Difference between revisions 2158648 and 2158952 on uzwiki

[[File:Alihantora Sog'uniy.jpg|thumb|right|200px|Alixontoʻra Sogʻuniy]]
'''Alixontoʻra Shokirjon oʻgʻli''' [[1885]]-yilning mart oyida [[Qirgʻiziston|Qirgʻiziston Respublikasining]] [[Toʻqmoq shahri (Qirgʻiziston)|Toʻqmoq shahrida]] tavallud topgan.

= ALIXONTOʻRA =
'''ALIXONTOʻRA Shokirxoʻja oʻgʻli''' (taxallusi Sogʻuniy; 1885. 21.3, Toʻqmoq — 1976.28.2, Toshkent) — din va jamoat arbobi, ulamo. Arabiston (Madina)da va Buxoro madrasalarida tahsil oldi. Chor maʼmuriyatining yerli aholini mardikorlikka olish siyosatiga qarshi chiqqanligi uchun podsho maxfiy politsiyasi taʼqibida boʻldi. 1916-y. qoʻzgʻoloni shafqatsizlarcha bostirilgach siyosiy muhojir boʻlib Qashqar (Xitoy)ga ketdi, keyin Sharqiy Turkiston (Gʻulja sh.)ga bordi. Omma orasida hurriyat gʻoyalarini targʻib q(contracted; show full)Alixontoʻraning «Devoni Sogʻuniy» sheʼriy toʻplami, «Tarixi Muhammadiy», «Shifo ul-ilal» («Xastaliklar davosi») va b. asarlari bor. A. tarixiy meʼmorlik obidalari va qad. qoʻlyozmalarni saqdab qolishda jonkuyarlik qilgan. Toshkentdagi Shayx Zayniddin bobo qabristoniga dafn etilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Alixontoʻraning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi oʻrta maktabga, Chilonzor tumanidagi mahallaga, Shayxontohur tumanidagi koʻchaga uning nomi berildi.


As: Tarixi Muhammadiy, 2 jild, T., 1991; Tarixi Muhammadiy [2-nashri], T., 1997. Ad.: Vatan tuygʻusi (toʻplam), T., 1997.

== Chor Ruossiyasi bilan kurashi ==


Chor ma'muriyatining yerli aholini mardikorlikka olish siyosatiga qarshi chiqqanligi uchun podsho maxfiy politsiyasi ta'qibida boʻldi. [[1916-yil]]i qoʻzgʻoloni shafqatsizlarcha bostirilgach siyosiy muhojir boʻlib Qashqar (Xitoy)ga ketdi, keyin Sharqiy Turkiston (G’ulja shahri)ga bordi. Omma orasida hurriyat gʻoyalarini targʻib qilganligi sababli [[1937-yil]]i Xitoy ma'murlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. [[1941-yil]]i adliyaviy taftish natijasida ozod qilindi. [[1944-yil]] 12-noyabrda [[Sharqiy Turkiston]] jumhuriyati e'lon qilinib, Alixontoʻra Muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylandi. Milliy qoʻshin tashabbuskori boʻldi va unga qoʻmondon etib tayinlandi. [[1946-yil]] iyunda shoʻro aygʻoqchilari tomonidan maxfiy ravishda tazyiq bilan Gʻuljadan olib chiqib ketilgan Alixontoʻra umrining oxirigacha Toshkentda yashadi.

Ahmad Donishning «[[Navodir-ul vaqoe]]», Darvish Ali Changiyning «[[Musiqa risolasi]]», shuningdek «[[Temur tuzuklari]]» kabi asarlarni tarjima qildi. Alixontoʻraning «[[Devoni Sogʻuniy]]» she'riy toʻplami, «[[Tarixi Muhammadiy]]», «[[Shifo ul-ilal]]» («Xastaliklar davosi») va b. asarlari bor. 
Alixontoʻra tarixiy me'morlik obidalari va qadimiy qoʻlyozmalarni saqlab qolishda jonkuyarlik qilgan. Toshkentdagi Shayx Zayniddin bobo qabristoniga dafn etilgan.

== Uygʻur davlatiga koʻrsatgan hizmatlari ==
{| class="wikitable"
|-
! [[O`zbek imomlari|Oʻzbek imomlari]]
|-
|*Alixontoʻra Sogʻuniy     *[[Shayh Ziyovuddin Boboxon]]    *[[Abduvaliy Qori]]   *[[Shayh Muhammad sodiq Muhammad Yusuf]]   *[[Shayh Eshon Boboxon]]  *[[Obidxon Qori Nazarov]]    * [[Fozil Qori]]  *[[Abdulaziz Qori]]    * [[Xakimjon Qori]] * [[Rahmatullo Allomma]] *
|}

== Havolalar ==
# [http://www.ozodlik.org/content/article/24499231.html Oʻzbek imomlari]
# [http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=4963&Itemid=217 Ziyo sayti]
# [https://archive.is/20121202081230/www.facebook.com/pages/Alixontora-Soguniy/406143022736533]
# [http://www.saigonnezumi.com/2009/07/07/alikhan-tura-uyghur/#alikhantura/]

== Adabiyotlar ==
* Tarixi Muhammadiy, 2 jild, T., 1991; Tarixi Muhammadiy [2-nashri], T., 1997. Ad.: Vatan tuygʻusi (toʻplam), T., 1997.