Revision 1224704 of "Balg‘am" on uzwiki

'''Balg‘am''' — nafas a’zolari shilliq pardasidan ajraladigan chiqindi; nafas yo‘llarining turli kasalliklarida ajraladi. B. chiqishi ayrim kasalliklar (xususan nafas yo‘llari kasalliklari)ning asosiy belgilaridan biri. B. miqdori har xil; bronxit va o‘pka yallig‘lanishining boshlanishida bemor bir-ikki marta oz-ozdan B. tuflasa, o‘pkaning yiringli kasalliklarida 1 — 2 l gacha B. ajraladi. Odatda B.ning xidi bo‘lmaydi, o‘pkada yiringli jarayon ro‘y bersa, B. sassiq yoki qo‘lansa bo‘ladi. B.ning quyuq-suyuqpigi, rangi (oq, zang tusli, qizg‘ish) uning tarkibiga bog‘liq. Shilimshiqli, seroz, yiringli, shilimshiq-yiringli, seroz-yiringli va qon aralash B. farq qilinadi. O‘pka yallig‘lanishi, bronxial astma, bronxitning boshlanishida rangsiz, tiniq, yopishqoq shilimshiqli B. ajraladi. O‘pkaga shish kelganda ajraladigan B. suyuq, seroz va ko‘pikli bo‘ladi. O‘pkada yiringli jarayonlar bo‘lsa, yiringli, ko‘kimtir; yurak va o‘pkaning turli kasalliklarida qon aralash B. ajraladi. B.da qonning hujayra elementlari, o‘sma hujayralari, eng sodda jonivorlar, exinokokk, askarida lichinkalari va o‘simlik parazitlari (zamburug‘lar), bakteriyalar bo‘lishi mumkin. B.ni tekshirish natijalariga qarab kasallik (xususan, nafas yo‘llari kasalliklari) aniqlanadi. Ba’zi kasalliklarda B. atrofidagi kishilarga kasallik yuqtiruvchi manba bo‘lishi mumkin, shuning uchun B. ajralishi b-n kechadigan yuqumli kasalliklarda shaxsiy gigiyena qoidalariga qatiy amal qilish lozim.

== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->