Difference between revisions 2434888 and 2441554 on uzwiki{{Infobox stadium | name = {{bayroq|Uzbekistan}} Bunyodkor Stadioni | nickname = Bunyodkor Stadioni | image = [[Fayl:Bunyodkor stadium1.jpg|300px]] | fullname = | location = {{bayroq|Uzbekistan}} [[Oʻzbekiston]], [[Toshkent]] | broke_ground = 13-noyabr 2008-yil | built = 2012-yil (contracted; show full) 120 oʻrinli Bolalar-oʻsmirlar futbol maktabida esa xuddi shuncha oʻrinli yotoqxona korpusi va ovqatlanish boʻlimi, suzish havzasi, mashq qilish va sport zali, tibbiyot markazi bor. Bunyodkor stadionida respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda tadbirlari, Toshkent shahri aholisi, ayniqsa bolalar, oʻsmirlar va yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan. == Tarixi == Stadion qurilishi 2009-yilda boshlangan. Stadionning ilk poydevorini qo ‘ʻyishda Ispaniyaning “[[Barselona (futbol klubi)|Barselona]]” futbol klubining o‘ʻsha paytdagi prezidenti Joan Laporta va [[Oʻzbekiston|O‘zbekiston]] futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov ishtirok etgan. Stadion qurilishi 2012 -yil avgust oyida yakunlangan. Stadionning ochilishi, 2012-yil 28-sentabrda O‘ʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – [[Islom Karimov]] ishtirokida o‘ʻtkazilgan, shuningdek, muxlislar va tomoshabinlar bilan to‘ʻla bo'lgan. Stadionning tantanali ochilishi taniqli o‘ʻzbek estrada xonandalarining kuy-qo‘ʻshiqlari bilan bo'lgan, shuningdek, Toshkentning “[[Bunyodkor PFK|Bunyodkor]]” va “[[Paxtakor (futbol klubi)|Paxtakor]]” futbol klublari o‘ʻrtasida o‘ʻrtoqlik uchrashuvi bo‘ʻlib o‘ʻtgan. Stadionning ochilishi O‘ʻzbekiston futbolining 100 yilligiga to‘g‘ʻgʻri kelgan. 2018-yil 11-iyunda FAU Ijroiya qo'mitasining qarori bilan nom "Milliy" ga o'zgartirilgan. == Tavsifi == Stadion [[Toshkent|Toshkent shahri]], Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘ʻchasida joylashgan. Milliy Stadioni - 34 000 tomoshabinga moʻljallangan, ikki qavatli va 50 dan ortiq sektorga ega. VIP (taxminan 50 o'rin / kabina) va CIP (700 o'rinli) qutilari mavjud. Nogironlar aravachasida foydalanuvchilar uchun bir necha o'nlab joylar mavjud. Stadionda restoran va kafe-barlar, tez ovqatlanish korxonalari, hojatxonalar, fitnes klublari va boshqa ob'ektlar va punktlar mavjud. Ikkita yirik monitor, zamonaviy yoritish tizimi – 3000 lyuks, zamonaviy audiotizim, futbolchilar va jamoa a’zolari uchun to‘ʻrtta kiyim almashtirish xonasi, konferensiya zali va boshqa yordamchi xonalar va jihozlar mavjud. Stadion ostida 350 ta mashinaga mo‘ʻljallangan avtoturargoh mavjud. Shuningdek, stadion hududida “O‘ʻzbekiston futboli tarixi muzeyi” joylashgan bo‘ʻlib, unda “Bunyodkor” futbol klubining kuboklari, shuningdek, futbolga oid boshqa buyumlar, fotosuratlar va ko‘ʻrgazmalar taqdim etilgan. Stadion maydoni zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradi. Maydonning o'lchami 105 ga 68 metrni tashkil qiladi. “Milliy” stadioni majmuasi 37 gektar maydonni egallab, asosiy stadiondan tashqari yana yettita zamonaviy maydonga ega. Shuningdek, majmua hududida bolalar va o‘ʻsmirlar futbol maktabi, suzish havzasi va boshqa sport inshootlari hamda boshqa infratuzilma ob’ektlari joylashgan. Kechqurun stadion fasadini “Sharq alangasi” deb nomlangan yoritish tizimi yoritadi. == Suratlar == <gallery> Fayl:Bunyodkor stadium.jpg Fayl:Bunyodkor stadium2.jpg Fayl:Bunyodkor stadium3.jpg Fayl:Bunyodkor stadium4.jpg Fayl:Bunyodkor stadium from above.jpg </gallery> == Manbalar == {{manbalar}} == Havolalar == * {{Web manbasi|url=https://olympic.uz/ru/8351|title=Стадион “Бунёдкор” переименован в “Миллий”|website=Olympic.uz|accessdate=2021-12-11|deadlink=no}} == Tashqi havolalar == {{commonscat|Bunyodkor Stadium}} [[Turkum:Oʻzbekiston stadionlari]] [[Turkum:Oʻzbekistondagi imoratlar]] All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=2441554.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|