Difference between revisions 491699 and 491701 on uzwiki

Mohir tarjimon va adiv Saʼdulla Karomatov 1928 yilda Buxoroda tug‘ildi. Oʻrta maʼlumotni ham shu yerda oldi 1949 yilda Oʻrta Osiyo Davlat dorilfununining filologiya fakultetini tugatgach, Oʻzbekiston Radiosida ishladi.

Saʼdulla Karomatovning jurnalistik faoliyati 1954 yildan   boshlandi. 60-yillarda ro‘znoma sahifalarida u ocherknavis sifatida ko‘rindi. 1963 yilda esa uning yirik janr dagi birinchi nasriy asari - “ — „Togʻlar tabassumi» nomli hujjatli qissasi yozildi. Soʻng Amuning zar kokillari, Goʻzallik ramzi, Kumush kamar kabi ocherklar toʻplamlari bosmadan chiqdi.

Keyingi   yillarda   «Bir   tomchi   qon»   (1968), Togʻ goʻzali (1968), Hijron (1969), “E’„Eʼtiqod (1970) qissalalri bosilib chiqdi. Bu asarlar 1971—1973 yillarda rus kitobxonlariga ham yetib bordi.

So‘nggi yillarda geologlar hayotidan olib yozilgan Oltin qum va cho‘llarii o‘zlashtirayotganlarga bag‘ishlangan «So‘nggi barxan» romanlarini yaratdi. Saʼdulla Karomatov Jyul Vernning «Suv ostida 8000 mill», turkman yozuvchisi Qilich Kulievning «Qora karvon»   romanlarini,     eron     yozuvchilarining     hikoyalar toʻplamlarini,     tojik     yozuvchisi         Yusuf     Akobirovning Tegirmon   to‘xtagach qissasini   o‘zbek   tiliga     tarjima qildi. Yozuvchi Vadim Kojevnikovning «Peshin chog‘i kungay tomonda» degan romanini ham o‘zbek tiliga o‘girgan. Saʼdulla Karomatovga Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni berilgan. Adib 1986 yili Toshkentda vafot etdi.    

==   Adabiyotlar ==
[http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=861&Itemid=210 ]