Revision 1945157 of "Bibi-Xonim masjidi" on uzwiki[[file:Bibi-Khanym Mosque (8145400614).jpg|thumb|]]
[[file:Samarkand bibi kanun.jpg|thumb|]]
[[file:SamarkandBibiKhanym.jpg|thumb|]]
[[Fayl:Stamps of Uzbekistan, 2007-36.jpg|220px|right]]
[[Fayl:Stamps of Uzbekistan, 2007-39.jpg|220px|right]]
'''Bibixonim jome masjidi''' - [[Samarqand]]dagi [[meʼmorlik|meʼmoriy]] [[yodgorlik]] ([[1399]]—[[1404]]). [[Amir Temur]]ning katta xotini [[Bibixonim]] (asli Saroymulk xonim) [[nom]]i bilan bogʻliq. Amir Temur farmoni bilan [[qurilish|qurilgan]]. [[Masjid]]ni kurgan [[usta]] va [[meʼmor]]larning nomlari nomaʼlum. Masjid [[hovli]]sining sahni 63,8x76,0 m boʻlib, [[4 (son)|toʻrt]] tomondan [[ravoq]] va [[peshtoq|peshtok]]lar bilan oʻralgan. Uning umumiy sahni 167x109 m, burchaklarida baland [[minora]]lar boʻlgan. [[Zilzila]]lar taʼsirida astasekin yemirilib vayron boʻlgan, faqat shim.gʻarbiy minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan, balandligi 18,2 m. [[Poydevor]]i [[xarsangtosh|harsang tosh]]dan, [[devor]]lari pishiq [[gʻisht]]dan ishlangan (qalinligi 4,5 m).
Masjidning bir-biri bilan bogʻlangan 6 ta meʼmoriy boʻlaklari saqlanib qolgan. Bular hovlining toʻrida [[mehrob]]li va baland peshtoqli [[bino]], ikki yonida uning kichik [[nusxa]]si, poyida masjidning ikkiga boʻlingan peshtoqi va shim.gʻarb tomonda minoradir. Ilgari bu boʻlaklar 3 qator oq [[marmar]] [[ustun]]li, yengil ravoqli [[bostirma]][[ayvon]]lar bilan birlashgan va ular tepasida [[gumbaz]]chalar (400 ta) boʻlgan. Ustunlar 480 ta (oraligʻi 3,5 m) boʻlib, tagkursili, tanasi [[oʻyma]] [[naqsh]], tepasi kalla [[muqarnas]]lar bilan [[bezash sanʼati|bezalgan]] (ular [[tuproq]] ostiga kumilib ketgan, arxeologik qidiruv ishlari natijasida ustunlar, tagkursilar va mayda [[kosa]]chalardan iborat muqarnasli ustun qoshi topilgan). Hovlining har ikki yonida tashqi [[darvoza]]ga ega bulgan turtta peshtokli [[darvozaxona]]si bor. Masjidning hovli sahniga marmar toshtaxtachalar yotqizilgan. Hovli oʻrtasida marmar toshdan yasalgan ulkan [[lavh]] ([[Qurʼon]] oʻqiladigan maxsus [[kursi]]) bulib, u dastlab asosiy bino ichida turgan (1875 yilda katta gumbazning qulashidan xavflanib, hovli oʻrtasiga chiqarib qoʻyilgan). Atrofiga nafis [[hoshiya]]lar chizilgan, muqarnaslar, [[oʻsimlik]]simon nakshlar va [[yozuv]]lar bilan bezalgan lavh Amir Temurning [[nabira]]si [[Ulugʻbek]] farmoniga binoan [[XV asr|15-asr]] urtalarida yasalgan. Unga "Sultoni azim, oliy himmatli xoqon, dindiyonat homiysi, Xanafiya mazhabiningposboni, aslzoda sulton, ibni sulton, amiri moʻʼminin Ulugʻbek Koʻragon", deb bitilgan.
Masjidga kiraverishdagi peshtoqning yuqori qismi [[Oʻratepa zilzilasi|1897 yilgi zilzila]] paytida qulagan (qolgan qismining balandligi 33 m, kengligi 46 m). Peshtoq mahobatli boʻlib, oʻrtasida kengligi 18,8 m li ravoq bor. Yon tomonlaridagi minoralar peshtoqdan baland. Peshtoqning ichki tomonida kichikroq (ikkinchi) ravoq oʻrnashgan. Unda oʻyma marmar hoshiyali darvoza boʻlgan. Uning ustidagi lavhada masjidning qurilgan yili va Amir Temur [[shajara]]si yozilgan (1897 yilgi zilzilada katta peshtoq ravogʻi qulab tushgan). [[Qoʻsh (uslub)|Qoʻsh]] [[tabaqa (qator)|tabaqa]]li darvoza [[7 (son)|yetti]] xil metall [[qotishma]]si— "hafti jush"dan yasalgan (keyinchalik yoʻqolib ketgan). Peshtoqning yon [[qanot]]larida ikkita aylanma [[zina]] boʻlgan. Zinadan yuqoriga—kungura ravoqli maydonchaga chiqilib, undan minoraga oʻtilgan. Peshtoqning keng yuzasi jilvali [[koshin]]lar, rangbarang , [[qalqon]] shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan (hozir peshtoqning koshinlari tushib ketgan. Peshtoqning saqlanib qolgan qismi yorilib, devordan ajralib qolgan). Masjidning asosiy ([[mehrob]]li) binosi Amir Temur zamonasining meʼmoriy [[uslub]]lari haqida toʻliq [[tasavvur]] beradi. [[Sharafuddin Ali Yazdiy|Sharafiddin Ali Yazdiy]]ning "Agar osmon gumbazi boʻlmaganda masjid gumbazi olamda yagona boʻlar edi", degan [[mubolagʻa]]si bejiz emas. Asosiy binoning old tomonida peshtoq, markazida ravoq va burchaklarida ikkita koʻp qirrali minora bor. Peshtoq orqasidagi [[xona]] oddiy, ammo salobatli [[handasa|handasiy]] shakllar yigʻindisi ([[kub]]simon [[prizma]], xonaning sakkiz qirrali qismi ustiga tushgan poygumbaz va gumbaz)dan iborat. Kubsimon prizma binoning asosiy hajmi boʻlib, tomonlari 14,6 m ga teng . Uning ustida xona devorlari boʻylab oʻtuvchi ravoqlardan iborat 8 qirrali prizma bor. Gumbazning [[doira (shakl)|doira]]li asosiga poygumbaz tutashtirilgan. Poygumbaz [[sirt]]iga Qurʼon [[oyat]]lari bitilib, usti [[feruza]] koshinlar bilan [[pardozlash|pardozlangan]] gumbaz bilan berkitilgan ([[qoldiq|qoldigʻi]] koʻrinib turibdi). Uning kirish tomonlari ham bosh peshtoq kabi rangbarang koshinlar bilan qoplangan, [[sopol]] gʻishtchalar yotiq, sirlangan rangli gʻishtchalar tik terilgan. Asosiy naqsh shakllari tiniq, [[lojuvard]] gʻishtchalardan terilib, ularning oraligʻi zangori gʻishtchalar, oq toshlar bilan tuldirilgan. Oddiy handasiy shakllar va [[pechak]] kabi chirmashib ketgan yozuvlar bino [[bezak|bezagi]]ning tarkibiy qismini tashkil etadi. Mehrobli binoning baland minoralari sathi [[toʻrtburchak|4 burchakli]] kichik [[namoyon]]larga boʻlingan. Handasiy shakl va [[islimiy]] naqshlar (turli [[rang]]larda) namoyonlarni bezagan. Ular [[koshinkorlik]] uslubida ishlangan. Peshtoq devorining [[yuza]]si [[kesma koshin]] bilan qoplangan. Koshinkor bezakning har bir boʻlagi, [[gul (naqsh)|gul]]larning [[oʻzak]]lari, kosachalari, [[poya]]lari, gunchalari va [[barg]]lari maxsus [[zamin]]<nowiki />koshinlar parchasidan alohida kesib olingan, sopolchalar oraliq qoddirmay bir-biriga moye joylashtirilgan. Bu koshinlar (ayniqsa koʻk ranglilari) tiniq [[shisha]] kabi yaltirab turadi. Masjid yonidagi ikki kichik bino mehrobli xonaning asosan kichik [[hajm]]dagi takrori boʻlsada, nakshlarning soddaligi va gumbazning kungiradorligi bilan farqlanadi. Masjidning ichki qismini pardozlashda [[naqqoshlik]] bezaklari qatorida [[zarhal]] [[boʻrtma naqsh]]lardan keng foydalanilgan. Masjiddagi koʻp qirrali [[yulduz]]lar, 3 qavatli xatlar oʻyilgan lavhalar jajji muqarnaslar bilan bezalgan, hoshiyalar oq toshdan yoʻnilgan. Tarixnavis [[Ibn Arabshoh Shihobuddin Ahmad Ibn Muhammad Ibn Abdullox. Ibn Ibrohim|Ibn Arabshoh]]ning shahodat berishicha, [[Jome masjid]]i mahobatidan hayratga kelgan zamondoshlari "Obidalarimiz avlodlarga bizning kimligimizdan darak beradi", deb gʻurur bilan jar solishgan ekan.
[[1868]] yilda [[podsho]] [[Rossiya]]si [[qoʻshin]]lari Samarqandni [[qamal]] qilganda Bibixonim jome masjidi m. toʻp oʻqidan vayron boʻlgan. Vayrona holda boʻlsa ham masjidning meʼmoriy shakllari serhashamligi, bezaklarining nafisligi bilan kishi [[diqqat]]ini jalb qilib kelgan. Undagi rangbarang naqshlarda oʻsha davr [[xalq]] [[usta]]larining nozik [[did]]i va yuksak mahoratidan darak beradi.
Oʻzbekiston [[mustaqillik]]ka erishgandan soʻng [[Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti|Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti]] [[Islom Karimov]] tashabbusi bilan oʻtmishimizning boshqa meʼmoriy yodgorliklari qatori Bibixonim jome masjidi m. ni tiklashga alohida eʼtibor berildi. [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi|Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi]]ning "Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash" haqidagi qarori (1994 yil 29 dek.)ga binoan meʼmoriy majmuada taʼmir ishlari olib borilmoqda.
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* Zohidov P., Temur davrining meʼmoriy qahkashoni, T., 1996.
{{Samarqanddagi diqqatga sazovor joylar}}
{{OʻzME}}
[[Turkum:Oʻzbekiston meʼmoriy yodgorliklari]]
[[Turkum:Samarqand]]All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?oldid=1945157.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|