Revision 1225028 of "Barot xoja ko‘kaltosh" on uzwiki

'''Barot xoja ko‘kaltosh''' (7-1393) — Amir Temur beklaridan. 1366—70 y.lar orasida amir Husayn begi, u Amir Temurdan yengilgach, ko‘pchilik beklar qatorida Amir Temur xizmatiga o‘tgan va qo‘shin begi vazifasini bajargan. "Uch yillik yurish" (1386—88) paytida B. X. K. bir necha amirlar b-n birga Samarqand muhofazasi uchun qoldirilgan. To‘xtamishxon Movarounnahrga hujum qilganida (1387 y. oxiri — 1388 y. boshi) B. X. K. sustkashlik ko‘rsatgani bois, Amir Temur 1388 y. fev.da safardan qaytib kelgach, jazo tadbiri sifatida uning soqol-mo‘ylovini oldirib, yuziga atir-upa surdirib shahar kezdirishni amr etgan. Biroq B. X. K. keyingi faoliyati b-n o‘zini to‘la oqlagan. Shu tufayli Soxibqiron 1392 y. bahorida g‘aznaviylarning "G‘azni, Kobul va Zobulistondan to Hind, Qandahor va Sind daryosigacha" bo‘lgan mulkini Pirmuhammad Jahongirga vasiyat qilib berganida unga navkar sifatida B. X. K.ni ham bergan. "Besh yillik yurish" paytida, 1393 y. iyulida G‘arbiy Erondagi janglardan birida bahodirona halok bo‘lgan.Ashraf Ahmedov.

== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->