Difference between revisions 491731 and 491732 on uzwiki

{{wikify}}
Tarjimon va adib '''Saʼdulla Karomatov''' 1928 yilda [[Buxoro]]da tug‘ildi. Oʻrta maʼlumotni ham shu yerda oldi 1949 yilda Oʻrta Osiyo Davlat dorilfununining filologiya fakultetini tugatgach, Oʻzbekiston Radiosida ishladi.

Saʼdulla Karomatovning jurnalistik faoliyati 1954 yildan boshlandi. 60-yillarda ro‘znoma sahifalarida u ocherknavis sifatida ko‘rindi. 1963 yilda esa uning yirik janr dagi birinchi nasriy asari — „Togʻlar tabassumi“ nomli hujjatli qissasi yozildi. Soʻng „Amuning zar kokillari“, „Goʻzallik ramzi“, „Kumush kamar“ kabi ocherklar toʻplamlari bosmadan chiqdi.

Keyingi yillarda „Bir tomchi qon“ (1968), „Togʻ goʻzali“ (1968), „Hijron“ (1969), „Eʼtiqod“ (1970) qissalalri bosilib chiqdi. Bu asarlar 1971—1973 yillarda rus kitobxonlariga ham yetib bordi.

So‘nggi yillarda geologlar hayotidan olib yozilgan „Oltin qum“ va cho‘llarii o‘zlashtirayotganlarga bag‘ishlangan „So‘nggi barxan“ romanlarini yaratdi. Saʼdulla Karomatov Jyul Vernning „Suv ostida 8000 mill“, turkman yozuvchisi Qilich Kulievning „Qora karvon“ romanlarini, eron yozuvchilarining hikoyalar toʻplamlarini, tojik yozuvchisi Yusuf Akobirovning „Tegirmon to‘xtagach“ qissasini o‘zbek tiliga tarjima qildi. Yozuvchi Vadim Kojevnikovning „Peshin chog‘i kungay tomonda“ degan romanini ham o‘zbek tiliga o‘girgan. Saʼdulla Karomatovga Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni berilgan. Adib 1986 yili Toshkentda vafot etdi.

== Adabiyotlar ==
[http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=861&Itemid=210 ]