Difference between revisions 1922890 and 1922903 on uzwiki

== Yangi yil bayrami ==

Yangi yilning birinchi kuni ananaviy ravishda bayram kuni hisoblanadi. Dunyodagi koʻpchilik xalqlar qatori Oʻzbekistonda ham bu kunni shod-xurramlik bilan qarshilaydilar.

== Vatan himoyachilari kuni ==

 O'zbekistonda ushbu bayram o'ʻz qurollantirish kuchlarni tashkil etishga bag`ʻishlangan. 1992 yil 14 yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi xarbiy o'ʻquv yurtlar va boshqa xarbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini [[O'zbekiston]] Respublikasi yurisdiktsiya qaramog`ʻiga o'ʻtishi to'g`ʻgʻrisida qarori qabul qilindi. Shunday qilib xususiy qurollantirish kuchlari tashkil etildi.1993 yilda 29 dekabrda 14 yanvar - — '''Vatan himoyachilari kuni''' deb e'ʼlon qilindi

== 8- mart xalqaro xotin qizlar kuni ==

'''Xalqaro xotin-qizlar kuni''' — [[go'zallik]], [[nafosat]] va [[latofat]] bayramidir. Oʻzbekistonda 8 martni onalar bayrami sifatida ham nishonlaydilar. Shu kuni onalar, opa-singillar va qizlarga oʻzbeklar alohida eʼtibor koʻrsatadilar, gullar va sovgʻalar taqdim etadilar.

== Navroʻz bayrami ==

(contracted; show full)

== Ramazon Xayiti ==

Hijriy taqvim boʻyicha [[Ramazon]] oyida 30 kunlik roʻza tutish nihoyasiga yetgach nishonlanadigan bayram. Shu kuni qariyalar, bemorlar borib koʻriladi, muhtojlarga yordam koʻrsatiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yildagi Farmoni bilan '''Ramazon''' va '''Qurbon''' haitlari dam olish kuni, deb eʼlon qilingan.

== Qurbon Xayiti ==


  Musulmonlar tomonidan nishonlanadigan dunyodagi eng katta diniy bayramlardan biridir. Bubayramning negizi,  o'g'oʻgʻlini Olloh yo'ʻlida qurbon qilishga tayyor bo'ʻlgan Payg'ʻambar Ibrohim bilan bog'ʻliq bo'ʻlgan tarihiy voqeaga taqaladi, shunda uning harakati Olloh tomonidan to'ʻhtatilib o'ʻrniga hayvon (qo'ʻy, tuya va boshqa jonliq) qurbon qilish buyuriladi. Bayram uch kun davom etadi va musulmonlar bu kunlarni oila va qarindoslar davrasida o'ʻtkazadilar. Bayram kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, muhtojlarga yordam beradilar. "Qurbon Xayiti"ning birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.

== Havolalar ==
# http://tarix.uz/category/milliy-bayramlar/
# http://namangan.uz/index.php/uz/milliy-bayramlar
# http://kitob.uz/view_data.php?id=2472#

== Manbalar ==
# www.http://namangan.uz/
# www.Ziyo.uz
# www.tarix.uz/
# www.tarix.uz/category/milliy-bayramlar/

[[Turkum:Bayramlar]]