Revision 1674986 of "Hayriddin Sultonov" on uzwiki

{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_8=yorit}}

'''Hayriddin Sultonov''' [[Toshkent]] viloyati Qibray tumanidagi Tuzel qishlogʻida 1956 yil 18 yanvarda tugʻilgan. 1973 yilda Parkentdagi maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi (1972). U «[[Guliston]]» (1974—1980), «[[Yoshlik]]» (1982—1985) jurnallarida, Adabiyot va sanʼat nashriyotida (1980—1982, 1985—1993) faoliyat koʻrsatdi.

== H. Sultonov. Quyosh barchaga barobar. ==
1993 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Presidenti devonida mas’ul vazifada ishlab keladi. Uning «[[Quyosh barchaga barobar]]» (1980), «[[Bir oqshom ertagi]]» (1985), «[[Onamning yurti]]» (1987), «[[Umr esa oʻtmoqda]]» (1988), «[[Boburning]] tushlari» (1993) nasriy toʻplamlari kitobxonlarga maʼqul boʻlgan. Uning «[[Saodat sohili]]» (1981) qissasi, «[[Boburiynoma]]» — yangi oʻzbek nasridagi oʻziga xos maʼrifiy roman. Uni badiiylikka oʻralgan qiyosiy-ilmiy tahliliy asar deyish joiz.

== H. Sultonov. Boburiynoma. ==
[[Bobur]] 15 asrda yurtlardan yurtlarga qurol, askarlar bilan oʻtgan. Xayriddin Sultonov 20 asrda [[Bobur]] yurgan yoʻllardan yurdi. Kitobxon beixtiyor besh asr davomida odamlar tabiatida, ruhiyatida roʻy bergan oʻzgarishlarni qiyoslay boshlaydi. «[[Boburiynoma]]»ning qimmatli tomonlaridan biri inson tabiatidagi azaliy xususiyatlarning, insonlararo munosabatlarning kam oʻzgarishidir.

X. Sultonov «[[Changak]]», «[[Moziydan bir sahifa]]», «[[Mehrobdan chayon]]», «[[Yozning yodgori]]», «[[Tushlarimda koʻraman seni]]» stsenariylar muallifi. U Abdulla Qodiriy ijodi, asarlari haqida bir qancha badialar yaratgan.

== Asarlari ==
* Sultonov Xayriddin. Bir oqshom ertagi. T.: Adabiyot va sanʼat, 1983.
* Sultonov Xayriddin. [[Boburning]] tushlari. T.: Adabiyot va sanʼat, 1993.
* Sultonov Xayriddin. Boburiynoma. Maʼrifiy roman. T.: «[[Sharq]]», 1997.


[[Turkum:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]