Difference between revisions 822545 and 822547 on uzwiki⏎ ⏎ {{Universitet |nomi = Xorazm Maʼmun Akademiyasi |qisqartma = |ramz = |tasvir = |original = |xalqaronom = |shior = |asos_yil = 1997 |turi = Akademiya |prezident = |rektor = |talabalar = |fakultet = |bakalavriat = |magistratura = |aspirantura = |doktorantura = |akademik = |doktor = |professor = |o`qituvchi = |kempus = |manzil = Xiva sh., Oʻzbekiston |vebsayt = [http://www.mamunacademy.narod.ru www.mamunacademy.narod.ru]}} '''Xorazm Maʼmun Akademiyasi''' — [[Xiva]] shahridagi [[Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi]]ning mintaqaviy boʻlimi. == Tarixi == [[VIII asr]] oxiri [[IX asr]] boshlarida [[xalifalik]]ning markazi [[Bagʻdod]]da ilm-fan rivojlandi. Xalifa [[Xorun ar-Rashid]]ning oʻlimidan soʻng ([[813-yil]]), uning oʻgʻli [[al-Maʼmun]] xalifa etib tayinlandi. U xalifa sifatida Bagʻdodga koʻchgach ([[819-yil]]), u yerda Ilmiy markaz tashkil etib, unda barcha musulmon oʻlkalardan olimlarni toʻpladi. Bu Ilmiy markaz tarixda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») nomi bilan mashhurdir. Bu yerda asosan [[riyoziyot]], [[tibbiyot]], [[ilmi-nujum]], [[joʻgʻrofiya]], [[astrologiya]], [[handasa]] va shunga oʻxshash boshqa fanlar oʻrgatilgan. Xorazmshoh Maʼmunning oʻgʻli [[Ali ibn Maʼmun]] taklifi bilan [[1004-yil]]da [[Gurganch]]da (Qoʻhna Urganch) «Dorul hikma va maorif» nomli ilmiy muassasa shakllanadi. Bu yerga [[ibn Iroq]] va [[Beruniy]]ning takliflari bilan har tarafdan olimlar kela boshlaganlar. Bu yerda ilmning barcha sohalari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. [[Yunon tillari]]dan tarjimalar ham qilingan. [[XVIII asr]] fransuz ensiklopedistlari al-Maʼmun faoliyatini va Bagʻdoddagi «Bayt ul-hikma»ning faoliyatini oʻrganib chiqib, uni [[Afina]]dagi [[Platon Akademiyasi]]ga juda oʻxshatganlar va «Bayt ul-hikma»ni «al-Maʼmun Akademiyasi» deb ataganlar. Gurganchdagi «Dorul-hikma» esa «Ikkinchi ''Akademiya» boʻlib qoldi. Maʼmun Akademiyasining faoliyati [[1017-yil]]da [[Mahmud Gʻaznaviy]] bosqini tufayli tugatiladi. == Xorazm Maʼmun Akademiyasini qaytadan tashkil qilish toʻgʻrisida Farmon == Mustaqilligimiz sharofati tufayli Prezidentimizning tashabbusi bilan bu Akademiya qayta tiklandi. Prezidentimizning Xiva shahrining 2500 yillik tantanalarida soʻzlagan nutqlarida Xorazm Maʼmun Akademiyasini qayta tiklash haqidagi taklifi va [[1997-yil]] [[11-noyabr]]dagi Farmoni bilan Xiva shahrida Xorazm Maʼmun Akademiyasi qaytadan tashkil qilindi.
'''''Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm Maʼmun Akademiyasini qaytadan tashkil etish toʻgʻrisidagi Farmonidan:'''''

''Oʻzbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi oʻrnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda isteʼdodli va fidoiy olimlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy anʼanalarni rivojlantirish, qadimda fan, maʼrifat va madaniyat olamining markazi hisoblangan, odamzot tarixidagi ilk akademiyalardan boʻlmish Xorazm Maʼmun Akademiyasini qaytadan tashkil etish maqsadida:

Xorazm Maʼmun Akademiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi Xiva shahrida tashkil etilsin.
Xorazm Maʼmun Akademiyasining asosiy ilmiy va tashkiliy vazifalari quyidagilar deb belgilansin:
* ''ilm-fan sohasidagi qadimgi ulugʻ milliy meros asoslarida yuqori intellektual muhitni yaratishdagi boy anʼanalarni tiklash va rivojlantirish, yosh isteʼdodli olimlarni izlab topish, ularni Akademiya faoliyatiga jalb etish va ilmiy ijodlarining samaradorligini yuksaltirish; * ''qadimgi milliy ilm-fan sohasidagi boy merosni har tomonlama oʻrganish va tahlil qilish, tarix, arxeologiya, falsafa, til va adabiyot, biologiya va biotexnologiya sohalarida fundamental izlanishlarni olib borish, zamonaviy ilmiy maktablar yaratish va fan yutuqlarini amaliyotga tabiq etish; * ''mintaqada ilm-fan bilan bogʻliq barcha ishlarni zamon talablari darajasida muvofiqlashtirish; * ''oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash; * ''Kadrlar tayyorlash boʻyicha milliy dasturni amalga oshirishda faol ishtirok etish, uzluksiz taʼlim tizimi va fan oʻrtasidagi uzviy, oʻzaro manfaatli aloqalarni oʻrnatish, akademik litseylarda ilmiy pedagogik faoliyatni yuqori saviyada olib borish; * ''xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish…''
''Toshkent, 1997-yil 11-noyabr.''

== Xorazm Maʼmun Akademiyasining hozirgi davrdagi faoliyati == Hozirda Xorazm Maʼmun Akademiyasi tarkibida «Arxeologiya, tarix va falsafa», «Biologiya muammolari» va «Til va adabiyot» boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Akademiyaga Urganch Davlat Universiteti rektori, akademik Sadullaev Azimboy Sadullaevich rahbarlik qilmoqda. Unga ilmiy ishlar boʻyicha rais muovini, biologiya fanlari doktori, professor Safarov Karimjon Safarovich yordam bermoqda. Akademiyada ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda 31 ilmiy xodim, 5 fan doktori va 9 ta fan nomzodlari qatnashmoqdalar. «Arxeologiya, tarix va falsafa» boʻlimida uchta mavzu-"Xorazmda qadimgi va oʻrta asrlar oʻzbek davlatchiligi tarixi", «Oʻzbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining oʻrni», «IX-XIII asrlarda Xorazmda ilmiy-madaniy koʻtarilish jarayonida Xorazm Maʼmun Akademiyasining tarixiy xizmati», «Til va adabiyot» boʻlimida esa «IX-XIII asrlarda Movarounnahr va Xorazmdagi adabiy va lisoniy muhit» mavzusi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. «Biologiya muammolari» boʻlimida ham toʻrtta dolzarb mavzu boʻyicha tadqiqot ishlari bajarildi. Bular quyidagilar: «Respublika shimoliy-gʻarbiy mintaqasida qishloq xoʻjaligi ekinlarining istiqbolli navlarini oʻrganish», «Mahalliy qishloq xoʻjalik xom ashyosi asosida vitaminli omuxta yem olish texnologiyasini ishlab chiqish», «Amudaryo quyi oqimida tuproq hosil boʻlishi jarayoni xususiyatlarini oʻrganish», «Xorazm vohasi termitlarining faunasi va ekologik-populyatsion tavsifi». Koʻrinib turibdiki, har uchala boʻlimdagi tadqiqot ishlari oʻta dolzarb va muhimdir. Quvonchlisi shundaki, jamoamiz murakkab jarayonlarni boshidan kechirishga toʻgʻri kelgan boʻlsada, qunt, hafsala, sabr-bardosh bilan ishlab, izlanib, asosiy ilmiy-tadqiqot ishlarini yakunlashga erishdilar. «Arxeologiya, tarix va falsafa» boʻlimida 21 ta, «Til va adabiyot» boʻlimida 16 ta, «Biologiya muammolari» boʻlimida 15 ta ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar, risolalar chop etildi. Shuningdek, turli tavsiyalar ishlab chiqildi. Olimlarimizning izlanishlari natijasida [[Xorazm viloyati]]da [[amarant]]ning 4 turi va [[soya]]ning 2 navi oʻstirildi. Amarant biomassasidan [[senaj]] va [[silos]] tayyorlash boʻyicha tavsiyalar tayyorlandi. Shuningdek, amarant urugʻlaridan [[kraxmal]] olish usuli ishlab chiqildi va patent olish uchun zarur hujjatlar tayyorlandi. Dukkakli don ekinlaridan 11, poliz ekinlaridan 5, moyli ekinlardan 4, yuksak suv oʻsimliklaridan 3, texnik ekinlardan 6 ta navlari viloyatimiz qishloq xoʻjaligida qoʻllanishga tavsiya qilindi. Xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ham aytib oʻtish joiz: [[Rossiya Fanlar Akademiyasi]] va qozogʻistonlik olimlar bilan «Yangi va noanʼanaviy oʻsimliklar hamda ulardan foydalanishning istiqbollari», turkmanistonlik olimlar bilan [[Orolboʻyi hududi]]dagi dehqonchilik muammolari boʻyicha hamkorlik davom etyapti. [[Biotexnologiya va tabiiy mahsulotlar Xalqaro Akademiyasi]] bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi. [[«Markaziy Osiyo xalqlari tarixini oʻrganish» Fransiya instituti]] bilan ilmiy aloqalar keng yoʻlga qoʻyilganligi esa ayniqsa quvonchlidir. «Til va adabiyot», «Arxeologiya, tarix va falsafa» boʻlimlarida olib borilgan va yakunlangan ilmiy-tadqiqot ishlari ham shu paytgacha mavjud boʻlgan maʼnaviyat, maʼrifat, madaniyat manbalarini boyitishga xizmat qilishi eʼtirof etildi. Bular, albatta, bizning dastlabki yutuqlarimiz va biz ularni muttasil koʻpaytirib borish zarurligini doimo his qilib turibmiz. [[2000-yil]]ning fevral oyidan boshlab [[bioximiya]], [[oʻsimliklar fiziologiyasi]] ixtisosliklari boʻyicha [[nomzodlik dissertetsiyasi|nomzodlik dissertatsiyalari]] tayyorlashga ruxsat qilindi. Yaqin orada boshqa fanlar boʻyicha ham [[aspirantura]]ga qabul qilinadi. Hozirgi kunda K.Xudayberganov, N.Oʻrozboeva, X.Yusupov, A.Rahimov, I.Abdullaev kabi iqtidorli yoshlar nomzodlik dissertatsiyalari ustida ish olib borishyapti. Akademiyada qadim qadriyatlarimizni ulugʻlovchi, diyorimizda tavallud topgan buyuk siymolarimiz hayoti va faoliyatining yangi qirralarini ochib beradigan, shu bilan birga [[ilm-fan]], [[xalq xoʻjaligi]] taraqqiyotiga daxldor, [[ekologiya]]ni yaxshilashga oid qator anjumanlar koʻplab oʻtkazilmoqda. Bu borada gap ketganda ilk akademiya asoschisi, buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan ilmiy kengashlar oʻtkazish odat tusiga kirib qolganligi alohida aytib oʻtish lozim deb bilaman. Joriy yilda shu munosabat bilan uchta tadbir oʻtkazildi. Respublika va xalqaro miqyosda yirik anjumanlar boʻlib oʻtmoqda. «[[Ekosan]]»- Ekologiya va salomatlik xalqaro jamgʻarmasi, Xorazm viloyati hokimligi, Maʼmun Akademiyasi va [[«Ekosan» Toshkent klubi]] bilan hamkorlikda «Xorazm vohasi ijtimoiy ekologik taraqqiyotidagi muammolar va uning istiqbollari», shuningdek nufuzli tashkilotlar va oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda Xorazmda ilk davlatchilikning vujudga kelishi va bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar, buyuk vatandoshlarimiz [[Jaloliddin Manguberdi]] tavalludining 800 yilligi, [[Ogahiy]] tavalludining 190 yilligini, «[[Avesto]]» asari yaratilganligining 2700 yilligi, «Jahon madaniyati xalqaro tinchlik uchun» mavzularidagi ilmiy-amaliy anjumanlarni alohida taʼkidlab oʻtishni istardim. Mamlakatimiz taraqqiyotiga, tinchlikni mustahkamlashga oid bunday anjumanlar oʻtkazish bundan buyon ham diqqat markazimizda boʻladi. Akademiyaning «Nashriyot va matbaa birlashmasi» da olimlarimizning [[ilmiy izlanish]]lari, [[monografiya]]lar, [[ilmiy toʻplam]]lar, aspirantlarning [[dissertatsiya ishi|dissertatsiya ishlari]], akademiyaning muhim hujjatlari endilikda oʻzida chop etiladi. Shuningdek, oʻn bosma taboqqacha boʻlgan mualliflar asarlarini ham chop qilinishi mumkin. Turli hisob-kitob varaqalari, [[taklifnoma]]lar, [[buklet]]lar tayyorlanadi. Akademiya xodimlarining xalq xoʻjaligini rivojlantirish, turmush farovonligini oshirish, maʼnaviy kamolotga xizmat qiladigan ilmiy ishlari imtiyozli ravishda chop etib berilyapti. Shu paytgacha 16 ta [[risola]] va ilmiy-ommabop ishlar chop etilib, bir yarim million soʻmlik ish bajarildi. Hozirgi davrdagi muammolar: zarur manbalar, adabiyotlar «Arxeologiya, tarix va falsafa», «Til va adabiyot» boʻlimlari ish samaradorligini oshirish uchun shu fanlarga oid kitoblar, qoʻlyozma manbalarini [[Rossiya]], [[Angliya]], [[Turkiya]], [[Misr]], [[Eron]], [[Pokiston]], [[Ozarbayjon]] kabi mamlakatlardan keltirish masalasini hal qilish zarur. [[Internet tizimi]]ga ulanib, sohalar boʻyicha yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashni davr taqozo etyapti. Tajriba ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash maqsadida texnika vositalari kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoiti davrida Xorazm viloyatida qishloq xoʻjaligini keskin rivojlantirish, ekologik muhitni yaxshilash, aholi salomatligini tiklash va mustahkamlash oʻta hayotiy, kechiktirib boʻlmas vazifa ekanligini nazarda tutib, Xorazm Maʼmun Akademiyasi tarkibida «Qishloq va suv xoʻjaligi», «Ekologiya va tibbiyot» boʻlimlarini tashkil etish nihoyatda zarur. (Xorazm Maʼmun Akademiyasi raisi muovini, biologiya fanlari doktori, professor K.S.Safarovning jurnalistlarga bergan intervyusidan olindi). Xorazm Maʼmun Akademiyasi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotni [http://www.mamunacademy.narod.ru www.mamunacademy.narod.ru] saytidan olishingiz mumkin. {{wikify}} [[Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar]] [[Turkum:Universitetlar]] All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?diff=prev&oldid=822547.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.