Revision 2087860 of "Ibrohim alayhis-salom" on uzwiki'''Ibrohim alayhis-salom''' - [[Qurʻon]]da nomi [[zikr]] etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, [[arablar]] va [[yahudiylar]]ning umumiy [[ajdod]]i.
Yakkaxudolikni targʻib qilgan. [[Alloh]]ning chin doʻsti (xalilulloh), [[imom]] ("jamoa rahbari"), siddiq ("haqiqatgoʻy") va hanif ("yakkaxudolikni targʻib qiluvchi") deb taʻriflanadi.
Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida [[Avraam]] nomi bilan maʻlum. [[Bobil]]da tavallud
topgan. Avvaliga yulduz, oy, [[quyosh]]ga sigʻinish noto'g'ri ekanini ko'rsatib bergan. Ya'ni yulduzni yoki oyni ko'rsatib mana meni Xudoyim deb aytadi, kun yorishganidan keyin esa oy ham yulduz ham ko'rinmaganidan keyin bular Xudo bo'la olmas ekan degan va kunduzi quyoshni ko'rsatib mana unda meni Xudoyim degan ammo kech tushganida quyosh kirib ketganini ko'rib bu ham meni Xudoyim bo'la olmas ekan deb g'ayri dinlarga Xudo oy, yulduz, quyosh yoki shunga o'xshash narsalar Xudo emas ekanligini tushuntirish uchun shunday degan. Ammo o'zi sig'inmagan Allohdan boshqa narsaga. Otasi [[Ozor]] va qavmlarini ham ana shunga daʻvat qilgan. Bu hakda
[[Qurʻon]]da ([[Anbiyo surasi]] 53-56-oyatlar) kelgan. Ular bilan bahslashgan, ammo
ishontirolmagach, otasi va qavmlari sigʻinib yurgan hamma [[but]]larni sindirib tashlagan
([[Anbiyo surasi]] 58-60-[[oyat]]lar). Shu sababli uni yondirib yubormoqchi boʻlib oʻtga
tashlaganlar, ammo, u [[Alloh]] irodasi bilan [[olov]]dan sogʻ-salomat chiqqani [[Qurʻon]]da bayon qilingan ([[Anbiyo surasi]] 68-72-[[oyat]]lar). [[Qurʻon]]da yozilishicha, [[Alloh]] Ibrohim alayhis-salomga qariganda ikki [[farzand]] bergan. Bular [[Ismoil alayhis-salom|Ismoil]] va [[Isxoq alayhis-salom|Ishoq]] alayhis-salomlardir. [[Ismoil |Ismoil]] [[Muhammad alayhis-salom|Muhammad]]ning katta bobosi, [[Isxoq alayhis-salom|Isxoq]] esa, [[Iso alayhis-salom]] va undan avval oʻtgan paygʻambarlarning katta bobosvdir. Ibrohim alayhis-salom tushida qilingan ilhomga asosan [[Alloh]]ga boʻlgan chin eʻtiqodi evaziga bitta oʻgʻli [[Ismoil alayhis-salom|Ismoil]]ni [[qurbon]] qilishga qaror qilgan, lekin [[Alloh]] bolaning oʻrniga [[qoʻchqor]] yuborgan. [[Makka|Makkai mukarramada]] [[Baytulloh]]ning bunyod boʻlishi, [[islom]] arkonlarining 5-farzi - [[haj]] qilishIbrohim alayhis-salomga borib taqaladi. [[Kaʻba]] yaqinidagi "I. joyi" ("Ibrohim maqomi") musulmonlar ziyoratgohidir. Odatda, [[xatna]] qilishni ham Ibrohim alayhis-salom nomi bilan bogʻlaydilar. Manbalarda Ibrohim alayhis-salomning 175 yil umr koʻrgani, oʻgʻillari tomonidan [[Madinatul Xalil]] ([[Xevron]], [[Falastin]])ga dafn etilgani yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh hisoblanadi.
{{Islam-stub}}
== Manbalar ==
{{Payg'ambar}}All content in the above text box is licensed under the Creative Commons Attribution-ShareAlike license Version 4 and was originally sourced from https://uz.wikipedia.org/w/index.php?oldid=2087860.
![]() ![]() This site is not affiliated with or endorsed in any way by the Wikimedia Foundation or any of its affiliates. In fact, we fucking despise them.
|