Revision 1225140 of "Bat Lidiya Grigorevna" on uzwiki'''Bat Lidiya Grigorevna''' (1900—1985) — rus yozuvchisi va tanqidchisi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1970). Ijodini hiyuya, ocherk va taqrizlar yozishdan boshlagan, keyinroq qissalar yozgan. A. I. Deych b-n hamkorlikda yozgan ikki qissasi: "Fritof Nansen" (1936), "Taras Shevchenko" (1939) dan so‘ng "Buyuk iste’dod" (1958), "Haqiqat uchun rahmat" (1961), "Dengiz hayqiradi" (1967), "Unutilmas uchrashuvlar" (1970) kabi asarlarni yaratdi. Uning o‘zbek xalqi hayoti va adabiyoti b-n yaqin aloqasi Toshkentda (1942 — 44) yashagan yillarida boshlangan. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan "Hayot bo‘stoni" (1948) qissasi B. adabiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Hamza, G‘. G‘ulom, H. Olimjon, A. Qaxhor, Zulfiya, A. Muxtor va b. ijodi haqida maqolalar, ocherklar, taqrizlar yozgan. M. Qo‘shjonov b-n hamkorliqda yaratgan "Oybek" (1966) tanqidiy-biografik ocherki o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga salmoqdi hissa bo‘lib qo‘shilgan. I. Sultonov b-n hamkorliqsa Hamzaning "Maysaraning ishi", "Paranji sirlari" (1951), V. Smirnova b-n hamkorlikda Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar" (1958), "Mehrobdan chayon" (1961) asarlarini rus tiliga tarjima qilgan.
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?oldid=1225140.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|