Revision 1225340 of "Bahrom cho‘bin" on uzwiki'''Bahrom cho‘bin''' (? - 592) - sosoniylar sulolasidan bo‘lgan Xusrav I Anushirvon (531 — 579) va Hurmuzd IV (579 - 590) ning sarkardasi. B. Ch. 563 — 567 y.lari sharqda eftaliylar va ashina turklari b-n urush olib borgan. 60—70-y.larda Vizantiya b-n olib borilgan urushlarda mag‘lubiyatga uchragan. Xusrav I va Hurmuzd IV davrida bir qator ma’muriy islohotlar o‘tkazilib, badavlat aslzodalarning siyosiy mavqei cheklab qo‘yildi. B. Ch. sarkardalikdan chetlatildi. B. Ch.ning mansabdai chetlatilishi katta qo‘zg‘olonga bahona bo‘ldi. U qo‘shin to‘plab, mamlakat poytaxti Ktesifonga qarab yurdi (590). Aynan shu vaqtda poytaxtda podshohga qarshi fitna uyushtirilib, Hurmuzd IV o‘ddirildi, taxtga uning o‘g‘li Xusrav II Parviz o‘tirdi. B. Ch. qo‘zg‘olonni davom ettirib, poytaxtii eg‘alladi va o‘zini podshohdeb e’loi qildi. Xusrav II Vi-zantiyaga, imperator Mavrikiy huzuriga qochdi va uning yordamida taxtni qayta qo‘lga kiritdi (591). B. Ch. turk xo-qoni huzuriga qochib, tez orala o‘sha yerda o‘ldirildi.
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?oldid=1225340.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|