Difference between revisions 525674 and 1235178 on uzwiki

{{Shaxsiyat
|ismi            = Benazir Bhutto
|asl ismi        = بینظیر بھٹو
|portret         = Benazir Bhutto.jpg
|eni             = 200px
|tavsif          = {{flagicon|Pakistan}} siyosatdoni
|tavallud sanasi = {{birth date|1953|6|21}}
|tavallud joyi   = [[Karachi]], [[Pokiston]]
|vafot sanasi    = {{death date and age|2007|12|27|1953|6|21}}
|vafot joyi      = [[Ravalpindi]], [[Pokiston]]
}}
'''Benazir Bhutto''' ([[IPA]]: [beːnɜziːr bʰʊʈʈoː]; {{Lang-ur|'''بینظیر بھٹو'''}}, {{Lang-sd|بینظیر ڀُٽو}};[[1953]] -yil[[21 iyun]]da [[Karachi]]da tugʻilgan; [[2007]] yili [[27 dekabr]] kuni [[Rawalpindi]] shahrida vafot etgan<ref>[http://www.rambler.ru/news/terror/terrorism/11911330.html Беназир Бхутто скончалась]</ref>) [[Pokiston]]lik  [[siyosatchi]]. Bhutto sobiq koloniya  boʻlgan Musulmon davlatini boshqarish  uchun saylangan birinchi ayol hisoblanadi. U ikki marta [[Pokiston]] Bosh Vaziri lavozimiga saylangan. Ilk bor [[1988]]-yilda oʻz lavozimiga  kirishib, ammo 20 oy oʻtgach oʻsha  paytdagi prezident [[Gʻulom Isʼhoq Xon]]  farmoniga koʻra [[korrupsiya]]da  ayblanib, mansabidan olib tashlangan. [[1993]]-yilda Bhutto qayta saylangan  boʻlsada,[[1996]]-yilda ayni ayblovlarga  koʻra prezident [[Farux Legʻari]] tomonidan lavozimidan boʻshatilgan. Bhutto [[1998]]-yildan [[2007]]-yilning  [[18 oktyabrida]], General [[Parvez Musharraf|Musharraf]]  bilan oʻzaro kelishuvi natijasida  unga [[amnistiya]] eʼlon qilinib, barcha  ayblovlar olinib, [[Pokiston]]ga  qaytgunicha [[Dubay]]da surgunlikda hayot kechirdi. 

U sobiq bosh vazir, [[Pokiston]]lik Sindhi , [[Zulfikar Ali Bhutto]]  hamda [[Pokiston]]lik Eroniy-Kurd kelib chiqishiga ega [[Begum Nusrat Bhutto|Begum ("Xonim, Begim")Nusrat  Bhuttolarning]] to'ng'ich farzandidir.  Uning ota tarafidan buvasi  [[Hindiston]]ning [[Haryana]] shtatida  joylashgan [[Bhatto Kalan]] shahridan  [[Larkana Sindh]] shahriga kelgan [[Sir Shah Nawaz Bhutto]] hisoblanadi. Bhutto hamda  turmush o'rtog'i [[Asif Zadari]], o'z  jiyani - Fatima Bhutto va boshqalar  tomonidan Bhuttoning akasi Murtaza Bhuttoning 1996 yilgi o'limida javobgar deya ayblanishadi.
== Ta'lim va shaxsiy hayot ==
Bhutto [[Karachi]]da [[Lady Jennings Nursery School]] hamda keyinroq [[Convent of Jesus and Mary]]'da tahsil olgan.  [[Rawalpindi Presentation Convent]]dagi ikki yillik o'qishdan so'ng, u  [[Murree]]ga [[Jesus and Mary Convent]]ga  yuboriladi. U o'zining [[O-daraja imtihoni]]dan 15 yoshida o'tgan.

Dastlabki ta'limini [[Pokiston]]da olgan Bhutto, o'zining yuqori darajalariga [[AQSh]]da erishgan. [[1969]]-yildan [[1973]]-yilgacha [[Radcliffe kolleji]];keyinroq qiyosiy hukumat sohasida [[cum laude]] bo'lib [[B.A]] darajasini olgan [[Garvard Universiteti]]da tahsil oldi. U yana [[Phi Beta Kappa]]ga ham saylangan.
Ta'lim olishning keyingi pallasi [[Birlashgan Qirollik]]da kechdi. [[1973]]-[[1977]]-yillar oralig'ida Bhutto [[Falsafa]], [[Siyosat]] va [[Iqtisodiyot]] fanlarini [[Lady Margaret Hall]], [[Oksford]]da o'qidi. Oksforddaligida [[Xalqaro Huquq]] va [[Diplomatiya]] kursini ham tugatgan. [[1976]]-yil Dekabrida u [[Oksford Uyushmasi (Oxford Union)]] prezidenti sifatida saylanib, nufuzli debat uyushmasini boshqarayotgan birinchi [[Osiyo]]lik ayol bo'ldi. [[1987]] yil [[18 Dekabr]] [[Karachi]]da u [[Asif Ali Zardari]]ga turmushga chiqdi. Ularning uch nafar farzandlari - Bilawal, Bakhtwar va Aseefa bor.

== Oila ==
Benazir Bhuttoning otasi, sobiq Bosh Vazir [[Zulfikar Ali Bhutto]], [[1975]] yilda keyinchalik Benazir Bhuttoga nisbatan qo'yilgan kabi ayblovlar bilan ishdan bo'shatilgan edi. Keyinroq, [[1977]] yilda dissident siyosatchi [[Ahmed Raza Kasuri]]ning 
otasini o'ldirilishida ishtirok etganlikda ayblanib, Zulfikar Ali Bhutto o'limga hukm qilingan. Jamoat tomonidan "keng tarzda 
shubhalanilishiga" hamda chet el liderlarining qarshiliklariga qaramasdan, Zulfikar Ali Bhutto [[1979]]-yil [[4 Aprel]]da dorga osish orqali qatl qilindi. Ayblovlarni qayta ko'rib chiqish uchun bo'lgan barcha appellyatsiyalar o'sha paytdagi prezident [[Muhammad Zia-ul-Haq]] tomonidan qaytarildi. 
Benazir Bhutto va uning onasi  Zulfikar Bhuttoning qatl etilishidan keyin, May oyining oirigacha "politsiya mahkamasi"da ushlab turildi. [[1980]]-yilda, Benazir Bhuttoning akasi Shahnawaz [[Fransiya]]da shubhali holatda o'ldirildi. Boshqa bir akasi, Mir Murtazaning [[1996]]-yilda o'ldirilishi, Bhuttoning Bosh Vazir sifatidagi ikkinchi muddatining notinch bo'lishiga sabab bo'ldi. 

== Bosh Vazir ==
O'qishni bitirib [[Pokiston]]ga qaytib kelgan Bhutto, otasinig qamoqqa olinishi va keyinchalik qatl etilishiga aloqali ravishda, uy hibsi (arrest)da saqlandi. [[1984]]-yilda [[Birlashgan Qirollik]]ka qaytib kelishga ruhsat olgan Bhutto otasining partiyasi, [[Pokiston Xalq Partiyasi (PXP)]]ning surgundagi lideri bo'lib olgan bo'lsada, [[Pokiston]]da o'z siyosiy kuchini  [[General Muhammad Zia-ul-Haq]] o'limiga qadar ko'rsata olmadi. 
[[1988]]-yil [[16 Noyabr]]da, bir dekadadan uzoqroq davom etgan vaqt oralig'idagi birinchi ochiq saylovlarda, Benazirning [[PXP]]si [[Milliy Assambleya]]da eng ko'p o'rinlarni egalladi. [[2 Dekabr]]da koalitsiyon hukumatning Bosh Vaziri sifatida ishga kirishgan Bhutto, 35 yoshida eng yosh hamda hozirgi kundagi Musulmon ko'pchilikni tashkil etadigan davlat hukumatini boshqarayotgan birinchi ayol kishi bo'ldi. O'sha yilning o'zida [[People Magazine]] Bhuttoni eng chiroyli 50 ta kishi ro'yxatiga qo'shdi. Bhuttoning hukumati [[1990]] yilda [[korrupsiya]] ayblovlariga ko'ra tarqatib yuborildi. Zia'ning davomchisi [[Nawaz Sharif]] hukumat tepasiga keldi. Bhutto [[1993]] yilda qayta saylandiyu, lekin uch yil o'tgach yana corrupsiya atrofidagi janjallar tufayli prezident [[Farooq Leghari]] tomonidan 8-O'zgartirish asosida, hukumatni tarqatib yuborish  orqali, yana ishdan bo'shatildi. 
Benazirga nisbatan tanqid asosan [[Punjab]] elitasi hamda kuchli mahalliy oilalar tomonidan uning mahalliy feodallarni mamlakatni parokandalikka olib kelayotganlikda ayblab, [[Pokiston]]da milliy reforma o'tkazish haqidagi fikrlariga nisbatan bildiriladi.

== Musharraf diskvalifikasiyasi ==

[[2007]]-yil [[17 sentyabr]]da Benazir Bhutto [[Pervez Musharraf]]ning kuchlari demokratik islohotlar va davlatni o'zaro bo'lishib boshqarishga qilayotgan qarshiliklari Pokistonni [[krizis]]ga olib kelayotganlikda ayblagan. Oliy Sudning 9 a'zosidan iborat panel Musharrafning mamlakat prezidentligiga noloyiq ekanligini da'vo qiluvchi 6 ta arizani (shu jumaladan [[Pokiston]]ning eng katta 
Islomiy guruhi [[Jamaat el-Islam]]ining arizasi ham)ko'rib chiqdi. Bhutto o'z partiyasining biror oppozitsion partiyalardan biriga, [[Nawaz Sharif]] partiyasiga qo'shilishi mumkinligini ta'kidladi. 

== Ayollar borasidagi siyosat ==
Saylov kampaniyalari davomida Bhutto hukumati ayollarning ijtimoiy va sog'lik masalalari, shu jumladan ularga nisbatan [[diskriminatsiya]] borasidagi havotirlarini ovoza qilishdi. Bhutto ayollar politsiya mahkamalari, sudlari va ayollar rivojlanish banklarini tashkil etish borasidagi rejalarini e'lon qildi. Ushbu va'dalarning berilishiga qaramasdan, Bhutto ayollar turmush tarzini yaxshilaydigan hech bir qonunchilikni ilgari surmadi. O'zining saylov kampaniyasi davomida ayollar huquqlarini buzuvchi ziddiyatli qonunlar ([[Hudood]] va [[Zina]] kabi buyruqlar)ni bekor qilishga va'dalar bergan. Biroq, uning partiyasi hukumatda turgan vaqtlarida ham, oppozitsiya tomonidan bo'lgan kuchli bosim tufayli, bergan va'dalarini to'liq bajara olmadi.
Bosh Vazir sifatida ishdan olinganidan keyingina, Musharraf davrida uning partiyasi Zina'ni bekor qilish to'g'risidagi qonunchilikni 
qabul qilish tashabbusini ko'rsatishdi, lekin bu taklif o'sha paytda qonunchilikda katta kuchga ega diniy, o'ng qanot partiyalari qarshiliga uchrab, yengildi.

== Tolibonlar borasidagi siyosat ==
[[Tolibonlar]] [[1996]]-yil Sentyabrida [[Qobul]]da hukumattepasiga kelishdi. Tolibonlarning [[Afg'oniston]]da mashhurlahuvi, Bhuttoning hukumat tepasidagi davrlarga to'g'ri keldi. Stephen Collning aytishiga ko'ra, Bhutto Tolibonlarni Afg'onistonni barqarorlashtiruvchi hamda 
[[Markaziy Osiyo davlatlari]] bilan savdo-sotiqni yo'lga qo'yuvchi kuch sifatida qaragan. Ushbu muallif Bhutto hukumatining Tolibonlarni harbiy va moliyaviy tomondan qo'llab quvvatlagani, hatto kichik [[Pokiston]] harbiy qo'shinini yuborganligini ta'kidlaydi. Yaqinda Bhutto 
Tolibonlarga qarshi pozitsiyaga o'tib, Tolibonlar va ularning qo'llab quvvatlovchilari tomonidan amalga oshirilgan [[terroristik akt]]larni qoraladi.

== Surgun ==
O'sha paytdagi prezident tomonidan korrupsiyada ayblangan Bhutto hukumati Oktyabr saylovlarida mag'lubiyatga uchradi. [[Nawaz Sharif]] hukumat tepasida bo'lgan kelasi uch yil davomida, Bhutto oppozitisya lideri bo'lib turdi. [[1993]] yil Oktyabrida yana saylovlar o'tkazilib, [[PXP]] koalitsiyasi g'olib bo'ladi va Bhutto hukumatga qaytib keladi. [[1996]] yilda hukumat yana bir bor korrupsiya ayblovlari tufayli tarqatildi.

== Pokistonga qaytish va hayotiga tajovuz ==
[[Dubay]] va [[London]]da sakkiz yillik surgundan keyin, Bhutto Karachiga [[2007]] yilning 18 oktyabrida 2008 yilgi milliy saylovlarga tayyorlanish uchun qaytib keldi. 2007 yil 18 oktybar kuni, Bhutto [[Jinnah International Airport]]ga qo'nib, uni tark ketganidan biroz o'tgach, Karachiga ketish yo'lida ikkita portlash sodir bo'ldi. U bundan zarar ko'rmagan bo'lsada, keyinchalik aniqlanishicha [[suisid bomba atakasi]] bo'lgan bu portlashlar natijasida 136 kishi halok bo'lib, 450 tasi yaralandi. Qurbon bo'lganlar orasida Bhutto ekipajini havfdan saqlash uchun o'z tanalari bilan o'rab olgan PXPning qo'riqchilaridan kamida 50 tasi hamda 6 ta politsiya offiserlari tashkil etadi. Bhutto voqea joyidan hech qanday zararsiz olib ketiladi. Bhutto keyinchalik [[Pokiston]] hukumatini suisid 
bomba hujumlari bo'lishi haqida ogohlantirganligini ta'kidlab o'tgan. 
== Bhutto oʻlimi ==
27-dekabr, 2007 yili Bhutto Islomoboddan 13 km uzoqlikdagi Ravalpindi shahrida oʻz tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida [[xudkushlik|xudkush]] portlatuvchi tomonidan oʻldirildi. Boʻyin qismi va koʻkragi oʻq otgan xudkush portlatuvchi koʻp oʻtmay oʻzini portlatib yuborib yana 20 ta odamni halok qildi.

== Havolalar ==
* [http://www.benazirbhutto.org Benazir Bhuttoning rasmiy sayti]
* [http://www.pakistannewsroom.com Benazir and patiyadagilar haqida video]
== Manbalar ==
{{reflist}}

[[Turkum:Pokiston siyosatdonlari]]

[[an:Benazir Bhutto]]
[[ar:بينظير بوتو]]
[[arz:بينظير بوتو]]
[[ast:Benazir Bhutto]]
[[az:Bənazir Bhutto]]
[[bcl:Benazir Bhutto]]
[[be:Беназір Бхута]]
[[bg:Беназир Бхуто]]
[[bn:বেনজীর ভুট্টো]]
[[br:Benazir Bhutto]]
[[bs:Benazir Buto]]
[[ca:Benazir Bhutto]]
[[cs:Bénazír Bhuttová]]
[[cy:Benazir Bhutto]]
[[da:Benazir Bhutto]]
[[de:Benazir Bhutto]]
[[dv:ބޭނަޒީރު ބުއްޓޫ]]
[[el:Μπεναζίρ Μπούτο]]
[[en:Benazir Bhutto]]
[[eo:Benazir Bhutto]]
[[es:Benazir Bhutto]]
[[et:Benazir Bhutto]]
[[eu:Benazir Bhutto]]
[[fa:بی‌نظیر بوتو]]
[[fi:Benazir Bhutto]]
[[fr:Benazir Bhutto]]
[[fy:Benazir Bhutto]]
[[ga:Benazir Bhutto]]
[[gu:બેનઝિર ભુટ્ટો]]
[[ha:Benazir Bhutto]]
[[he:בנזיר בהוטו]]
[[hi:बेनज़ीर भुट्टो]]
[[hr:Benazir Bhutto]]
[[hu:Benazír Bhutto]]
[[id:Benazir Bhutto]]
[[io:Benazir Bhutto]]
[[is:Benazir Bhutto]]
[[it:Benazir Bhutto]]
[[ja:ベーナズィール・ブットー]]
[[jv:Benazir Bhutto]]
[[ka:ბენაზირ ბჰუტო]]
[[kk:Бенәзир Бһутто]]
[[km:បេណាហ្សៀរ ប៊ូតូ]]
[[kn:ಬೆನಝೀರ್ ಭುಟ್ಟೊ]]
[[ko:베나지르 부토]]
[[ku:Benazir Bhutto]]
[[la:Benazir Bhutto]]
[[lb:Benazir Bhutto]]
[[lt:Benazir Bhutto]]
[[lv:Bēnazīra Bhuto]]
[[ml:ബേനസീർ ഭൂട്ടോ]]
[[mr:बेनझीर भुट्टो]]
[[ms:Benazir Bhutto]]
[[my:ဘနာဇီယာဘူတို]]
[[nds:Benazir Bhutto]]
[[ne:बेनजिर भुट्टो]]
[[nl:Benazir Bhutto]]
[[nn:Benazir Bhutto]]
[[no:Benazir Bhutto]]
[[oc:Benazir Bhutto]]
[[pam:Benazir Bhutto]]
[[pl:Benazir Bhutto]]
[[pnb:بینظیر بھٹو]]
[[pt:Benazir Bhutto]]
[[qu:Benazir Bhutto]]
[[ro:Benazir Bhutto]]
[[ru:Бхутто, Беназир]]
[[scn:Benazir Bhutto]]
[[sh:Benazir Bhutto]]
[[simple:Benazir Bhutto]]
[[sk:Bénazír Bhuttová]]
[[sl:Benazir Buto]]
[[sq:Benazir Buto]]
[[sr:Беназир Буто]]
[[su:Bénazir Bhutto]]
[[sv:Benazir Bhutto]]
[[sw:Benazir Bhutto]]
[[ta:பெனசீர் பூட்டோ]]
[[te:బెనజీర్ భుట్టో]]
[[tg:Беназир Бҳутто]]
[[th:เบนาซีร์ บุตโต]]
[[tl:Benazir Bhutto]]
[[tr:Benazir Butto]]
[[uk:Беназір Бхутто]]
[[ur:بینظیر بھٹو]]
[[vi:Benazir Bhutto]]
[[wuu:贝拉齐尔‧布托]]
[[yi:בענאזיר בוטא]]
[[yo:Benazir Bhutto]]
[[zh:贝娜齐尔·布托]]
[[zh-yue:貝娜齊爾]]