Revision 1969518 of "Bibi-Xonim masjidi" on uzwiki[[file:Bibi-Khanym Mosque (8145400614).jpg|thumb|]]
[[file:Samarkand bibi kanun.jpg|thumb|]]
[[file:SamarkandBibiKhanym.jpg|thumb|]]
[[Fayl:Stamps of Uzbekistan, 2007-36.jpg|220px|right]]
[[Fayl:Stamps of Uzbekistan, 2007-39.jpg|220px|right]]
'''Bibixonim jome masjidi''' - [[Samarqand]]dagi [[meʼmorlik|meʼmoriy]] [[yodgorlik]] ([[1399]]—[[1404]]). [[Amir Temur]]ning katta xotini [[Bibixonim]] (asli Saroymulk xonim) [[nom]]i bilan bogʻliq. Amir Temur farmoni bilan [[qurilish|qurilgan]]. [[Masjid]]ni kurgan [[usta]] va [[meʼmor]]larning nomlari nomaʼlum. Masjid [[hovli]]sining sahni 63,8x76,0 m boʻlib, [[4 (son)|toʻrt]] tomondan [[ravoq]] va [[peshtoq|peshtok]]lar bilan oʻralgan. Uning umumiy sahni 167x109 m, burchaklarida baland [[minora]]lar boʻlgan. [[Zilzila]]lar taʼsirida astasekin yemirilib vayron boʻlgan, faqat shim.gʻarbiy minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan, balandligi 18,2 m. [[Poydevor]]i [[xarsangtosh|harsang tosh]]dan, [[devor]]lari pishiq [[gʻisht]]dan ishlangan (qalinligi 4,5 m).
Masjidning bir-biri bilan bogʻlangan 6 ta meʼmoriy boʻlaklari saqlanib qolgan. Bular hovlining toʻrida [[mehrob]]li va baland peshtoqli [[bino]], ikki yonida uning kichik [[nusxa]]si, poyida masjidning ikkiga boʻlingan peshtoqi va shim.gʻarb tomonda minoradir. Ilgari bu boʻlaklar 3 qator oq [[marmar]] [[ustun]]li, yengil ravoqli [[bostirma]][[ayvon]]lar bilan birlashgan va ular tepasida [[gumbaz]]chalar (400 ta) boʻlgan. Ustunlar 480 ta (oraligʻi 3,5 m) boʻlib, tagkursili, tanasi [[oʻyma]] [[naqsh]], tepasi kalla [[muqarnas]]lar bilan [[bezash sanʼati|bezalgan]] (ular [[tuproq]] ostiga kumilib ketgan, arxeologik qidiruv ishlari natijasida ustunlar, tagkursilar va mayda [[kosa]]chalardan iborat muqarnasli ustun qoshi topilgan). Hovlining har ikki yonida tashqi [[darvoza]]ga ega bulgan turtta peshtokli [[darvozaxona]]si bor. Masjidning hovli sahniga marmar toshtaxtachalar yotqizilgan. Hovli oʻrtasida marmar toshdan yasalgan ulkan [[lavh]] ([[Qurʼon]] oʻqiladigan maxsus [[kursi]]) bulib, u dastlab asosiy bino ichida turgan (1875 yilda katta gumbazning qulashidan xavflanib, hovli oʻrtasiga chiqarib qoʻyilgan). Atrofiga nafis [[hoshiya]]lar chizilgan, muqarnaslar, [[oʻsimlik]]simon nakshlar va [[yozuv]]lar bilan bezalgan lavh Amir Temurning [[nabira]]si [[Ulugʻbek]] farmoniga binoan [[XV asr|15-asr]] urtalarida yasalgan. Unga "Sultoni azim, oliy himmatli xoqon, dindiyonat homiysi, Xanafiya mazhabiningposboni, aslzoda sulton, ibni sulton, amiri moʻʼminin Ulugʻbek Koʻragon", deb bitilgan.
Masjidga kiraverishdagi peshtoqning yuqori qismi [[Oʻratepa zilzilasi|1897 yilgi zilzila]] paytida qulagan (qolgan qismining balandligi 33 m, kengligi 46 m). Peshtoq mahobatli boʻlib, oʻrtasida kengligi 18,8 m li ravoq bor. Yon tomonlaridagi minoralar peshtoqdan baland. Peshtoqning ichki tomonida kichikroq (ikkinchi) ravoq oʻrnashgan. Unda oʻyma marmar hoshiyali darvoza boʻlgan. Uning ustidagi lavhada masjidning qurilgan yili va Amir Temur [[shajara]]si yozilgan (1897 yilgi zilzilada katta peshtoq ravogʻi qulab tushgan). [[Qoʻsh (uslub)|Qoʻsh]] [[tabaqa (qator)|tabaqa]]li darvoza [[7 (son)|yetti]] xil metall [[qotishma]]si— "hafti jush"dan yasalgan (keyinchalik yoʻqolib ketgan). Peshtoqning yon [[qanot]]larida ikkita aylanma [[zina]] boʻlgan. Zinadan yuqoriga—kungura ravoqli maydonchaga chiqilib, undan minoraga oʻtilgan. Peshtoqning keng yuzasi jilvali [[koshin]]lar, rangbarang , [[qalqon]] shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan (hozir peshtoqning koshinlari tushib ketgan. Peshtoqning saqlanib qolgan qismi yorilib, devordan ajralib qolgan). Masjidning asosiy ([[mehrob]]li) binosi Amir Temur zamonasining meʼmoriy [[uslub]]lari haqida toʻliq [[tasavvur]] beradi. [[Sharafuddin Ali Yazdiy|Sharafiddin Ali Yazdiy]]ning "Agar osmon gumbazi boʻlmaganda masjid gumbazi olamda yagona boʻlar edi", degan [[mubolagʻa]]si bejiz emas. Asosiy binoning old tomonida peshtoq, markazida ravoq va burchaklarida ikkita koʻp qirrali minora bor. Peshtoq orqasidagi [[xona]] oddiy, ammo salobatli [[handasa|handasiy]] shakllar yigʻindisi ([[kub]]simon [[prizma]], xonaning sakkiz qirrali qismi ustiga tushgan poygumbaz va gumbaz)dan iborat. Kubsimon prizma binoning asosiy hajmi boʻlib, tomonlari 14,6 m ga teng . Uning ustida xona devorlari boʻylab oʻtuvchi ravoqlardan iborat 8 qirrali prizma bor. Gumbazning [[doira (shakl)|doira]]li asosiga poygumbaz tutashtirilgan. Poygumbaz [[sirt]]iga Qurʼon [[oyat]]lari bitilib, usti [[feruza]] koshinlar bilan [[pardozlash|pardozlangan]] gumbaz bilan berkitilgan ([[qoldiq|qoldigʻi]] koʻrinib turibdi). Uning kirish tomonlari ham bosh peshtoq kabi rangbarang koshinlar bilan qoplangan, [[sopol]] gʻishtchalar yotiq, sirlangan rangli gʻishtchalar tik terilgan. Asosiy naqsh shakllari tiniq, [[lojuvard]] gʻishtchalardan terilib, ularning oraligʻi zangori gʻishtchalar, oq toshlar bilan tuldirilgan. Oddiy handasiy shakllar va [[pechak]] kabi chirmashib ketgan yozuvlar bino [[bezak|bezagi]]ning tarkibiy qismini tashkil etadi. Mehrobli binoning baland minoralari sathi [[toʻrtburchak|4 burchakli]] kichik [[namoyon]]larga boʻlingan. Handasiy shakl va [[islimiy]] naqshlar (turli [[rang]]larda) namoyonlarni bezagan. Ular [[koshinkorlik]] uslubida ishlangan. Peshtoq devorining [[yuza]]si [[kesma koshin]] bilan qoplangan. Koshinkor bezakning har bir boʻlagi, [[gul (naqsh)|gul]]larning [[oʻzak]]lari, kosachalari, [[poya]]lari, gunchalari va [[barg]]lari maxsus [[zamin]]<nowiki />koshinlar parchasidan alohida kesib olingan, sopolchalar oraliq qoddirmay bir-biriga moye joylashtirilgan. Bu koshinlar (ayniqsa koʻk ranglilari) tiniq [[shisha]] kabi yaltirab turadi. Masjid yonidagi ikki kichik bino mehrobli xonaning asosan kichik [[hajm]]dagi takrori boʻlsada, nakshlarning soddaligi va gumbazning kungiradorligi bilan farqlanadi. Masjidning ichki qismini pardozlashda [[naqqoshlik]] bezaklari qatorida [[zarhal]] [[boʻrtma naqsh]]lardan keng foydalanilgan. Masjiddagi koʻp qirrali [[yulduz]]lar, 3 qavatli xatlar oʻyilgan lavhalar jajji muqarnaslar bilan bezalgan, hoshiyalar oq toshdan yoʻnilgan. Tarixnavis [[Ibn Arabshoh Shihobuddin Ahmad Ibn Muhammad Ibn Abdullox. Ibn Ibrohim|Ibn Arabshoh]]ning shahodat berishicha, [[Jome masjid]]i mahobatidan hayratga kelgan zamondoshlari "Obidalarimiz avlodlarga bizning kimligimizdan darak beradi", deb gʻurur bilan jar solishgan ekan.
[[1868]] yilda [[podsho]] [[Rossiya]]si [[qoʻshin]]lari Samarqandni [[qamal]] qilganda Bibixonim jome masjidi m. toʻp oʻqidan vayron boʻlgan. Vayrona holda boʻlsa ham masjidning meʼmoriy shakllari serhashamligi, bezaklarining nafisligi bilan kishi [[diqqat]]ini jalb qilib kelgan. Undagi rangbarang naqshlarda oʻsha davr [[xalq]] [[usta]]larining nozik [[did]]i va yuksak mahoratidan darak beradi.
Oʻzbekiston [[mustaqillik]]ka erishgandan soʻng [[Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti|Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti]] [[Islom Karimov]] tashabbusi bilan oʻtmishimizning boshqa meʼmoriy yodgorliklari qatori Bibixonim jome masjidi m. ni tiklashga alohida eʼtibor berildi. [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi|Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi]]ning "Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash" haqidagi qarori (1994 yil 29 dek.)ga binoan meʼmoriy majmuada taʼmir ishlari olib borilmoqda.

== Bibixonim jome' masjidi tarixi ==
XIV-XV asrlarda Movoraunnahrda, temuriylar davrida obod poytaxtga ega bo‘lgan, kuchli davlat yuzaga keldi. Samarqandda yirik qurilish ishlari avj oldi. Unda Sharq xalklarining me’morchilik tajribasi va xalq an’analari mujassamlashgan edi.

Amir Temur jome’ masjidi Markaziy Osiyoda eng yirik inshootlardan biri hisoblanadi.

Amir Temur dargohida yashagan tarixchi G‘iyosiddin Ali Yazdiyning yozishicha, «…801 yilning ramazoni Sharif oyining to‘rtinchi kunida (1399 yil 10 may) masjid uchun poytaxtning eng yaxshi joyini Amir Temur tanladi. Mashhur ustalar va me’morlar bu ulkan imoratning loyihasini tuzdilar va eng saodatli daqiqada uning poydevorini qura boshladilar…»

Mazkur masjid tarixi haqida Abu Tahirxo‘ja «Samariya» asarida shunday keltiradi: «Amir Temur Ko‘ragonning jome’ masjidi shahar ichida, (uning) shimol tomonida Hazrati Shoh (Dari Ohanin) darvozasining yaqinidadir.»

Jome’ning ravoqi ustida: «Amir Tarag‘ay o‘g‘li buyuk hoqon Amir Temur Ko‘ragon 801 yilda ushbu jome’ning solinishiga amr qildi». Jome’ darvozasining naqshida yozilgandirkim: Ushbu jome’ni bitkazishga 806 yilda (melodiy 1404) muvaffaq bo‘lindi». Ushbu jome’ning eshigi ikki tabaqalik bo‘lib, xulo (birinch, mis va rux birga qo‘shilib eritilsa xulo bo‘lur) quyulgan va fusunkor ustalar jome’ning kirar yeriga po‘lod qalam uchi bilan juda ham go‘zal tabiatli naqshlar qilgan. Jome’ eshigi ustida bayt yozilgan. Uning mazmuni: «Xalq kaftida bori aldov va xavasdir. Ish dunyoning yolg‘iz egasi bo‘lgan tangrining ixtiyoridadir».

Bibixonim jome’ masjidining umumiy sahni 167x109m, burchaklarida baland minoralar bo‘lgan va hozirgi davrda bu minoralar qayta tiklandi. Jome’ masjid zilzilalar ta’sirida asta-sekin yemirilib vayron bo‘lgan, faqat shimoli-g‘arbiy minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan, balandligi 18,2 m.
Ko‘p yillar davomida Samarqandning guzarlaridan biri, shu minora sharafiga qadimdan «Yakka minor» deb yuritilib kelinmokda. Bibixonim jome’ masjidi poydevori xarsang toshdan, devorlari pishiq g‘ishtdan ishlangan (qalinligi 4,4 - 5 m).

Ta’mir-tiklashga qadar jome’ masjidi, bir-biri bilan bog‘lanmagan 6 ta me’moriy bo‘laklardan iborat edi: hovlining to‘rida mehrobli va baland peshtokli bino, ikki yonida uning kichik nusxasi, poyida masjidning ikkiga bo‘lingan peshtoqi va shimoli-g‘arbda alohida saqlanib qolgan minora bo‘lgan. Ilgari bu bo‘laklar uch qator oq marmar ustunli, yengil ravoqli peshayvonlar bilan birlashgan va ular tepasida gumbazchalar (400 ta) bo‘lgan. Ustunlar 480 ta (oraligi 3,5m) bo‘lib, tagkursili, tanasi o‘yma naqsh, tepasi rangli koshinlar bilan ishlangan, muqarnaslar bilan bezalgan (ular tuproq ostiga ko‘milib ketgan, arxeologik qidiruv ishlari natijasida ustunlar, tagkursilar va mayda kosachalardan iborat muqarnasli ustun boshi topilgan). Har biri tashqi darvozaga ega bo‘lgan to‘rtta peshayvoni bor.

Jome’ masjidining hovli sahniga marmartosh taxtachalar yotqizilgan. Hovli o‘rtasida marmar toshdan yasalgan ulkan lavh (Qur’on o‘qiladigan maxsus kursi) bo‘lib, u dastlab asosiy bino ichida turgan (1875 yilda katta gumbazning qulashidan xavflanib, hovli o‘rtasiga chiqarib qo‘yilgan). Atrofiga nafis hoshiyalar chizilgan, muqarnaslar, o‘simliksimon naqshlar va yozuvlar bilan bezalgan. Lavh, Amir Temurning nabirasi Ulug‘bek farmoniga binoan, XV asr o‘rtalarida yasalgan. Unga «Sultoni azim, oliy himmatli xoqon, din-diyonat homiysi, Hanafiya mazxabining posboni, aslzoda sulton, ibn sulton, amiri mo‘‘min Ulug‘bek Ko‘ragon» deb bitilgan. Bu yerga formatlash zarur boʻlmagan matnni qoʻying

Jome’ masjidga kiraverishdagi peshtoqning yuqori qismi 1897 yilgi zilzila paytida qulagan (qolgan qismining balandligi 33 m, kengligi 46 m). Peshtoq mahobatli bo‘lib, o‘rtasida kengligi 18,8 metrli ravoq bor. Yon tomonlaridagi minoralar peshtoqdan baland. Peshtoqning ichki tomonida kichikroq (ikkinchi) ravoq o‘rnashgan. Unda o‘yma marmar hoshiyali darvoza bo‘lgan. Uning ustidagi lavhasida masjidning qurilgan yili va Amir Temur shajarasi yozilgan. Qo‘sh tavaqali darvoza yetti xil temir qotishmasi «hafti jo‘sh»dan yasalgan (keyinchalik yo‘qolib ketgan). Peshtoqning yon qanotlarida ikkita aylanma zina bo‘lgan. Zinadan yuqoriga-qo‘ng‘ira ravoqli maydonchaga chiqilib, undan minoraga o‘tilgan. Peshtoqning keng yuzasi jilvali koshinlar, rang-barang, qalqon shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan. (Ta’mirga qadar peshtoqning koshinlari deyarli tushib ketgandi. Peshtoqning saqlanib qolgan qismi yorilib, devordan ajralib qolgandi). Jome’ masjidning asosiy (mehrobli) binosi Amir Temur zamonasining me’moriy uslublari haqida tasavvur beradi.

Asosiy binoning old tomonida peshtoq, markazida ravoq va burchaklarida ikkita ko‘p qirrali minora bor. Peshtoq orqasidagi xona oddiy, ammo salobatli xandasaviy shakllar yig‘indisi (kubsimon prizma, xonaning sakkiz qirrali qismi ustiga tushgan baraban va gumbaz)dan iborat. Kubsimon prizma binoning asosiy hajmi bo‘lib, tomonlari 14,6 m ga teng. Uning ustida xona devorlari bo‘ylab o‘tuvchi ravoqlardan iborat sakkiz qirrali prizma bor.

Gumbazning doirali asosi sirtiga, muqaddas Qur’on oyatlari bitilib, usti feruza koshinlar bilan pardozlangan gumbaz bilan berkitilgan (qoldig‘i ko‘rinib turibdi). Uning kirish tomonlari ham, bosh peshtoq kabi rang-barang koshinlar bilan qoplangan, sopol g‘ishtchalar yotiq, sirlangan rangli g‘ishtchalar tik terilgan. Asosiy naqsh shakllari tiniq, lojuvard g‘ishchalardan terilib, ularning oralig‘i zangori g‘ishtchalar, oq toshlar bilan to‘ldirilgan. Oddiy handasaviy shakllar va pechak kabi chirmashib ketgan yozuvlar, bino bezagining tarkibiy qismini tashkil etadi.

Mexrobli binoning baland minoralari sathi to‘rt burchakli kichik izora taxtalariga bo‘lingan. Handasaviy shakl va o‘simliksimon naqshlar (turli ranglarda) pannolarni bezagan. Ular parchinkorlik, koshinkorlik uslubida ishlangan. Peshtoq devorining yuzasi kesma koshin bilan qoplangan.
Bu koshinlar (ayniqsa ko‘k ranglilari) tiniq shisha kabi yaltirab turadi. Masjid yonidagi ikki kichik bino mehrobli xonaning asosan kichik hajmdagi takrori bo‘lsada, naqshlarining soddaligi va gumbazining qo‘ng‘iradorligi bilan farqlanadi. Jome’ masjidining ichki qismini pardozlashda naqqoshlik bezaklari qatorida zarhal bo‘rtma gulqog‘oz (pape-mashe)dan keng foydalanilgan.

Masjiddagi ko‘p qirrali yulduzlar, uch qavatli xatlar o‘yilgan lavhalar jajji muqarnaslar bilan bezatilgan, xoshiyalar oxaktoshdan yo‘nilgan. Vayrona holatda bo‘lsa ham, me’moriy shakllarining serhashamligi, bezaklarining nafisligi bilan, kishi diqqatini jalb qiladi. Undagi rang-barang naqshlar, o‘sha davr xalq ustalarining nozik didi va yuksak mahoratidan darak beradi.

Bibixonim jome’ masjidida, keyingi davrda ta’mir-tiklash bobida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi, juda katta hajmdagi ta’mirlash ishlari olib borildi. Masjidning old katta ravog‘i, masjid binosini o‘rab turgan baland devor, ikki kichik gumbaz va minoralari, ichki katta gumbaz va katta ravoq ta’mirlandi va undagi-barcha koshin naqshu nigorlar qayta tiklandi, Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan mohir ta’mirchi ustalar jalb qilindi. Ta’mir ishlari hali oxiriga yetkazilganicha yo‘q.

== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* Zohidov P., Temur davrining meʼmoriy qahkashoni, T., 1996.
* [[Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi]] - SAMARQANDNING TARIXIY OBIDALARI VA MUZYeYLARI BO‘YIChA EKSKURSIYa MATNLARI, 2010
{{Samarqanddagi diqqatga sazovor joylar}}
{{OʻzME}}
[[Turkum:Oʻzbekiston meʼmoriy yodgorliklari]]
[[Turkum:Samarqand]]All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?oldid=1969518.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.