Revision 1255882 of "Bachadon" on uzwiki

[[File:Female reproductive system lateral nolabel.png|right|thumb|300px|Ayol matkasi va tuxumdonlar
1 — trubkalar; 2 — siydik pufagi; 3 — qov suyagi; 4 — G nuqtasi; 5 — klitor; 6 — uretra; 7 — vagina; 8 — tuxumdon; 9 — yoʻgʻon ichakning koʻrichakdan toʻgʻri ichakkacha boʻlgan qismi, qarta; 10 — matka; 11 — vaginaning orqa gumbazi; 12 matkaning boʻgʻizchasi; 13 — toʻgʻri ichak; 14 - anus.]]

<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Bachadon''' — 1. Ayollarning ichki jinsiy aʼzosi; homila shu yerda rivojlanadi. B. toq, kovak aʼzo boʻlib, mus-kullardan tuzilgan va kichik chanoq boʻshligʻida qovuq b-n toʻgʻri ichak orasida joylashgan, shakli toʻnkarilgan nokka oʻxshaydi. Uning tanasi, tubi va boʻyni boʻladi. B. tanasi va tubi qovuq yuzasi b-n qovuq ustida oldinga bir oz bukilib joylashgan, orqa yuzasi toʻgri ichakka yuzma-yuz turadi. B. boʻynining bir qismi qin ichiga kirgan boʻlib, shu yerda B. teshigi kinga ochiladi. B. devori ichki — shilliq qavat (endometriy), oʻrta — muskul qavat (miometriy) va tashqi — seroz qavat (qorin pardasi)dan iborat. Shilliq qavat B. naylari shilliq qavatining davomidir. B. ichida shilliq qavat burmalari yoʻq, asosan mayda bezlar uchraydi. Shilliqkdvat B. boʻynida kepin-lashib, burmalari va shilliq bezlari boʻladi, u har oyda hayzga. tayyorlanadi; bunda B.ning yuza joylashgan shilliq qavati markaziy nerv sistemasi hamda gipofiz va tuxumdondan ajralgan gor-monlar (follikulin, progesteron) taʼsirida qalinlashadi, har oyda bir marta koʻchib, qon b-n ajraladi (q. Endokrin sistema). Muskul qavat yaxshi rivojlangan, qon tomirlarga boy silliq muskul uch qavat boʻlib joylashgan. Seroz qavat B. oldi va orqa yuzalarini qop-lab, ikki yonboshida keng boy lam hosil qiladi; shu boylam oraligʻida biriktiruvchi toʻqima qatlami (parametriy) boʻladi. B. boʻshligʻi uchburchak shaklda boʻlib, uni kattakichik bir necha boylam va chanoq tubining muskullari oʻz oʻrnida ushlab turadi. B. boʻynining ichki yuzasi shilliq qavat burmalaridan iborat boʻlib, silindrsimon epiteliy b-n qoplangan; boʻyin devoridagi bezlar sekret chiqaradi; u ishqoriy reaksiyaga, bakteritsid xususiyatga ega. Uning bu xususiyati B.ga infeksiya tushishiga yoʻl qoʻymaydi; bundan tashqari, spermatozoidning harakatchanliginioshirib, uning B.ga kirishini taʼminlaydi. B. ancha harakatchan boʻlib, qovuq hamda toʻgʻri ichak toʻlganda, homiladorlikda va b. fiziologik holatlarda oʻz shaklini oson oʻzgarti-ra oladi. Homiladorlikda muskul tolalarining yoʻgʻon tortishi va yangi tolalar paydo boʻlishi hisobiga B. kattalashadi. Homila tugʻilgach B. qisqaradi va yangi tolalar yoʻqolib ketadi.

Tugʻrukdan keyin tezda jismoniy ish qilganda chanoq tubining muskullari va b. boylamlari boʻshashib, B. tushishi mumkin.

2. Urgʻochi hayvonlarning ichki jinsiy aʼzosi — tuxum yoʻlining kengaygan qismi, ularda B. naylari ham kengaygan boʻlib, homilani saqlay oladi; shu sababli ular koʻp bolalaydilar. Ayrim chuvalchanglar, boʻgʻimoyoqlilar, mollyuskalar va b.da B.ga oʻxshash tuzilmalar bor, shuning-dek suvda va qurukda yashovchilar, baʼ-zi sudralib yuruvchilar va barcha sut emizuvchilarda B. oʻziga xos tuzilishga ega. B.da tuxum yoki pusht rivojlanadi. Tuxum qoʻyadigan hayvonlarning yetilgan tuxum hujayrasi B.da vaqtincha joylashadi.

Ad:. Ahmedov N. K., Shomirzayev N. H., Normal va topografik anatomiya, T., 1991.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->


'''Bachadon''' yoki '''matka''' (''bacha'' - „bola“ + -''don''; {{lang-la|uterus}}, {{lang-el|ὑστέρα}}) — ayollarda homila oʻsib rivojlanadigan ichki organ. Bachadon [[siydik pufagi]] orqasida, [[toʻgʻri ichak]] oldida joylashgan boʻladi. Bola koʻrish yoshidagi ayolda bachadon oʻrtacha 7.5 sm uzun, 5 sm keng va 2.5 sm chuqur boʻladi.<ref>{{cite web|title=What Is Considered a Small Uterus?|url=http://www.wisegeek.com/what-is-considered-a-small-uterus.htm|work=WiseGEEK|accessdate=21 January 2013}}</ref> Sogʻlom bachadon [[nok]] shaklida boʻladi, ichi boʻsh va atrofi qalin [[muskul]]lar bilan oʻralgan boʻladi. Har biri tuxum bilan toʻldirilgan [[tuxumdon]]larga tutashgan ikkita trubka matkaga yuqori ikki tomondan ulanib turadi.

== Manbalar ==
{{Reflist}}

{{med-stub}}

[[Turkum:Odam anatomiyasi]]

[[ar:رحم]]
[[an:Utero]]
[[arc:ܡܪܒܥܐ]]
[[az:Uşaqlıq (anatomiya)]]
[[bn:জরায়ু]]
[[zh-min-nan:Seⁿ-kiáⁿ-tē]]
[[be:Матка жанчыны]]
[[be-x-old:Маціца]]
[[bg:Матка]]
[[bs:Materica]]
[[ca:Úter]]
[[cs:Děloha]]
[[sn:Chibereko]]
[[cy:Croth]]
[[da:Livmoder]]
[[pdc:Mudder (Uterus)]]
[[de:Gebärmutter]]
[[dv:ރަހިމު]]
[[et:Emakas]]
[[el:Μήτρα]]
[[en:Uterus]]
[[es:Útero]]
[[eo:Utero]]
[[eu:Umetoki]]
[[fa:رحم]]
[[fr:Utérus]]
[[gd:Machlag]]
[[gl:Útero]]
[[ko:자궁]]
[[hi:गर्भाशय]]
[[hr:Maternica]]
[[io:Utero]]
[[id:Rahim]]
[[it:Utero]]
[[he:רחם]]
[[jv:Rahim]]
[[kk:Жатыр]]
[[ku:Malzarok]]
[[ky:Жатын]]
[[la:Uterus]]
[[lv:Dzemde]]
[[lt:Gimda]]
[[hu:Méh (anatómia)]]
[[ml:ഗർഭപാത്രം]]
[[mr:गर्भाशय]]
[[my:သားအိမ်]]
[[nl:Baarmoeder]]
[[ja:子宮]]
[[no:Livmor]]
[[oc:Utèr]]
[[pl:Macica]]
[[pt:Útero]]
[[ro:Uter]]
[[qu:Kisma]]
[[rue:Матка]]
[[ru:Матка женщины]]
[[simple:Uterus]]
[[sk:Maternica]]
[[sl:Maternica]]
[[sr:Материца]]
[[sh:Materica]]
[[su:Pianakan]]
[[fi:Kohtu]]
[[sv:Livmoder]]
[[tl:Bahay-bata]]
[[ta:கருப்பை]]
[[te:గర్భాశయము]]
[[th:มดลูก]]
[[tr:Rahim]]
[[uk:Матка]]
[[ur:رحم]]
[[vi:Tử cung]]
[[war:Tagoangkan]]
[[wuu:子宫]]
[[yi:טראכט]]
[[zh:子宫]]