Difference between revisions 659621 and 735282 on uzwiki

Sahihi Buhoriy ([[Arab tili|Arab]]: صحيح البخاري‎)(asl nomi "al-Jomiʻ as-sahih" - "Ishonchli toʻplam") - oltita ishonchli hadis toʻplamidan biri. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tuzgan. Islom dini tarixiga oid eng mukammal manbalardan hisoblanadi. Toʻplamga Muhammad (sav) va uning sahobalari haqidagi hadislardan tashqari islom huquqshunosligi (fiqh), marosimchiligi hamda oʻsha davr tarixi va etnografiyasiga oid hadislar ham kiritilgan. 
Maʻlumotlarga koʻra, Buxoriy 600 mingga yaqin hadislarni toʻplab, ulardan faqat 7250 
tasini "ishonchli" deb hisoblab kitobiga kiritgan. "Sahihi Buhoriy" keyinchalik musulmonlar orasida katta obroʻ qozongan va musulmon mamlakatlarida koʻplab nashr etilgan. Toshkentda 
Imom Buxoriyning "al-Jomiʻ as-sahih" asari toʻrt jildda (1-jild - 1991, 2-jild - 1996, 3-jild 
- 1994, 4-jild - 1992), 2-nashri esa 1997 yildada chop qilindi. 



== Manbalar ==

[[Turkum:Hadis]]
[[Turkum:Islomiy kitoblar]]

[[ar:صحيح البخاري]]
[[az:Səhihi Buxari]]
[[bs:Sahih Buhari]]
[[ca:Sahih Bukharí]]
[[ckb:سەحیحی بوخاری]]
[[cs:Sahíh al-Buchárí]]
[[en:Sahih al-Bukhari]]
[[eo:Sahih Buĥari]]
[[fa:صحیح بخاری]]
[[fr:Sahih al-Bukhari]]
[[id:Shahih Bukhari]]
[[it:Sahih al-Bukhari]]
[[ja:サヒーフ・アル=ブハーリー]]
[[jv:Shahih Bukhari]]
[[kk:Сахих әл-Бұхари]]
[[ml:സ്വഹീഹുൽ ബുഖാരി]]
[[ms:Sahih Bukhari]]
[[ro:Sahih al-Bukhari]]
[[sh:Sahih Buhari]]
[[so:Saxiixul Bukhaari]]
[[sr:Sahih Buhari]]
[[ta:புகாரி]]
[[tr:Sahih-i Buhari]]
[[ur:صحیح بخاری]]
[[zh:布哈里聖訓]]