Difference between revisions 2209119 and 2559592 on uzwiki

'''Arshi aʻlo''' ([[Arab tili|arab.]] taxt) - [[buyuk]] [[taxt]]. [[Aqoid]] ilmi [[ulamo]]lari fikri, oyat hamda hadislarga koʻra, Arsh oyoqlari bor taxt boʻlib, uni farishtalar koʻtarib turadi. U bbbbbbrbxuddi olam ustidagi kubbaga oʻxshash. U maxluqotlarning shiftidir. Alloh taoloning A.ga ehtiyoji 
yoʻq, balki uni Oʻzi bilgan hikmat uchun yaratgandir. Arsh faylasuflar aytganidek falak 
emasdir. Ular Arshni toʻqqizinchi falak yoki atlas falaki deyishgan. Arablar Arshni hech qachon 
bu maʻnoda ishlatmaydilar. Alloh taolo Arshga barobar boʻlib, uning ustida turgani unga 
muhtojligidan emas. [[Alloh]] bundan oliy va ulugʻdir. U oʻz qudrati ila oʻzidan pastdagi Arshni, 
uni koʻtarib turuvchilarni va undagi narsalarni koʻtarib turuvchidir. Shuningdek, Alloh 
Arshni va undagi narsalarni ihota qiluvchidir. Arsh Allohning qudrati ostida chegaralangan va 
Unga muhtojdir. Qurʻoni Karim oyatlarida Arsh toʻgʻrisida 23 joyda bayon etilgan. 

{{Islam-stub}}