Revision 2024004 of "Bayt ul-hikma" on uzwiki'''Bayt al-Hikma''' ([[arab tili|arab.]] '''بيت الحكمة''' ''tarj. Hikmatlar uyi'') [[Abbosiylar]] davrida [[Bogʻdod]]dagi yirik kutubxona va tarjima instituti boʻlgan.<ref>Iraq :: The 'Abbasid Caliphate - Britannica Online Encyclopedia</ref> U [[Islom oltin davri]]ning asosiy ilm markazi boʻlib hisoblanadi.
==Tarixi==
[[File:ManuscriptAbbasid.jpg|thumb||300px|right]]
[[VIII asr]] oxiri [[IX asr]] boshida [[Arab xalifaligi|xalifalik]]ning markazi Bogʻdodda ilm-fan rivojlandi. Qadimgi [[yunon]] olimlari [[Platon]] ([[Aflotun]]), [[Aristotel]] ([[Arastu]]), [[Sokrat]] ([[Suqrot]]), [[Gippokrat]] ([[Buqrot]]), [[Galen]] ([[Jolinus]]), [[Yevklid]] ([[Iqlidus]]) kabilarning asarlari [[arab tili]]ga tarjima qilindi. [[Xristian]] va [[islom]] olimlari oʻrtasida hamkorlik ishlari amalga oshirildi. Xalifa [[Xorun ar-Rashid]] oʻlimidan soʻng([[813-yil]]), uning oʻgʻli [[al-Ma'mun]] xalifa etib tayinlandi. U ilm-fan, madaniyatga qiziqqan odam boʻlib, unga qadar xalifalikning [[Markaziy Osiyo]] va [[Xuroson]] boʻyicha vakili sifatida [[Marv]]da hokimlik qilar edi. Otasining oʻlimidan soʻng xalifa sifatida Bogʻdodga koʻchgach, u yerda ilmiy markaz tashkil etib, unga barcha musulmon oʻlkalari, jumladan, [[Movarounnahr]]dan ham olimu fozillarni toʻpladi. Bu markazda Movarounnahr, Xurosondan chiqqan [[Muso al-Xorazmiy]], [[Ahmad al-Farg`oniy]], [[Marvaziy]], [[Marvarudiy]], [[Javhariy]] kabi olimlar faoliyat koʻrsatib, Bogʻdodda ilm va madaniyat, hamda [[arab]] ilmini olamga mashhur qilishda ulkan hissa qoʻshdilar. Bu ilmiy markaz „Bayt al-hikma“ deb ataldi.
==Izoh==
{{reflist}}
[[Turkum:Arab xalifaligi]]
[[Turkum:Akademiyalar]]All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?oldid=2024004.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|