. Ch. sarkardalikdan chetlatildi. B. Ch.ning mansabdai chetlatilishi katta qoʻzgʻolonga bahona boʻldi. U [[qoʻshin]] toʻplab, [[mamlakat]] [[poytaxt]]i [[Ktesifon]]ga qarab yurdi (590). Aynan shu vaqtda poytaxtda [[podshoh]]ga qarshi fitna uyushtirilib, Hurmuzd IV oʻddirildi, [[taxt]]ga uning oʻgʻli [[Xusrav II Parviz]] oʻtirdi. B. Ch. qoʻzgʻolonni davom ettirib, poytaxtii egʻalladi va oʻzini podshohdeb eʼloi qildi. Xusrav II Vi-zantiyaga, imperator [[Mavrikiy]] huzuriga qochdi va uning yordamida taxtni qayta qoʻlga kiritdi ([[591]]). B. Ch. turk [[xoqon|xo-qon]]i huzuriga qochib, tez orala oʻsha yerda oʻldirildi.

== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{bio-stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

{{OʻzME}}

[[Turkum:Kishilar]]
[[Turkum:Tarixiy shaxslar]]
[[Turkum:Eron tarixi]]
[[Turkum:592-yilda vafot etganlar]]
{{DEFAULTSORT:Choʻbin, Bahrom}}