Revision 1518607 of "Balgʻam" on uzwiki

{{birlashtirishga|Balgʻam}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->

BALGʻAM — nafas aʼzolari shilliq pardasidan ajraladigan chiqindi; nafas yoʻllarining turli kasalliklarida ajraladi. B. chiqishi ayrim kasalliklar (xususan nafas yoʻllari kasalliklari)ning asosiy belgilaridan biri. B. miqdori har xil; bronxit va oʻpka yalligʻlanishining boshlanishida bemor bir-ikki marta oz-ozdan B. tuflasa, oʻpkaning yiringli kasalliklarida 1 — 2 l gacha B. ajraladi. Odatda B.ning xidi boʻlmaydi, oʻpkada yiringli jarayon roʻy bersa, B. sassiq yoki qoʻlansa boʻladi. B.ning quyuq-suyuqpigi, rangi (oq, zang tusli, qizgʻish) uning tarkibiga bogʻliq. Shilimshiqli, seroz, yiringli, shilimshiq-yiringli, seroz-yiringli va qon aralash B. farq qilinadi. Oʻpka yalligʻlanishi, bronxial astma, bronxitning boshlanishida rangsiz, tiniq, yopishqoq shilimshiqli B. ajraladi. Oʻpkaga shish kelganda ajraladigan B. suyuq, seroz va koʻpikli boʻladi. Oʻpkada yiringli jarayonlar boʻlsa, yiringli, koʻkimtir; yurak va oʻpkaning turli kasalliklarida qon aralash B. ajraladi. B.da qonning hujayra elementlari, oʻsma hujayralari, eng sodda jonivorlar, exinokokk, askarida lichinkalari va oʻsimlik parazitlari (zamburugʻlar), bakteriyalar boʻlishi mumkin. B.ni tekshirish natijalariga qarab kasallik (xususan, nafas yoʻllari kasalliklari) aniqlanadi. Baʼzi kasalliklarda B. atrofidagi kishilarga kasallik yuqtiruvchi manba boʻlishi mumkin, shuning uchun B. ajralishi bilan kechadigan yuqumli kasalliklarda shaxsiy gigiyena qoidalariga qatiy amal qilish lozim.

== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

{{OʻzME}}