Revision 1921158 of "Oʻzbekiston milliy bayramlari" on uzwiki

== Yangi yil bayrami ==

Yangi yilning birinchi kuni ananaviy ravishda bayram kuni hisoblanadi. Dunyodagi koʻpchilik xalqlar qatori Oʻzbekistonda ham bu kunni shod-xurramlik bilan qarshilaydilar.

== Vatan himoyachilari kuni ==

O'zbekistonda ushbu bayram o'z qurollantirish kuchlarni tashkil etishga bag`ishlangan. 1992 yil 14 yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi xarbiy o'quv yurtlar va boshqa xarbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini [[O'zbekiston]] Respublikasi yurisdiktsiya qaramog`iga o'tishi to'g`risida qarori qabul qilindi. Shunday qilib xususiy qurollantirish kuchlari tashkil etildi.1993 yilda 29 dekabrda 14 yanvar - '''Vatan himoyachilari kuni''' deb e'lon qilindi

== 8- mart xalqaro xotin qizlar kuni ==

'''Xalqaro xotin-qizlar kuni''' — [[go'zallik]], [[nafosat]] va [[latofat]] bayramidir. Oʻzbekistonda 8 martni onalar bayrami sifatida ham nishonlaydilar. Shu kuni onalar, opa-singillar va qizlarga oʻzbeklar alohida eʼtibor koʻrsatadilar, gullar va sovgʻalar taqdim etadilar.

== Navroʻz bayrami ==

'''Navroʻz''' qadimiy milliy bayram ([[forz]] tilidan tarjima qilindanda „yangi kun“ maʼnosini anglatadi) 21 mart kuni nishonlanadi va yangi yilning boshlanishi hisoblanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Kecha va kunduzning bir hilligidir- 12 soat. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan koʻpgina [[O'zbek]] oilalar [[Sumalak]], [[Xalik]], [[Ko'k somsa]], [[Osh]] kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali boʻlgan koʻp vitaminlarga boydir. Oʻzbek xalqining qadimiy urf-odatlari va anaʼnalari jumladan Navroʻz bayramini nishonlash oʻzga xos tusga ega . Bu bayram barcha xalqlarning doʻstlik va birlik ramziga ega boʻlgan umumxalq bayramidir.

== Xotira va qadirlash kuni ==

1999 yil 9 may kuni Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Xotira maydoni ochilgan. Shu kundan eʼtiboran mazkur sana Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadi. Unda urush va mehnat veteranlariga alohida gʻamxoʻrlik va eʼtibor koʻrsatiladi.

[[Fayl:Mustaqillik.jpg|300px|thumbnail|right|Mustaqillik kuni]]
== Mustaqillik kuni ==

Oʻzbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami — Mustaqillik kunidir. Ushbu bayram 1 sentyabr kuni marosimli va rang barang shaklda nishonlanadi. Milliy bayram '''doʻstlik''', '''xayriya''' va '''har tomonlama xurmatga''' tayangan oʻzbek xalqining barcha orzularini nomoyon etadigan bayramdir.
O'zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari millatiga, diniga va kelib chiqqan irqiga qaramasdan O'zbekistonning barcha hududlarida faol nishonlaydilar.

== Ustoz va murabbiylar kuni ==

'''Oʻqituvchilik''' va '''ustozlik''' qadim zamonlardan sharafli kasb hisoblanadi.'''Ustoz otangdan ulug''' deyiladi oʻzbek xalq maqolida. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 yanvardagi Farmoni bilan 1 oktyabr „Ustozlar va murabbiylar kuni“, deb belgilangan.

== Konstitutsiya kuni ==

Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining asosiy qonuni — Konstitutsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan va har yili 8- dekabr sanasida milliy bayram sifatida nishonlanadi

== Ramazon Xayiti ==

Hijriy taqvim boʻyicha [[Ramazon]] oyida 30 kunlik roʻza tutish nihoyasiga yetgach nishonlanadigan bayram. Shu kuni qariyalar, bemorlar borib koʻriladi, muhtojlarga yordam koʻrsatiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yildagi Farmoni bilan '''Ramazon''' va '''Qurbon''' haitlari dam olish kuni, deb eʼlon qilingan.

== Qurbon Xayiti ==

Musulmonlar tomonidan nishonlanadigan dunyodagi eng katta diniy bayramlardan biridir. Bubayramning negizi,  o'g'lini Olloh yo'lida qurbon qilishga tayyor bo'lgan Payg'ambar Ibrohim bilan bog'liq bo'lgan tarihiy voqeaga taqaladi, shunda uning harakati Olloh tomonidan to'htatilib o'rniga hayvon (qo'y, tuya va boshqa jonliq) qurbon qilish buyuriladi. Bayram uch kun davom etadi va musulmonlar bu kunlarni oila va qarindoslar davrasida o'tkazadilar. Bayram kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, muhtojlarga yordam beradilar. "Qurbon Xayiti"ning birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.

== Havolalar ==
# http://tarix.uz/category/milliy-bayramlar/
# http://namangan.uz/index.php/uz/milliy-bayramlar
# http://kitob.uz/view_data.php?id=2472#

== Manbalar ==
# www.http://namangan.uz/
# www.Ziyo.uz
# www.tarix.uz/
# www.tarix.uz/category/milliy-bayramlar/
[[Turkum:Bayramlar]]