Revision 1224304 of "Mahmud Qoshgʻariy" on uzwiki{{Oʻzbek adabiyoti|bosqich_2=yorit}}
'''Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al-Koshgʻariy''', qomusiy olim, fiqh va hadis ilmining bilimdoni. [[Koshgʻar]]da tugʻilgan (sanasi nomaʼlum), qoraxoniylar davlatining poytaxti [[Bolasogʻun]]da yashagan. «[[Devoni lugʻotit-turk]]» asari (1068) bilan turkshunoslik faniga asos solgan. «[[Devonu lugʻotit-turk|Devon]]»da tilga olingan «[[Javohir un-nahvi fi lugʻatit-turki]]» («Turkiy tillarning nahv qoidalari») asari bizgacha etib kelmagan.
Izohli lugʻat tarzida tuzilgan asar muqaddimasida turk tilining grammatikasi (arab tilida) ilmiy asosda yoritilgan. Asarda 9-10 asrlarda [[Markaziy Osiyo]]da istiqomat qilgan qabilalar tarixi, madaniyati, mavqei va odatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Jumladan, [[oʻgʻuzlar]], [[qarluqlar]] kabi yirik qabilalar tarixi alohida yoritilgan.
«[[Devonu lugʻotit-turk]]» adabiy manba sifatida turk qavmlari tomonidan yaratilgan qoʻshiq, maqol, matal va hikmatli soʻzlarni ham jamlagan, u parchalar qadimgi turkiy adabiyotda lirik va epik janrning rivojidan dalolat beradi. Keltirilgan adabiy parchalar mehnat, yor tavsifi, qahramonlik, ezgulikka daʼvat, vatanparvarlik mavzularida, ayrimlari xalq ogʻzidan yozib olingan. Devonda ayrim shoirlarning nomlari (mas. [[Choʻchu]]) uchraydi.
[[Oʻzbekiston]]da asar izoh va tarjimalari bilan toʻla nashr etilgan, u haqda [[Fitrat]], S.[[Mutallibov]], Gʻ.[[Abdurahmonov]], E.[[Umarov]] ishlari eʼlon qilingan.
==Nashr qilingan manbalar==
Mahmud Qoshgʻariy. Devonu lugʻotit-turk (nashr, tarjima va izohlar muallifi S.Mutallibov). — T.: 1960-63;<br>
Abdurauf Fitrat. Eng eski turk adabiyoti namunalari. — T.:1927.<br>
==Ilmiy adabiyot==
Devonu lugʻotit turk. Indeks-lugʻat. Gʻ. Abdurahmonov, S. Mutallibov tahriri ostida. — T.: Fan, 1967;
A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. — Toshkent, 1971;<br>
I.V. Stebleva. Stixotvornie formi XI veka. — M.: 1971.
[[Turkum:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]
[[tt:Məxmüd Qaşğari]]All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?oldid=1224304.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|