Revision 1344248 of "Bachadon" on uzwiki

[[File:Female reproductive system lateral nolabel.png|right|thumb|250px|Ayol matkasi va tuxumdonlar:
1 — trubkalar; 2 — siydik pufagi; 3 — qov suyagi; 4 — G nuqtasi; 5 — klitor; 6 — uretra; 7 — vagina; 8 — tuxumdon; 9 — yoʻgʻon ichakning koʻrichakdan toʻgʻri ichakkacha boʻlgan qismi, qarta; 10 — matka; 11 — vaginaning orqa gumbazi; 12 matkaning boʻgʻizchasi; 13 — toʻgʻri ichak; 14 - anus.]]
'''Bachadon''' yoki '''matka''' (''bacha'' - „bola“ + -''don''; {{lang-la|uterus}}, {{lang-el|ὑστέρα}}) — ayollarda va urgʻochi sut emizuvchi hayvonlarda homila oʻsib rivojlanadigan ichki organ. 

== Insonlarda ==
[[File:Grosse derGebarmutter in den einzelneMonaten derSchwangerschaft.gif||right|thumb|150px|Ayol matkasining homiladorlik paytida kattalashishi]]
Ayollarda bachadon [[siydik pufagi]] orqasida, [[toʻgʻri ichak]] oldida joylashgan boʻladi. Bola koʻrish yoshidagi ayolda bachadon oʻrtacha 7.5 sm uzun, 5 sm keng va 2.5 sm chuqur boʻladi.<ref>{{cite web|title=What Is Considered a Small Uterus?|url=http://www.wisegeek.com/what-is-considered-a-small-uterus.htm|work=WiseGEEK|accessdate=21 January 2013}}</ref> Sogʻlom bachadon toʻnkarilgan [[nok]] shaklida boʻladi, ichi boʻsh va atrofi qalin [[muskul]]lar bilan oʻralgan boʻladi. Har biri tuxum bilan toʻldirilgan [[tuxumdon]]larga tutashgan ikkita trubka matkaga yuqori ikki tomondan ulanib turadi.

Bachadonning ''tanasi'', ''tubi'' va ''boʻyni'' boʻladi. Bachadon tanasi va tubi [[qovuq]] yuzasi bilan qovuq ustida oldinga bir oz bukilib joylashgan, orqa yuzasi [[toʻgʻri ichak]]ka yuzma-yuz turadi. Bachadon boʻynining bir qismi [[qin]] ichiga kirgan boʻlib, shu yerda bachadon teshigi qinga ochiladi. 

Bachadon devori ''ichki'' — shilliq qavat ([[endometriy]]), ''oʻrta'' — muskul qavat ([[miometriy]]) va ''tashqi'' — seroz qavat (qorin pardasi)dan iborat. Shilliq qavat bachadon naylari shilliq qavatining davomidir. Bachadon ichida shilliq qavat burmalari yoʻq, asosan mayda bezlar uchraydi. Shilliq qavat bachadon boʻynida qalinlashib, burmalari va shilliq bezlari boʻladi, u har oyda [[hayz]]ga tayyorlanadi; bunda bachadonning yuza joylashgan shilliq qavati [[markaziy nerv sistemasi]] hamda [[gipofiz]] va [[tuxumdon]]dan ajralgan [[gormon]]lar ([[follikulin]], [[progesteron]]) taʼsirida qalinlashadi, har oyda bir marta koʻchib, qon bilan [[menstruatsiya|ajraladi]].

Muskul qavat yaxshi rivojlangan, [[qon tomir]]larga boy silliq muskul uch qavat boʻlib joylashgan. Seroz qavat bachadon oldi va orqa yuzalarini qoplab, ikki yonboshida keng boylam hosil qiladi; shu boylam oraligʻida biriktiruvchi toʻqima qatlami ([[parametriy]]) boʻladi. 

Bachadon boʻshligʻi uchburchak shaklda boʻlib, uni katta-kichik bir necha boylam va chanoq tubining muskullari oʻz oʻrnida ushlab turadi. Bachadon boʻynining ichki yuzasi shilliq qavat burmalaridan iborat boʻlib, [[silindr]]simon epiteliy bilan qoplangan; boʻyin devoridagi bezlar sekret chiqaradi; u [[ishqor]]iy reaksiyaga, [[bakteritsid]] xususiyatga ega. Uning bu xususiyati bachadonga [[infeksiya]] tushishiga yoʻl qoʻymaydi; bundan tashqari, [[spermatozoid]]ning harakatchanligini oshirib, uning bachadonga kirishini taʼminlaydi. 

Bachadon ancha harakatchan boʻlib, [[qovuq]] hamda [[toʻgʻri ichak]] toʻlganda, [[homiladorlik]]da va boshqa fiziologik holatlarda oʻz shaklini oson oʻzgartira oladi. Homiladorlikda muskul tolalarining yoʻgʻon tortishi va yangi tolalar paydo boʻlishi hisobiga bachadon kattalashadi. Homila tugʻilgach bachadon qisqaradi va yangi tolalar yoʻqolib ketadi.

Tugʻruqdan keyin tezda jismoniy ish qilganda chanoq tubining muskullari va boshqa boylamlari boʻshashib, bachadon tushishi mumkin.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>

== Hayvonlarda ==
Urgʻochi hayvonlarda bachadon naylari kengaygan boʻlib, homilani saqlay oladi; shu sababli ular koʻp bolalaydilar. Ayrim [[chuvalchang]]lar, [[boʻgʻimoyoqli]]lar, [[molluska]]lar va boshqalarda bachadonga oʻxshash tuzilmalar bor, shuningdek suvda va quruqda yashovchilar, baʼzi [[sudralib yuruvchi]]lar va barcha [[sut emizuvchilar]]da bachadon oʻziga xos tuzilishga ega. Bachadonda tuxum yoki pusht rivojlanadi. Tuxum qoʻyadigan hayvonlarning yetilgan tuxum hujayrasi bachadonda vaqtincha joylashadi.

== Manbalar ==
{{Reflist}}

== Adabiyot ==
* Ahmedov N. K., Shomirzayev N. H., „Normal va topografik anatomiya”, T., 1991

[[Turkum:Odam anatomiyasi]]

[[ar:رحم]]
[[an:Utero]]
[[arc:ܡܪܒܥܐ]]
[[az:Uşaqlıq (anatomiya)]]
[[bn:জরায়ু]]
[[zh-min-nan:Seⁿ-kiáⁿ-tē]]
[[be:Матка жанчыны]]
[[be-x-old:Маціца]]
[[bg:Матка]]
[[bs:Materica]]
[[ca:Úter]]
[[cs:Děloha]]
[[sn:Chibereko]]
[[cy:Croth]]
[[da:Livmoder]]
[[pdc:Mudder (Uterus)]]
[[de:Gebärmutter]]
[[dv:ރަހިމު]]
[[et:Emakas]]
[[el:Μήτρα]]
[[en:Uterus]]
[[es:Útero]]
[[eo:Utero]]
[[eu:Umetoki]]
[[fa:رحم]]
[[fr:Utérus]]
[[gd:Machlag]]
[[gl:Útero]]
[[ko:자궁]]
[[hi:गर्भाशय]]
[[hr:Maternica]]
[[io:Utero]]
[[id:Rahim]]
[[it:Utero]]
[[he:רחם]]
[[jv:Rahim]]
[[kk:Жатыр]]
[[ku:Malzarok]]
[[ky:Жатын]]
[[la:Uterus]]
[[lv:Dzemde]]
[[lt:Gimda]]
[[hu:Méh (anatómia)]]
[[ml:ഗർഭപാത്രം]]
[[mr:गर्भाशय]]
[[my:သားအိမ်]]
[[nl:Baarmoeder]]
[[ja:子宮]]
[[no:Livmor]]
[[oc:Utèr]]
[[pl:Macica]]
[[pt:Útero]]
[[ro:Uter]]
[[qu:Kisma]]
[[rue:Матка]]
[[ru:Матка женщины]]
[[simple:Uterus]]
[[sk:Maternica]]
[[sl:Maternica]]
[[sr:Материца]]
[[sh:Materica]]
[[su:Pianakan]]
[[fi:Kohtu]]
[[sv:Livmoder]]
[[tl:Bahay-bata]]
[[ta:கருப்பை]]
[[te:గర్భాశయము]]
[[th:มดลูก]]
[[tr:Rahim]]
[[uk:Матка]]
[[ur:رحم]]
[[vi:Tử cung]]
[[war:Tagoangkan]]
[[wuu:子宫]]
[[yi:טראכט]]
[[zh:子宫]]