Revision 2087863 of "Ibrohim alayhis-salom" on uzwiki

'''Ibrohim alayhis-salom''' — [[Qurʻon]]da nomi [[zikr]] etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, [[arablar]] va [[yahudiylar]]ning umumiy [[ajdod]]i.
Yakkaxudolikni targʻib qilgan. [[Alloh]]ning chin doʻsti (xalilulloh), [[imom]] („jamoa rahbari“), siddiq („haqiqatgoʻy“) va hanif („yakkaxudolikni targʻib qiluvchi“) deb taʼriflanadi.
Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida [[Avraam]] nomi bilan maʼlum. [[Bobil]]da tavallud topgan. Avvaliga yulduz, oy, [[quyosh]]ga sigʻinish notoʻgʻri ekanini koʻrsatib bergan. Yaʼni yulduzni yoki oyni koʻrsatib mana meni Xudoyim deb aytadi, kun yorishganidan keyin esa oy ham yulduz ham koʻrinmaganidan keyin bular Xudo boʻla olmas ekan degan va kunduzi quyoshni koʻrsatib mana unda meni Xudoyim degan ammo kech tushganida quyosh kirib ketganini koʻrib bu ham meni Xudoyim boʻla olmas ekan deb gʻayri dinlarga Xudo oy, yulduz, quyosh yoki shunga oʻxshash narsalar Xudo emas ekanligini tushuntirish uchun shunday degan. Ammo oʻzi sigʻinmagan Allohdan boshqa narsaga. Otasi [[Ozor]] va qavmlarini ham ana shunga daʼvat qilgan. Bu hakda
[[Qurʻon]]da ([[Anbiyo surasi]] 53-56-oyatlar) kelgan. Ular bilan bahslashgan, ammo ishontirolmagach, otasi va qavmlari sigʻinib yurgan hamma [[but]]larni sindirib tashlagan
([[Anbiyo surasi]] 58-60-[[oyat]]lar). Shu sababli uni yondirib yubormoqchi boʻlib oʻtga tashlaganlar, ammo, u [[Alloh]] irodasi bilan [[olov]]dan sogʻ-salomat chiqqani [[Qurʻon]]da bayon qilingan ([[Anbiyo surasi]] 68-72-[[oyat]]lar). [[Qurʻon]]da yozilishicha, [[Alloh]] Ibrohim alayhis-salomga qariganda ikki [[farzand]] bergan. Bular [[Ismoil alayhis-salom|Ismoil]] va [[Isxoq alayhis-salom|Ishoq]] alayhis-salomlardir. [[Ismoil |Ismoil]] [[Muhammad alayhis-salom|Muhammad]]ning katta bobosi, [[Isxoq alayhis-salom|Isxoq]] esa, [[Iso alayhis-salom]] va undan avval oʻtgan paygʻambarlarning katta bobosvdir. Ibrohim alayhis-salom tushida qilingan ilhomga asosan [[Alloh]]ga boʻlgan chin eʼtiqodi evaziga bitta oʻgʻli [[Ismoil alayhis-salom|Ismoil]]ni [[qurbon]] qilishga qaror qilgan, lekin [[Alloh]] bolaning oʻrniga [[qoʻchqor]] yuborgan. [[Makka|Makkai mukarramada]] [[Baytulloh]]ning bunyod boʻlishi, [[islom]] arkonlarining 5-farzi — [[haj]] qilishIbrohim alayhis-salomga borib taqaladi. [[Kaʻba]] yaqinidagi „I. joyi“ („Ibrohim maqomi“) musulmonlar ziyoratgohidir. Odatda, [[xatna]] qilishni ham Ibrohim alayhis-salom nomi bilan bogʻlaydilar. Manbalarda Ibrohim alayhis-salomning 175 yil umr koʻrgani, oʻgʻillari tomonidan [[Madinatul Xalil]] ([[Xevron]], [[Falastin]])ga dafn etilgani yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh hisoblanadi.

{{Islam-stub}}

== Manbalar ==
{{Payg'ambar}}