Revision 1246014 of "Vashington (shtat)" on uzwiki{{Maʼnolari|Vashington (maʼnolari)}}
'''Vashington''' - AQShning shim.gʻarbidagi shtat. Shim.da Kanada b-n chegaradosh. Mayd. 176,6 ming km2. Aholisi 5,2 mln.dan ziyod kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Olimpiya sh. Eng yirik shahri — Sietl. V. hududining koʻp qismi togʻlar va yassi togʻlardan iborat. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi gʻarbida 4°, sharqida —2°, —3°, iyulniki gʻarbida 16—17°, sharqida 20—23°. Yillik yogʻin 400—2000 mm. Togʻlarida igna bargli oʻrmonlar bor. Daryolari (Kolumbiya va uning irmoqlari) sersuv. Bir qancha GES qurilgan. Gidroenergiyaga boyligi jihatidan AKSH shtatlari orasida 1-oʻrinda. Rangli va qora metallurgiya tarmoklaridan alyuminiy, ferroqotishma, elektrkimyo va atom sanoatlari taraqqiy etgan. Pyujet-Saundda kemasozlik korxonalari va harbiydengiz bazasi bor. Aviaraketa sanoati Sietlda ("Boing" z-di) joylashgan. V. AQShda yogʻoch tayyorlash va yogoch sanoati boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Fanera va qogʻoz ishlab chiqariladi. Baliq-konserva sanoati rivojlangan. V.da Kanadadan keltiril-gan neftni qayta ishlovchi z-d qurilgan. Q. x. kam taraqqiy qilgan. K-x.ga yarokli yerlarning yarmi ekinzor, qolgani yaylov. Dengiz boʻyi r-nlari sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Kolumbiya platosida bugʻdoy ekiladi, meva yetishtiriladi. Dengiz boʻylarida baliq ovlanadi. V.dan muhim avtomobil va t.y. oʻtgan. Asosiy portlari — Sietl va Takoma.
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?oldid=1246014.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|