Difference between revisions 3223155 and 3223274 on uzwiki

[[Tasvir:Antoine de Saint-Exupéry.jpg|250px]]

'''Antuan''' [[1900]] -yil]]da [[Fransiya]]ning [[Lion]] shahrida, qadimiy aristokrat oilasida dunyoga kelgan. U yoshlik chogʻlarida juda shoʻx, oʻta qiziquvchan boʻlib, oʻchoqdagi yonib turgan olovga qarab soatlab xayol surishni sevgan. Tonio (ota-onasi uni shunday atashgan) 10 yoshida [[Man (shahar)|Man shahrida]] kollejda, keyin [[Shveytsariya]]da va Parijtsa oʻqigan. 12 yoshida mashhur frantsuz uchuvchisining samolyotida osmonga chiqib, uchuvchi boʻlishni orzu qiladi. [[1919|1919  -yilda]] Antuan Parijdagi San’at maktabining arxitektura boʻlimiga oʻqishga kirib, ikki yildan soʻng, [[1921|1921  -yilda]] armiya safiga chaqiriladi (bu vaqtda birinchi jahon urushi bormoqda edi). [[1926|1926  -yilda]] Antuan de Sent-Ekzyuperi «Latekaer» aviakompappyassha ishga qabul qilinadi. U ikkinchi jahon urushi yillarida [[1944|1944 yil]] [[31-iyun|31  -iyunda]] bazaga qaytib kelmaydi. Uning qachon va qaerda halok boʻlganligi soʻnggi kunlargacha sir boʻlib keldi. [[2004|2004  -yilning]] [[bahor]]ida [[Atlantika okeani]]ning [[Ispaniya]] qirgʻoqlariga yaqin joyda «Layting - 38» ning ayrim parchalari topildi. Demak, samolyot Sardiniyadagi harbiy havo bazasiga qaytishda urib tushirilgan yoki halokatga uchragan ekan.

Uchuvchi yozuvchidan «Janubiy pochtachi» (1928), «Kichkina shahzoda» (1942), «Tungi uchish» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuvchi» (1942) va tugallanmay qolgan «Qal’a» kabi asarlar qolgan.
*[http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1287&Itemid=314 Ziyo sayti]
*[http://old.marifat.uz/uzbl/xalqaro_hayot/abadiyat_sari_parvoz.mgr] {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20160305061321/http://old.marifat.uz/uzbl/xalqaro_hayot/abadiyat_sari_parvoz.mgr |date=2016-03-055-mart 2016-yil }}

{{commons}}
{{DEFAULTSORT:Saint-Exupery, Antoine}}
[[Turkum:Fransuz adabiyoti]]
[[Turkum:1900-yilda tugʻilganlar]]