Revision 1224164 of "Baden-vyurtemberg" on uzwiki

'''Baden-vyurtemberg''' - GFRning jan.-g‘arbidagi yeri. Mayd. 35,7 ming km2. Aholisi 9,8 mln. kishi (1991). Ma’muriy markazi — Shtutgart sh. B.-V. yer yuzasi o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar, Reyn va Dunay daryolari havzasida. Relefi pasttekislik (Yuqori Reyn), qirlar, o‘rmonli tog‘lar (Shvarsvald), soyliklardan iborat. Jan.da Boden ko‘li bor. Yiliga 700 mm yog‘in yog‘adi. Asosiy daryolari Reyn va uning bosh irmog‘i Nekkar, jan.-sharqida Dunayning bosh qismi oqib o‘tadi. Sanoati rivojlangan. B.-V. hududida toshtuz (Xeylbronn) va kaliy tuzi (Freyburgdan jan.da), temir rudasi (Shvabiya Albi) va polimetall rudalari (Shvarsvald), neft hamda gaz (Yuqori Reyn pasttekisligi) qazib chiqariladi. Bir qancha GES qurilgan. Mashinasozlik, ayniqsa avtomobilsozlik, elektrotexnika, q.x. mashinasozligi, kemasozlik, aviaraketa (Shtutgart, Mangeymda), stanoksozlik va vagonsozlik (Fridrixsxafenda) sanoatlari rivojlangan. To‘qimachilik, kimyo, poligrafiya, neftni qayta ishlash sanoatlari ham bor. Tog‘li joylarida soatsozlik va zargarlik hamda muzika asboblari ishlash taraqqiy qilgan. Q.x.da ko‘proq donli ekinlar, qand lavlagi, tamaki va qulmoq yetishtiriladi. Yuqori Reyn, Nekkar vodiysi va Boden ko‘li sohilida tokchilik rivojlangan. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi yetakchi o‘rin tutadi. Reyn, Nekkar daryolarida va Boden ko‘lida kema qatnaydi. B.-V.da mashhur Baden-Baden va Badenveylar balneologik kurortlari mavjud. Geydelberg , Freyburg va Tyubingenda un-tlar bor. 

== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->