Difference between revisions 2006097 and 2022558 on uzwiki[[Fayl:Bibi-Khanym Mosque (8145400614).jpg|thumb|]] [[Fayl:Samarkand bibi kanun.jpg|thumb|]] [[Fayl:SamarkandBibiKhanym.jpg|thumb|]] [[Fayl:Stamps of Uzbekistan, 2007-36.jpg|220px|right]] [[Fayl:Stamps of Uzbekistan, 2007-39.jpg|220px|right]] '''Bibixonim jome masjidi''' - [[Samarqand]]dagi [[meʼmorlik|meʼmoriy]] [[yodgorlik]] ([[1399]]—[[1404]]). [[Amir Temur]]ning katta xotini [[Bibixonim]] (asli Saroymulk xonim) [[nom]]i bilan bogʻliq. Amir Temur farmoni bilan [[qurilish|qurilgan]]. [[Masjid]]ni kurgan [[usta]] va [[meʼmor]]larning nomlari nomaʼlum. Masjid [[hovli]]sining sahni 63,8x76,0 m boʻlib, [[4 (son)|toʻrt]] tomondan [[ravoq]] va [[peshtoq|peshtok]]lar bilan oʻralgan. Uning umumiy sahni 167x109 m, burchaklarida baland [[minora]]lar boʻlgan. [[Zilzila]]lar taʼsirida astasekin yemirilib vayron boʻlgan, faqat shim.oli-gʻarbiy minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan, balandligi 18,2 m. [[Poydevor]]i [[xarsangtosh|harsang tosh]]dan, [[devor]]lari pishiq [[gʻisht]]dan ishlangan (qalinligi 4,5 m). Masjidning bir-biri bilan bogʻlangan 6 ta meʼmoriy boʻlaklari saqlanib qolgan. Bular hovlining toʻrida [[mehrob]]li va baland peshtoqli [[bino]], ikki yonida uning kichik [[nusxa]]si, poyida masjidning ikkiga boʻlingan peshtoqi va shim.oli-gʻarb tomonda minoradir. Ilgari bu boʻlaklar 3 qator oq [[marmar]] [[ustun]]li, yengil ravoqli [[bostirma]][[ayvon]]lar bilan birlashgan va ular tepasida [[gumbaz]]chalar (400 ta) boʻlgan. Ustunlar 480 ta (oraligʻi 3,5 m) boʻlib, tagkursili, tanasi [[oʻyma]] [[naqsh]], tepasi kalla [[muqarnas]]lar bilan [[bezash sanʼati|bezalgan]] (ular [[tuproq]] ostiga kumilib ketgan, arxeologik qidiruv ishlari natijasida ustunlar, tagkursilar va mayda [[kosa]]chalardan iborat muqarnasli ustun qoshi topilgan). Hovlining h(contracted; show full)stidagi lavhada masjidning qurilgan yili va Amir Temur [[shajara]]si yozilgan (1897 yilgi zilzilada katta peshtoq ravogʻi qulab tushgan). [[Qoʻsh (uslub)|Qoʻsh]] [[tabaqa (qator)|tabaqa]]li darvoza [[7 (son)|yetti]] xil metall [[qotishma]]si— "hafti jush"dan yasalgan (keyinchalik yoʻqolib ketgan). Peshtoqning yon [[qanot]]larida ikkita aylanma [[zina]] boʻlgan. Zinadan yuqoriga—kungura ravoqli maydonchaga chiqilib, undan minoraga oʻtilgan. Peshtoqning keng yuzasi jilvali [[koshin]]lar, rangbarang , [[qalqon]] shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan (hozir peshtoqning koshinlari tushib ketgan. Peshtoqning saqlanib qolgan qismi yorilib, devordan ajralib qolgan). Masjidning asosiy ([[mehrob]]li) binosi Amir Temur zamonasining meʼmoriy [[uslub]]lari haqida toʻliq [[tasavvur]] beradi. [[Sharafuddin Ali Yazdiy|Sharafiddin Ali Yazdiy]]ning "Agar osmon gumbazi boʻlmaganda masjid gumbazi olamda yagona boʻlar edi", degan [[mubolagʻa]]si bejiz emas. Asosiy binoning old tomonida peshtoq, markazida ravoq va burchaklarida ikkita koʻp qirrali minora bor. Peshtoq orqasidagi [[xona]] oddiy, ammo salobatli [[handasa|handasiy]] shakllar yigʻindisi ([[kub]]simon [[prizma]], xonaning sakkiz qirrali qismi ustiga tushgan poygumbaz va gumbaz)dan iborat. Kubsimon prizma binoning asosiy hajmi boʻlib, tomonlari 14,6 m ga teng . Uning ustida xona devorlari boʻylab oʻtuvchi ravoqlardan iborat 8 qirrali prizma bor. Gumbazning [[doira (shakl)|doira]]li asosiga poygumbaz tutashtirilgan. Poygumbaz [[sirt]]iga Qurʼon [[oyat]]lari bitilib, usti [[feruza]] koshinlar bilan [[pardozlash|pardozlangan]] gumbaz bilan berkitilgan ([[qoldiq|qoldigʻi]] koʻrinib turibdi). Uning kirish tomonlari ham bosh peshtoq kabi rangbarang koshinlar bilan qoplangan, [[sopol]] gʻishtchalar yotiq, sirlangan rangli gʻishtchalar tik terilgan. Asosiy naqsh shaklla(contracted; show full) Oʻzbekiston [[mustaqillik]]ka erishgandan soʻng [[Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti|Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti]] [[Islom Karimov]] tashabbusi bilan oʻtmishimizning boshqa meʼmoriy yodgorliklari qatori Bibixonim jome masjidi m. ni tiklashga alohida eʼtibor berildi. [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi|Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi]]ning "Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash" haqidagi qarori (1994 yil 29 dek .abr)ga binoan meʼmoriy majmuada taʼmir ishlari olib borilmoqda.<br> == Bibixonim jome' masjidi tarixi == XIV-XV asrlarda Movoraunnahrda, temuriylar davrida obod poytaxtga ega bo‘lgan, kuchli davlat yuzaga keldi. Samarqandda yirik qurilish ishlari avj oldi. Unda Sharq xalklarining me’morchilik tajribasi va xalq an’analari mujassamlashgan edi.<br> Amir Temur jome’ masjidi Markaziy Osiyoda eng yirik inshootlardan biri hisoblanadi. <br> (contracted; show full)* Zohidov P., Temur davrining meʼmoriy qahkashoni, T., 1996. * [[Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi]] - SAMARQANDNING TARIXIY OBIDALARI VA MUZYeYLARI BO‘YIChA EKSKURSIYa MATNLARI, 2010 {{Samarqanddagi diqqatga sazovor joylar}} {{OʻzME}} [[Turkum:Oʻzbekiston meʼmoriy yodgorliklari]] [[Turkum:Samarqand]] All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=2022558.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|