Revision 1224176 of "Badiiy so‘z ustasi" on uzwiki'''Badiiy so‘z ustasi''' - adabiy asar (she’r, nasr, shuningdek publitsistika) yoki dramatik parchani teleko‘rsatuv va radio orqali, estrada, sirk va filarmoniya sahnasida ifodali o‘qib, ular mazmunini tinglovchilarga badiiy ta’sirli qilib yetkazuvchi ijrochi, estrada va filarmoniya artisti. Omma-viy-badiiy tadbirlar ham ular boshchiligida yoki ishtirokida o‘tadi. B.s.u. o‘zining ifoda uslubi, talaffuzining yorqinligi, ijrochilik mahorati, asosiy fikrni anglatuvchi so‘zlarni urg‘u b-n talaffuz etishi jihatidan tinglovchi yoki ommani o‘ziga jalb etadi. O‘zbek san’atida B.s.u. (dostonchi, ertakchi, kissaxon va b.) qadimdan ma’lum. Barcha ommaviy-badiiy tadbirlar, sayillar, tomoshalar, to‘y-hashamlar ular ishtirokida o‘tgan. O‘zbekistonda B.s.u.lari ichida M. Hamidov, N. Rahimov, H. Umarov, U. Burhonov, T. Tojiyev, Q. Maqsumov, T. Yunusxo‘jayeva, L. Xo‘jayeva, M. Xolmetov, O. Asomov, B. Muhammadxo‘jayev, H. Sadiyev kabi san’atkorlarning ijodi e’tiborga molikdir.
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?oldid=1224176.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|