Revision 2026710 of "Umarxon Ahmadjonov" on uzwiki'''Umarxon Ahmadjonov''' (1940.06.23 Namangan viloyatining Sardoba dahasi) — shoir, asli kasbi dorishunos. Uni '''"Sardobali shoir Malhamiy"''' ham deyishadi. Oʻrta maktabni tugatib, Toshkent Davlat Farmatsevtika oliygohiga (1965-yilda tugatdi) o‘qishga kiradi. Namanganda dorishunos bo‘lib ishlay boshlaydi.
Ona yer, diyor, muhabbat va kishilar o‘rtasidagi oqibat uning sheʼrlarida bosh mavzuni tashkil etadi. Uning birinchi sheʼri 1963-yilda „Toshkent haqiqati“ ro‘znomasida „Qizcha muborak bo‘lsin“ nomi bilan bosilib chiqadi. „Boychechak“, „Oltin belanchak“ kabi almanaxlarda uning sheʼr, gʻazal va qo‘shiqlari bosiladi. Jumladan, shoirning „Boychechak“ almanaxida „Iftixor“ turkumida to‘qqizta sheʼri chop etiladi.
== „Fidoyilik“ g‘azalida ==
Jonajon do‘stlarga hargiz jon fido etgum kelur,<br />
Yetmasa ul qadrima ul do‘st bahridan o‘tgum kelur.
Hayotda, kishilardagi eng yaxshi fazilat, xislat, namunali sifatlarni bir tomondan olqishlab, shunga daʼvat etsa, ikkinchi tomondan bemehr, toshbag‘ir, insoniy fazilatlardan mahrum kishilardan o‘zini yiroq tutadi. Har ikki holatni ko‘pincha qaramaqarshi qo‘yib — kontrast orqali yanada yorqinroq ifodalaydi.
== „Oqibat“ sheʼrida ==
Oramizdan qayerlarga ketib qolding oqibat,<br />
Oqibatli el yuzidan pardang olding, oqibat.
Shoirning shu kungacha uch sheʼriy to‘plami chop etilgan. Eng so‘nggisi 1992 yilda „Zebosan“ nomi bilan chop etildi. To‘plam isteʼdodli va suyukli shoir [[Muhammad Yusuf]] fotihasi bilan ochildi. „U, — deydi M.Yusuf o‘z so‘zboshisida,— Ona diyor, ishq-muhabbat haqida bajonidil qalam tebratayotir. Soflik, mehroqibat, samimiylikni o‘ziga xos uslubda kuylaydi. Shoir har bir kitobxonning qalbiga kirib borishga harakat qiladi va bunga erishgan ham“.<ref>Sobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: „[[Fan]]“, 1993</ref>
== Qoʻshiqlari ==
* „Oʻtar“
* „Bilgaymusan“
* „Mehrim o‘zing“
* „Otajon“
* „Do‘stlarim“
* „Iboli bo‘lsin“
== Manbalar ==
{{Manbalar}}
== Havolalar ==
* [http://darsliklar.ru/adabiyot Umarxon Ahmadjonov haqida qoʻshimcha maʼlumot]
* [http://tarix.uz/buyuk-shaxslar/ozbek-ziyolilari/umarxon-ahmadjonov/ Umarxon Ahmadjonov „Buyuk shaxslar“ portalida]
[[Turkum:Shoir va yozuvchilar]]
[[Turkum:Shoirlar]]All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?oldid=2026710.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|